“Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi bilan semenar – trening

Yaratilgan: Mart 5, 2018 da 11:00

Bo'lim: Yangiliklar

“Erusti transport tizimlari” va “Logistika va servis” kafedralari, hamda O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan  “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi bilan hamkorlikda 2018 yil 3 martdagi semenar – trening yig‘ilish bo’lib o’tdi. O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi vakillari Yanish Kovich, Uzavtosanoat, Uzavtosanoat AJ raisi yordamchisi Raxmetov Sh, kafedra a’zolari kafedra mudirlari dots.O.Adilov, F.Isroilov, kafedra o‘qituvchilari, Ilmiy bo‘lim boshlig‘i J.Abdunazarov, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i T.Berdiyorov va 50 nafar iqtidorli talabalar ishtrok etishdi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xamkorlikni tashkil etish

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri dots.O.Adilov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora – tadbirlari” to‘g‘risida 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151 – sonli qarori ijrosini bajarish maqsadida kafedraning o‘quv –uslubiy, ilmiy salohiyatidan va kafedrada amalga oshirilayotgan xalqaro loiyha doirasidan kelib chiqib, xorijiy davlatlar  oliy ta’lim muassasalari bilan xamkorlikni tashkil etishni yo‘lga qo‘yish lozimlagini aytib o‘tdi.

Institut ilmiy bo‘lim boshlig‘i  t.f.n. J.N.Abdunazarov so‘zga chiqib semenar qatnashchilarini PQ-3151 – sonli qarori ijrosini bajarish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi, shu maqsadda Respublikamizga O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan  “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi vakillari YAnish Kovich tashrif etganligi, institutdagi ta’lim olayotgan bakalavr va magistratura talabalarining o‘qishlarida yangi chet el texnologiyalarini qo‘llab o‘qitish, ishlab chiqarishga talabgorlar bo‘lsa, ma’lum muddatga chet tilarini, kompyuter dasturlarini o‘rganish to‘g‘risida ma’lumot  berib o‘tdi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasidagi professor – o‘qituvchilar malaka, stajrovkasini  “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodida va mavjud ishlab chiqarish korxonalarida oshirishi  ta’lim oluvchilarga real sharoitlarga bog‘lab ta’lim berishlarida yangiliklarni bayon qilishlarida muommolarni o‘rganib, ularni ilmiy jihatdan bartaraf etish yo‘llarini talabalarga o‘rgatib borishlari bilan fanini boyitishga o‘z bilim solohiyatini oshirishga imkon yaratilishi to‘hrisida ham axborot berdi.

O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan  “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi vakili YAnish Kovich semenar – trening davomida O‘zbekiston Respublikasi bilan Fransiya davlatlari orasida yaxshi mustaxkam aloqa mavjudligi, ushbu aloqalrni yanada mustaxkamlash maqsadida oliy ta’lim muasasalari o‘rtasida  uzviyligini ta’minlash dolzarb masala ekanligini, ta’lim sohasida muommolar ko‘pligini, mavjud muommolarni ilmiy jihatdan tahlil etish lozimligini aytib o‘tdi va hozirigi kundagi Fransiya davlatida transportga oid korxonalarda yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida ham ma’lumot berib o‘tdi. SHuningdek professor – o‘qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

Shuningdek quydagi takliflar berildi:

kafedrada avtomobilsozlik o‘quv rejalarini ishlab chiqish;

kuzovga ishlov berish uchun tokarlik, frezer, payvandlash ishlari bo‘yicha texnologik jixozlar bilan jihozlash;

kuzovga ishlov berish laboratoriyasini yo‘lga qo‘yish;

shu soha bo‘yicha mutaxassis tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

transport dizayini bo‘yicha xam mutaxassislarini tayyorlash o‘quv rejaga kiritish;

diagnostika bo‘yicha mavjud jihozlardan foydalanishni talabalarga to‘liq o‘rgatish;

Avtomatik boshqaruv tizimi bo‘yicha o‘quv reja tayyorlab talabalarga to‘liq o‘rgatish;

Pnevmatik, gidravlik va elektrtizimlar bo‘yicha o‘quv reja tayyorlab talabalarga to‘liq o‘rgatish;

Ushbu jixozlar bo‘yicha Avtosanoat raxbari Salimovdan amaliy yordam so‘rash;

Andijon mashinasozlik instituti va ToshDTUidan jixozlar bo‘yicha amaliy yordam so‘rash.

Institut bilan “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi o‘rtasida xamkorlik shartnomasi tayyorlanganligi, o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha, professor – o‘qituvchilar va magistrantlar stajirovkasini oshirish yo‘lga qo‘yilishini takidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng institut ilmiy bo‘lim boshlig‘i  t.f.n. J.N.Abdunazarov so‘zga chiqib semenar qatnashchilarini   ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida aloqani yo‘lga qo‘yishda ilmiy jihatdan yondashish lozimligini, muommolarni stajrovka o‘tash davomida echimlarini bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatish, o‘zlari amaliy jihatdan bilim salohiyatlarini oshirishlariga sharoit yaratilgan bo‘ladi deb takidlab o‘tdi.

Kafedra mudiri:
dots.O.Adilov

Kotib:
B.YA.Begmatov

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar