Harakat xavfsizligi oyligi

Yaratilgan: Aprel 10, 2018 da 3:40

Bo'lim: Yangiliklar

Avtotransport fakulteti talabalari Jizzax viloyat IIB YXXB xodimlari  bilan mart-aprel oylari Harakat xavfsizligi oyligi masalasi bo‘yicha 104a-auditoriyada semenar o‘tkazildi. Semenarda Jizzax viloyat IIB YXXB xodimi YPX katta inspektori kichik serijant O.Norboev so‘zga chiqib, 2017/2018   yilining MART-APREL oylari Harakat xavfsizligi oyligi tashkil etilganligi masalasiga barcha xarakat ishtirokchilari birday ma’sul ekanligini va ushbu yil davomida sodir etilgan YTHlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

O‘z so‘zida davom etarkan yo‘llarda xarakatlanishda yo‘l xarakat qoidalariga rioya etish umr foydasi ekanligini yana bir takidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng professor – o‘qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga javolar berildi.

Shundan so‘ng dots O.Adilov so‘zga chiqib barcha semenar ishtirokchilarini MART-APREL oylari Harakat xavfsizligi oyligiga barcha masul ekanligini va bu borada barcha yaqinlarimizni ham doim yo‘llarda xarakatlanishda ogoxlikka chaqirishimiz yaxshilik alomatlari ekaniligini takidlab o‘tdi.

Tadbir davomida talabalarg tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha batafsil javoblar berildi. Tashrif buyurgan Jizzax viloyat IIB YXXB xodimi YPX katta inspektori kichik serijant O.Norboev taklif va istaklari inobatga olinib, “Jizzax viloyat IIB YXXB” bilan hamkorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Rais
O.Adilov

Kotib
SH.Suvonqulov

Izoxlar soni: 0
Izox qoldirish

Sizning.

Ushbu ko'rsatilgan HTML teglaridan foydalanishingiz mumkin: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>

interaktiv xizmatlar