Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Uchrashuvlar


Бугун АҚШнинг Ўзбекистондаги элчихонаси Ахборот ва матбуот бўйича маслаҳатчиси Сюзанна Вуд ҳамда элчихонанинг жамоатчилик билан алоқалар бўлими ходимлари институтимизга ташриф буюрдилар. Ташриф давомида талабалар билан учрашув ташкил этилиб, унда талабаларга элчихонанинг таълим ва алмашув дастурлари, ахборот воситалари билан алоқа ҳамда нуфузли FULBRIGHT (Фулбрайт) дастури, бакалавр талабалар ва докторлик даражасига эга олимлар учун мўлжаланган дастурлар тўғрисида кўплаб маълумотлар берилди.

2019 yil 24 yanvar kuni Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti tashabbusi  bilan Zafarobod tumanidagi  “Barkamol avlod” yoshlar markazining majlislar zalida tumandagi 20 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari xamda 145 dan ortik bitiruvchi sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida ​“Maktab – Mahalla – Oliy talim: hamkorlik va shart-sharoitlar» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

2019 yil 21 yanvar kuni Jizzax politexnika institutida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda  Jizzax viloyat hokimligi Diniy va jamoat tashkilotlari bilan ishlash kotibiyati mudiri Nurali Raimov, Davlat  xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi xodimi Mustafoev Isomiddin, Jizzax shahar “Nabijon” jome masjidi imom-xatibi Ulug‘bek Raimjanovlar ishtirok etishdilar.

17 yanvar kuni Jizzax politexnika institutida “Avtotransport” fakulteti tomonidan institutning Katta majlislar zalida Jizzax shahrida joylashgan 29 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida “Oliy ta’lim rivojlanishi: yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqining Respublika Oliy ta’lim muassasalari yetakchilar Kengashi raisi Miraziz Mirsultonov Jizzax Poletexnika institutiga tashrif buyurdi.

interaktiv xizmatlar

Asosiy ko`rsatgichlar