E’lonlar


Abiturient va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berishi uchun Jizzax politexnika institutida 15 iyundan 1 sentabrgacha soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydigan murojatlar («Call Center») markazi tashkil qilindi

Murojat uchun telefonlar

  • 0 (372) 226-17-20
  • 0 (372) 226-54-77
  • 0 (372) 226-57-00
  • 0 (372) 226-48-19
  • 0 (372) 226-51-21

O‘ZBEKISTON VOLEYBOL FEDERATSIYASI AYOLLAR O‘RTASIDA  XXV O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI II – TUR O‘YINLAR JADVALI.

Jizzax politexnika instituti «Jismoniy tarbiya» kafedrasi hamda O’zbekiston voleybol Federatsiyasi hamkorligida muxtasham sport inshoatida  yana bir katta musobaqaga tayyorgarlik ko’rildi. 2018 yil 21-27 fevral kunlari sportning voleybol turidan Ayollar o’rtasidagi XXV O’zbekiston chempionati  II-tur o’yinlariga mezbonlik qilmoqda . Ushbu musobaqada jami 6-ta jamoa ishtirok etmoqda.

Mustaqil Davlatlar Hamdustligining Hukumatlararo Yo’lchilar kengashi MDH davlatlari oliy ta’lim muassasalarining talabalari, magistrantlari va doktorantlari (PhD) uchun 2017-2018 o’quv yilida  xalqaro ilmiy tanlovini e’lon qiladi. 

Tanlov natijalai 2018 yil 1 oktyabrgacha e’lon qilinadi. Tanlov g’oliblari 2018 yilning 4-choragida Hukumatlararo Yo’lchilar  kengashi  tadbirlaridan birida taqdirlanadi.

ASSALOMU ALAYKUM!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Jizzax politexnika instituti xotin-qizlar qo‘mitasi b.t ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, axborot – resurs markazi  hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti  hamkorlikda sizni 14-yanvar “VATAN HIMOYACHILARI KUNI” bayrami munosabati bilan samimiy tabriklaydi, hamda “MEN SENI SEVAMAN  VATANIM ONAM!” mavzusida o‘tkaziladigan tadbiriga taklif etadi.

Tadbir 2018 yil 31 yanvar kuni  soat 11:00da  YUnus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida o‘tkaziladi.

Institut xotin-qizlar 

qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti

interaktiv xizmatlar