Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Atoqli davlat va jamoat arbobi SHarof Rashidov tavalludining 101 yilligi

Yaratilgan: Noyabr 6, 2018 da 2:34

Bo'lim: Yangiliklar

..SHarof Rashidov nomini o‘zbek halqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHarof Rashidov o‘z halqiga va vataniga fidoyi farzand edi.

SHavkat MIRZIYOEV

“Arxitektura va qurilish”  fakultetining 2018/2019 o‘quv yili noyabr oyidagi ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot tashviqot tadbirlar rejasi asosida,  “Atoqli davlat va jamoat arbobi SHarof Rashidov tavalludining 101 yilligi” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda

Jizzax politexnika instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor N.Alimov, ma’nafiyat va ma’rifat bo‘limi rahbari B.Rashidova, “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani A.Berdiqulov, fakultet dekan muovinlari, kafedra mudirlari va fakultet talabalari ishtirok etishdi.Yig‘ilganlarga quyidagi ma’lumotlarni berar ekan, nafaqat Jizzaxning, balki butun O‘zbekistonimizning shon-shuhratini ko‘tarishga umrini baxsh etgan, hayot halovatlarini sizga va bizga taqdim etgan SHarof Rashidovning nomi bundan buyon ham asrlar osha ulug‘lanishi bu har birimiz uchun baxtdir. “Yillar o‘tadi, asrlar o‘tadi. YAngi avlodlar mutlaqo yangi jamiyatda jahonning eng ilg‘or mamlakatlaridan biriga aylangan O‘zbekistonda yashaydi. Ona yurti tarixi, mustaqillik uchun kurash tarixini o‘rganadi. Ana shu muborak tarixda SHarof Rashidovning ham qutlug‘ nomi hurmat va g‘urur bilan tilga olinadi.” deb aytib o‘tgan edilar O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov.

Tadbir ishtirokchilariga Atoqli davlat va jamoat arbobi SHarof Rashidov hayoti va ijodi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etildi.

Atoqli davlat va jamoat arbobi, adib, ikki marta Mehnat Qahramoni (1974, 1977), Davlat mukofoti laureati SHarof Rashidov 1917 yil 6 noyabrda Jizzax shahrida tug‘ildi. 1935 yilda Jizzax pedagogika texnikumini bitirib, maktabda o‘qituvchilik qildi.1941 yilda Samarqand Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatdi.1937–41yillarda Samarqandda viloyat gazetasida mas’ul kotib, muharrir bo‘lib ishladi. 1941  yil avgustdan Ikkinchi jahon urushida fashist bosqinchilariga qarshi janglarda qatnashadi.

1942 yilda og‘ir yarador bo‘lib, armiyadan qaytgach, Jizzaxdagi 8-son maktabda direktor, 1943 yildan Samarqandda viloyat gazetasi muharriri, 1944 – 47 yillarda O‘zbekiston KP Samarqand oblast’ komitetining kotibi bo‘lib ishlaydi.

1947  yilda SHarof Rashidov “Qizil O‘zbekiston” (hozirgi “O‘zbekiston ovozi”) gazetasi muharriri qilib tayinlanadi. 1949 – 50 yillarda O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi raisi, 1950 – 59 yillarda O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi,   1959  yil martdan umrining oxiriga qadar, ya’ni 1983 yilning oktyabrigacha uzluksiz ravishda O‘zbekiston KP MK birinchi kotibi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

SHarof Rashidov mustamlaka siyosat iskanjasida tug‘ildi, yashadi va ijod etdi. Ana shunday bir sharoitda respublikaga u qariyb chorak asr rahbarlik qildi va bu yillar tarixda xalqlar do‘stligi barqaror bo‘lgan, yangi shaharlar, qo‘rg‘onlar qad ko‘targan, yirik inshootlar barpo etilgan bunyodkorlik yillari bo‘lib qoldi.

1966 yil Toshkent zilzilasidan so‘ng qisqa muddatda yangi Toshkent qaytadan qurildi. Toshkent metrosi, Xalqlar Do‘stligi saroyi, “O‘zbekiston”, “CHorsu” mehmonxonalari, Teleminora, muzeylar, Mustaqillik maydonining minglab favvoralari, O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi osmono‘par binolar ana shu yillardan o‘chmas xotira bo‘lib qoldi.

SHarof Rashidov o‘zining uzoq yillik halol mehnati, uzoqni ko‘ra bilishi va tashkilotchilik mahorati bilan odamlar qalbida o‘chmas mehr – muhabbat uyg‘ota oldi. O‘zbekistonni mustaqil, erkin va ozod ko‘rish – SHarof Rashidov qalbidagi orzu va armon edi. Bugun elning suyukli farzandi, atoqli davlat va jamoat arbobi, adib SHarof Rashidovning nomi, beqiyos xizmatlari uning ona yurti, xalqi qalbida abadiy jo bo‘lib qoldi. Uning vafotidan so‘ng SHarof Rashidov nomini badnom qilishga urinish – mustamlaka tuzum siyosatining yana bir ko‘rinishi bo‘ldi, xolos. Istiqlol quyoshi xudbinlik niqobini fosh etdi, zulmat tumanlarini abadul-abad tarqatib yubordi. Xalq farzandini go‘rdan go‘rga olib solganlar bugun malomat toshi ostida qolishdi. Bugun esa SHarof Rashidov qabri poyida xalq mehridan saralangan guldastalarni ko‘ramiz.

SHarof Rashidov shoir, prozaik, tanqidchi, publitsist edi. Uning “Bo‘rondan kuchli” (1958), “Qudratli to‘lqin” (1964) romanlari bosmadan chiqgan. 1967 yilda publitsistik maqolalaridan iborat “Do‘stlik bayrog‘i” kitobi bosmadan chiqdi. U 1972 yilda “G‘oliblar” qissasini yozdi. “Kashmir qo‘shig‘i” dostoni mustaqillikni tarannum etuvchi asar tarzida bugun ham o‘z qadrini yo‘qotgani yo‘q. Adibning “Ikki dil dostoni” kinoasari va ko‘plab she’rlaridan bitilgan qo‘shiqlar halqimizning oltin merosiga alangan. YOzuvchining asarlari jahonning 56 tiliga tarjima qilinganligi bilan harakterlidir. Tadbirda Atoqli davlat va jamoat arbobi SHarof Rashidovning asarlaridan namunalar o‘qildi.

SHAROF RASHIDOV OILASI

Otasi: Xalilov Rashid

Onasi: Xalilova Qo‘ysinoy

Suratlarda adibning yoshlik yillari.

 

SHarof Rashidov rafiqasi Xursandoy opa bilan

 

SHarof Rashidov farzandlari davrasida

 

 

SHarof Rashidov nabirasi bilan

SHarof Rashidov yaqinlari bilan

 

 

“Arxitektura va qurilish”

 fakulteti dekan muovini:                                        X.N.Irgashev  

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar