Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi

«Jizzax politexnika instituti qoshidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish mintaqaviy» Markazi direktori

Berdiev Obloqul Boboqulovich

Qabul vaqti: Seshanba 15.00 dan17.00 gacha Juma 15.00 dan 17 .00 gacha.

Telefon: 0 (372) 226-40-55  +99891 591-42-41

Markazning asosiy vazifalari:

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

Arxitektura va qurilish sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;

Arxitektura va qurilish sohasidagi innovatsiyalarni qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga tatbiq etish, mutaxassislarning loyihalash va qurilish yo‘nalishidagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlash borasidagi kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish.

 Kurslar tashkil etiladigan yo‘nalishlar:

T.s. Yo‘nalish nomi
Mutaxassislik o‘quv kurslari
1 SHaharsozlik va qishloq aholi yashash joylarini kompleks qurish
2 Landshaftlar arxitekturasi
3 Interer va jihozlarni loyihalash
4 Bino va inshootlar arxitekturasi (Bino va inshootlarning energosamarador konstruksiya va maxsulotlar qo‘llanilgan loyihaviy echimlari)
5 Binolar va shahar hududlarini qayta qurish, tiklash, obodonlashtirish va ulardan foydalanish
6 Qishloq aholi yashash joylarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish
7 Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari qurilishida avtorlik va davlat qurilishi nazorati)
8 Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari qurilishida loyihaviy echimlar va qurilish sifatini bajarilishi ustidan texnik nazorat)
9 Bino va inshootlar qurilishi (energiya samarali binolar qurilishi)
10 Qurilishni tashkil etish texnologiyasi (sanoat va fuqaro binolari qurilishida qurilishni tashkil etishning yangi texnologiyalari)
11 Infratuzilma ob’ektlarini qurish (fuqaro binolari bo‘yicha)
12 Qurilish konstruksiyalarini loyihalash ( Lira dasturidan foydalanib)
13 Qurilish iqtisodiyoti (narxlarni shakllantirish va smeta ishi)
14 Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyasiya, havoni mo‘‘tadillash va havo havzasini muhofaza qilish
15 Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
16 Avtomobil yo‘llari (turi bo‘yicha)
17 Geodeziya va kartografiya (funksiyalari bo‘yicha)
18 Bino va inshootlar kadastri
19 Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)
Dasturiy taminotlarni o‘rgatish  kurslari
1 AutoCAD dasturiy majmuasidan foydalanib bino va inshootlarni loyihalashni avtomatlashtirish
2 LIRA dasturiy majmuasidan foydalanib qurilish konstruksiyalarini  loyihalashni avtomatlashtirish
3 Kompyuter grafikasi. 3DSMAX  dasturida modellashtirish va arxitekturaviy vizuiallashtirish

 

Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 5 sentyabrdagi 699-son qaroriga 
2-ILOVA

Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining

TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni — 7 kishi,

shu jumladan boshqaruv xodimlari — 4 kishi.

Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 5 sentyabrdagi 699-son qaroriga 
3-ILOVA

Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi faoliyatini tashkil etish, o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

CHORA-TADBIRLARI REJASI

T/r Tadbirlar Bajarish muddatlari Moliyalashtirish manbalari Mas’ul ijrochilar
I. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini
tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini yaratish
1. Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2017 yil sentyabr Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
2. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2017 yil sentyabr Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jizzax politexnika instituti
3. Xorijiy tajriba va zamonaviy talablarni hisobga olgan holda arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2017 yil oktyabr Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
II. Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy o‘quv-metodik
va axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratish va professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish
4. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari modullari bo‘yicha o‘quv-metodik materiallarni, shu jumladan elektron formatda ishlab chiqish. 2017 yil oktyabrdan boshlab doimiy Jizzax politexnika institutining byudjetdan tashqari mablag‘lari Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti
5. Jizzax politexnika instituti rasmiy veb-saytida arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining veb-sahifasini yaratish, axborot-ta’lim muhitini shakllantirish (shu jumladan, onlayn-elektron o‘quv materiallari kutubxonasini tashkil etish). 2018 yil yanvar Jizzax politexnika instituti
6. Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini respublikaning davriy ilmiy va xorijiy jurnallari bilan muntazam ta’minlash. 2017 yil oktyabrdan boshlab doimiy Jizzax politexnika institutining byudjetdan tashqari mablag‘lari Jizzax politexnika instituti
7. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun Samarqand davlat-arxitektura qurilish instituti va Toshkent arxitektura-qurilish institutidan etakchi professor-o‘qituvchilarini, sohaning malakali amaliyotchilari hamda xorijiy mutaxassislarini jalb etish. o‘quv kurslari rejasiga muvofiq Buyurtmachilar mablag‘lari Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti
III. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya uskunalari
va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlash
8. Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini Jizzax politexnika instituti hududida joylashtirish hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun ehtiyoj bo‘yicha o‘quv auditoriyalarini ajratish. 2017 yil sentyabr Jizzax politexnika instituti
9. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun ajratilgan o‘quv auditoriyalarini joriy va mukammal ta’mirlashni belgilangan tartibda amalga oshirish. 2017 yil sentyabr-oktyabr Jizzax politexnika institutining byudjetdan tashqari ishlab topilgan mablag‘lari Jizzax politexnika instituti
10. Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini asoslangan buyurtmanomalar bo‘yicha mebel, inventar, axborot-kommunikatsiya uskunalari hamda o‘qitishning texnik vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash, internet tizimiga ulanishini ta’minlash. 2017 yil oktyabr Buyurtmachilar mablag‘lari va Jizzax politexnika institutining byudjetdan tashqari mablag‘lari Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti

interaktiv xizmatlar