Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Buxoro shahriga sayohat

Yaratilgan: Oktyabr 17, 2018 da 2:36

Bo'lim: Yangiliklar

Institut xotin – qizlar qo’mitasi hamda institut kasaba uyushma qo’mitasi hamkorligida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish Davlat Qo’mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3510 sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,  institutda ko’p yillar faoliyat olib borayotgan 18  nafar faol xotin – qizlar Buxoro shahriga sayohatga olib borildi.  Sayohatning birinchi kuni  “Yetti pir” lardan biri Xo’ja Abduxoliq G’idduvoniy ziyoratgohidan boshladandi.   Bahovuddin Naqshbandiyning onalari, xolalari va ammalarining qabrlari, undan keyin Bahovuddin Naqshbandiy  qabrlari ziyorat qilindi.  Ikkinchi kuni turizmni rivojlantirish Davlat Qo’mitasi tomonidan ajratilgan GID yordamida,  “Labi hovuz”, “ARK”,  “Minorai kalon”, “Amir Olimxon taxtxonasi (Marosimxonasi)”, “Amir Olimxonning Sitorai moxi xosa ansambli”ga  sayohat uyushtirildi.

Institut xotin-qizlar qo’mitasi b.t. raisi
B.Tursunova

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar