Yuqori ball to’pladingizmi?! Demak siz o’z hududingiz rivojlanishi uchun harakat qilyapsiz!

Yaratilgan: May 17, 2018 da 2:56

Bo'lim: Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash mezonlarini joriy etish to’g’risida”gi qarorini o’qib chiqar ekansiz ushbu xujjatning ba’zi jihatlari hamma uchun qiziq ekanligini his etasiz.

Ushbu qarordan ko’zlangan asosiy maqsad Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha hudud rahbarlari faoliyatini ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borishni, hududlarning rivojlanish ahvolidagi real o’zgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib, ularning faoliyatini xolisona baholashni ta’minlashdir.
Unda faoliyatni baholash mezonlari aniq yo’nalishlar bo’yicha bajarilgan ishlar natijasidan kelib chiqilishi ko’zda tutilgan. Unga rasmiy statistik ma’lumotlar ijtimoiy soha, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi sohasi, kommunal xo’jaligini tashkil qilish va uy-joy masalalari, huquq-tartibot sohasidagi ko’rsatkichlarni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida” 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq shahar va tumanlarni kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha tashkil etilgan sektorlar rahbarlari tomonidan uyma-uy yurish, xalq bilan muloqot, aholi tomonidan ko’tarilgan muammolarni yechish bo’yicha ko’rilayotgan choralarning samaradorligi ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi.

Qarorga muvofiq mezon-indikator (ko’rsatkich)larni baholash bo’yicha maksimal ko’rsatkich 100 ballni tashkil etadi. Bunda rasmiy statistik ma’lumotlar bo’yicha maksimal 80 ball, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bo’yicha maksimal 20 ball bilan baholanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan hududlar rahbarlari har biri maksimal 10 balldan baholanadigan 2 ta ko’rsatkich – har o’n ming nafar voyaga yetgan aholi soniga nisbatan murojaatlar soni hamda kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal qilinishi ko’rsatkichi bo’yicha baholanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan har o’n ming nafar voyaga yetgan aholi soniga nisbatan murojaatlar soni ko’rsatkichi bo’yicha respublikada eng past ko’rsatkichga ega bo’lgan shahar yoki tumanga eng yuqori – 10 ball beriladi. Qolgan shahar va tumanlar respublika bo’yicha eng past ko’rsatkichga nisbatan mutanosib ravishda hisoblanadi.

Hisobot davri sifatida har chorak olinadi va chorak yakuni bo’yicha yagona ko’rsatkichning o’zgarish dinamikasi orqali tegishli hududdagi rahbarning faoliyatiga asoslangan baho beriladi.
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda shaharlar va tumanlar rahbarlarining faoliyatiga baho berish natijalarining har chorakda umumlashtirilishini va monitoringini ta’minlaydi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimi mezonlari asosida tegishli hududdagi muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha tashkil etilgan 4 ta sektor rahbarlari tomonidan “yo’l xaritalari” asosida chora-tadbirlar amalga oshirib borilishi ta’minlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida” 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatiga O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda har chorakda alohida o’rnak ko’rsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini rag’batlantirish yoki yo’l qo’yilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha bo’lgan javobgarlikka tortish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishda tizim bo’yicha baholash natijalaridan foydalanish mumkin.

Ushbu baholash tizimi joriy yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan.

Jaxongir Bobobekov
FJShMQMI Jizzax hududiy bo’linmasi
Tel: 226-27-59

Izoxlar soni: 0
Izox qoldirish

Sizning.

Ushbu ko'rsatilgan HTML teglaridan foydalanishingiz mumkin: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>

interaktiv xizmatlar