Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Yangiliklar


2018 yil 28 noyabr kuni Jizzax politexnika institutining “Servis” fakulteti professor o‘qituvchilari va talaba yoshlari Jizzax viloyat drama teatrida namoyish etilgan Sirdaryo viloyat drama teatri tomonidan  Chingiz Aytmatovning asari asosida saxnalashtirilgan Momo er nomli drammasini tomosha qilgani borishdi, dramma professor o‘qituvchilari va talaba yoshlarida katta ta’ssurot uyg‘otdi.

2018 yilning 24 noyabr kuni Respublika miqyosidagi “Oilani  mustahkamlashda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamining ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi  o‘tkazildi.

Konferensiyani o‘tkazishda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xodimlari, Respublikada mavjud oliy o‘kuv yurtlari olimlari, xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raislari va viloyat, shaharlar xotin-kizlar qo‘mitalari xodimlari, nodavlat tashkilotlar xodimlari, mutaxassislar, stajyor-tadkikotchi-izlanuvchi, bakalavr va magistrlari ishtirok etishdi.

8-dekabr – “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi” munosabati bilan  Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti 1-bosqich talabalari o’rtasida Sportning  Volleybol, Basketbol, Qo‘l to’pi va Futboll turlari bo’yicha o’tkaziladigan fakultet birinchiligiga start berildi.

“O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi”da har ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi dolzarb vazifa va masalalarni muhokama qilishgan edi. Ushbu halqaro forum doirasida 150 taga yaqin hujjatlar imzolangan edi.

2018 yil  22   noyabr kuni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Tanlovning tantanali ochilishi Jizzax politexnika institutining madaniyat saroyida o’tkazildi. Yig’ilishni viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Nazira Muxtorova olib bordi.

interaktiv xizmatlar