Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Yangiliklar


Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyulda o’tkazilgan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishida bildirilgan takliflar asosida joriy yil 21 iyul kuni soat 12:00 jonli efirda “Xalqaro press-klub” ning “2018-2019 o’quv yiliga qabul jarayoni va kirish imtihonlariga tayyorgarlik holati” mavzusidagi kengatyirilgan (videoselektor tarzida) matbuot anjumani o’tkazildi. Ushbu matbuot anjumani Jizzax politexnika institutidagi videostudiyada Jizzax davlat pedagogika instituti rektori, prorektorlari, bo’lim boshliqlari, professor-o’qituvchilari va qabul jarayonida ishtirok etgan xodimlar ishtirok etishdilar.

Xalqaro Press-klubda 21-iyulь kuni «Qabul – 2018: Shaffoflik, halollik, adolat mezonlari va innovatsion yondashuvlar» mavzusida navbatdagi sessiya bo’lib o’tdi. Sessiyada 2018-2019 yillarda oliy o’quv yurtlariga qabul jarayoni va test imtihonlariga tayyorgarlik ishlari hamda bugun dolzarb bo’lib turgan juda muhim masalalar va muammoli vaziyatlar tahlil qilindi. O’zbekiston universitetlari tarixida birinchi marta XPK sessiyasida Rektorlarning Murojaati havola etildi va qabul qilindi.

interaktiv xizmatlar