Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Hashar elga yarashar

Yaratilgan: Mart 6, 2018 da 3:57

Bo'lim: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 22 fevraldagi №174-sonli Buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida, Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili mart oyidagi ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri xududida joylashgan oliy ta’lim muassasalari, filiallari va tashkilotlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hamda xududlarni tartibga keltirish sanitariya holatini yaxshilash hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida,
2018 yilning 6 mart kuni Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida “Arxitektura va qurilish” fakulteti talabalaridan talabalar turar joyida turib tahsil olayotgan talabalar, fakultetga biriktirilgan xududda obodonlashtirish ishlarini olib borishdi. Obodonlashtirish mobaynida talabalar daraxtlarni oqlash, erlarni yumshatish, atrofni begona o‘tlar va chiqindilardan tozalash kabi ishlarni amalga oshirdi.

 

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar