Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Yangiliklar


Jizzax politexnika instituti  ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining

2018 yil I – chorak ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hisoboti tezisi

Jizzax politexnika instituti ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi JizPI rektorining 2017 yil 28 dekabrdagi №359-SHT sonli buyrug‘i bilan tashkil etildi. Institut Kengashining 30 dekabrdagi yig‘ilishida e’lon qilindi va Jizzax politexnika instituti tuzilmasi tarkibiga kiritildi.

2018 yilning 16 aprel kuni Guliston shaxrida oliy ta’lim muassasalari talabalar teatr studiyalari festivalinining  saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Jizzax politexnika institutlarining talabalar teatr studiyalari ishtirok etishdi. Festivalda Jizzax politexnika institutining “IBRAT” nomli talabalar teatr studiyasi tomonidan Usmon Azim asari asosida  sahnalashtirilgan  “Ular odam emas” zamonaviy, psixologik dramasi “Eng yaxshi spektakl” nominatsyaisini qo’lga kiritib, faxrli birinchi o’rinni egalladi. Bundan tashqari “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasiga institut talabasi Ziyodova Iroda loyiq deb topildi.

Avtotransport fakulteti talabalari Jizzax viloyat IIB YXXB xodimlari  bilan mart-aprel oylari Harakat xavfsizligi oyligi masalasi bo‘yicha 104a-auditoriyada semenar o‘tkazildi. Semenarda Jizzax viloyat IIB YXXB xodimi YPX katta inspektori kichik serijant O.Norboev so‘zga chiqib, 2017/2018   yilining MART-APREL oylari Harakat xavfsizligi oyligi tashkil etilganligi masalasiga barcha xarakat ishtirokchilari birday ma’sul ekanligini va ushbu yil davomida sodir etilgan YTHlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

2018 yil 6 aprel kuni institut majlislar zalida Jixzzax viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi “Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy byurtmasi berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 135-son qarorining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirish yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda jamoatchilik tuzulmalari idoralari vakillari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.

2018 yil 7 aprel kuni Jizzax politexnika institutining faollar zalida Jizzax shahar Tibbiyot va salomatlik markazlari bilan hamkorlikda “OITS davr muammosi” hamda  “Oilada sog’lom turmush madaniyati” mavzularida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatiga Jizzax shahar Tibbiyot markazi bosh infeksionisti, shifokor Gulnora Eshmatova, markaz mudiri Matluba Abdusattarova va Jizzax shahar salomatlik markazi akusher-ginekologi, shifokor Nasiba Ro’zimurodova, institute hamshiralari Munira Salimova va Zilola Normatovalar taklif etildi. Davra suhbatini institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Baxti Rashidova olib bordi. Davra suhbatida 168 nafar talaba-yoshlar, 25 nafar professor-o’qituvchi va xodimlar ishtirok etdilar.

interaktiv xizmatlar