Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Yangiliklar


Jizzax viloyati xokimligining “Xarbiy vatanparvarlik oyligi” doirasidagi tadbirlar rejasi xamda “Arxitektura va qurilish” fakultetining 2018/2019 o’quv yili dekabr oyida ma’naviy-ma’rifiy  yo’nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, joriy yilning 26 dekabr kuni Jizzax tibbiyot kolleji yonidan Sh.Rashidov xaykali yonigacha bo’lgan masofada marafon o’tkazildi. Marafonda fakultetning bir qator talabalari xamda professor o’qituvchilari qatnashdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI JAMOASI A’ZOLARIGA YANGI YIL TABRIGI

Hurmatli hamkasblar !

Aziz talabalar !

26 dekabr kuni Jizzax politexnika institutida yangi yil tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori A.Usmankulov nutq so‘zladi.

20 dekabr kuni Jizzax shahrida joylashgan “03195” sonli harbiy qismda Jizzax politexnika instituti Avtotransport fakulteti tomonidan harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida “Vatan sha’ni muqaddasdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Mamadiev va 52 nafar talabalar ishtirok etdilar.

24 dekabr kuni SHarof Rashidov tumanida joylashgan “25931” sonli harbiy qismda Jizzax politexnika instituti Avtotransport fakulteti tomonidan harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida “Vatanni qo‘riqlash buyuk sharafdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Mamadiev va 72 nafar talabalar ishtirok etdi.

Institut da yangi yil bayrami munosabati bilan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar