“Chin yetim talabalarga berilayotgan e’tibor”

Yaratilgan: Iyun 23, 2018 da 6:22

Bo'lim: Yangiliklar

2018 yil 22 iyun kuni Jizzax politexnika institutida “30-iyun YOshlar kuni”munosabati bilan, institutda tahsil olayotgan 12 nafar chin yetim va nogironligi bo‘lgan talabalarni bayram bilan taqdirlash bo‘yicha tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori A.K.Usmankulov, institut yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti etakchisi M.A.Tojiboev, institut kasaba uyushmasi raisi Q.U.Takaboev va 12 nafar talab-yoshlar ishtirok etdilar. Talabalarga esdalik sovg‘alarni institut rektori A.K.Usmankulov tantanali ravishda topshirdi. Ushbu sovg‘alarni qabul qilib olgan talabalar bunday g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun  avvalambor O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti  SH.M.Mirziyoevga o‘z hamda institut ma’muriyati, institut Kasaba uyushmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilotig  o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilayotganligi, ushbu g‘amxo‘rlikka javoban a’lo baholarga o‘qishga, jamoat ishlarida faol ishtirok etishga, kelajakda esa etuk mutaxassis kadr bo‘lib Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishga va’da berdi.

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar