Bino va inshootlar qurilishi

«Bino va inshootlar qurilishi» kafedrasi mudiritexnika fanlari nomzodi dots. Asatov Nurmuxamat Abdunazarovich

Tel.:+99890-643-39-82

E-mail: asatov_nur@list.ru

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 15:00 gacha.

«Bino va inshootlar qurilishi» kafedrasi

“Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasining tashkil etilishi tarixi Jizzax politexnika instituti tarixining boshlanishi bilan bevosita bog‘liq. Ya’ni, 1977 yil hozirgi institut negizida Toshkent politexnika institutining “Qurilish fanlari” kafedrasi tashkil etilib, kafedraga dots. A.Salimov rahbarlik qildi.

Kafedraga tajribali pedagoglar A.Abduraximov va Q.Bo‘rievlar bilan bir qatorda iqtidorli yoshlar T.Muqumov, R.Nimatov, I.Meliev, B.Sobirov, B.Kattakishievlar taklif etildilar. Keyinchalik kafedra bir necha kafedralar ajralib ketdi va turli yillarda har xil nomlar bilan atalib kelindi.

Kafedraga dots. A.Salimov rahbarlik qilgan davrda kafedraning moddiy-texnika bazasi va pedagogik jamoasi shakllandi. Jumladan, “Qurilish ashyolari” va “Muxandislik geodeziyasi” fanlaridan laboratoriya jihozlari o‘rnatilib, laboratoriya ishlarining bajarilishi to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

1983 yili “Qurilish fanlari” kafedrasi negizida “Sanoat va fuqaro binolari me’morchiligi” nomli mutaxassislik kafedrasi tashkil etildi va kafedra mudirligini t.f.n. E.Abdullaev boshqardi. Kafedrada o‘qituvchilardan M.Turopova, A.G‘aniev, T.Muqumov, B.Bo‘stonov, N.Asatov, M.Mamatqulova, I.Mamayusupov, A.Keldibekov, B.Xasanov, Q.Takaboev, B.Qurbonov, Yu.Usmonovlar faoliyat ko‘rsatdilar. Kafedra a’zolaridan A.G‘aniev, T.Muqumov, B.Bo‘stonov, I.Meliev, N.Asatov, K.Jo‘raev, R.Nimatovlar turli yillarda fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lib kafedraning ilmiy salohiyatining oshishiga munosib hissa qo‘shdilar.

Kafedra bu davrlarda “Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda “Qishloq xo‘jalik qurilishi” mutaxassisliklari kadrlar tayyorlagan.

1984-1998 yillar dots. A.G‘aniev boshchilik qilgan. Ushbu yillarda kafedra “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Sanoat va fuqaro binolari me’morchiligi” nomlari bilan faoliyat ko‘rsatdi.

Kafedra 1997 yildan boshlab “Bino va inshootlar qurilishi” nomi bilan yuritila boshlandi va bugungi kungacha ham ushbu nom bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra olimlari ilmiy ishlar bo‘yicha Rossiyaning “Moskva muxandislik – qurilish instituti”, “Beton va temirbeton ilmiy tadqiqot instituti”(NIIJB), “Moskva transport muxandislari instituti”, ”Dnepropetrovsk muxandislik quruvchilar instituti”, Samarqand va Toshkent arxitektura qurilish institutlari, hamda Toshkent temir yo‘llari transport instituti bilan hakmkorlik aloqalarini o‘rnatganlar.

1997 yilda t.f.n.T.Muqumov Toshkent avtomobil yo‘llari instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan birlashgan ilmiy kengashda doktorlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi.

1998 yildan 2002 yilgacha kafedraga t.f.n. O.Burxonov mudirlik qildi.

2002-2004 o‘quv yillarida kafedrani dots. A.G‘aniev boshqardi.

2005-2006 yilda kafedrani t.f.n. R.Hamraqulov, 2007-2008 yillarda dots. I. G‘aniev, dots. B.Rahmonovlar boshqardi.

2008 yildan e’tiboran kafedrani t.f.n., dots. N.Asatov boshqarib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 5 nafar fan nomzodi va dotsentlar, 8 nafar katta o‘qituvchi, 13 nafar assistient, o‘quv ustasi va kabinet mudiri faoliyat ko‘rsatmoqda.

Dots. N.Asatovning bevosita rahbarligida “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasining o‘quv laboratoriya bazasida “Qurilish mahsulotlarini sinash laboratoriyasi” tashkil etildi. Laboratoriya jihozlari to‘liq ishchi holatiga keltirildi, hamda standart agentliklarida texnik qiyoslovdan o‘tkazilib, tegishlicha sertifikatlar olindi. 2008 yil noyabr oyida “O‘zstandart” agentligi tomonidan sinov laboratoriyasiga akkreditatsiyadan o‘tganligi haqida guvohnoma berildi (№ UZ. AMT. 07. MAI. 682). Dastlab 9 turdagi, 2011 yildan 12 turdagi qurilish mahsulotlarini sinash bo‘yicha akkreditatsiya sohasi belgilandi.

Viloyatimizdagi qurilish va yo‘l qurilish tashkilotlari, qurilish ashyolari ishlab chiqaradigan zavodlari, xususiy ishlab chiqarish firmalarida tayyorlanadigan va ishlatiladigan qurilish mahsulotlarini sinash bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

Kafedrada tahsil olgan 3000 ga yaqin sobiq talabalar nafaqat respublikamizda, balki xorijiy davlatlarda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilishmoqdalar.

Iqtidorli talabalar kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan fan to‘garaklariga ham jalb qilingan. Iqtidorli talabalarning ishlari tanlovlarga, nomli stipendiyalarga tavsiya qilingan va yutuqlarga erishilgan. Oxirgi 3 yil davomida 3 ta “Beruniy” stipendiyasi sovrindorlari, 4 ta “Yurt kelajagi” tanlovi viloyat g‘oliblari, 2 ta fan olimpiadasi va boshqa tanlovlarning sovrindorlari yetishib chiqqan.

Kafedra o'qituvchilari


interaktiv xizmatlar