Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

DJIYANBAEV SIROJIDDIN VALIEVICHNING FALSAFA DOKTORI (PHD) DISSERTATSIYASI HIMOYASI HAQIDA E’LON

Yaratilgan: Yanvar 11, 2018 da 5:33

Bo'lim: Ilmiy e'lonlar

DJIYANBAEV SIROJIDDIN VALIEVICHNING FALSAFA DOKTORI (PHD) DISSERTATSIYASI HIMOYASI HAQIDA E’LON

  1. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida yangi kompozitsiyali reduktor surkov moyini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08–Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V2017.2.PhD/T151.

Ilmiy rahbar: Hamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: YUnusov Miraxmad Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Saidaxmedov Igamberdi Muxtarovich, texnika fanlari doktori, professor.

Etakchi tashkilot nomi: Farg‘ona neftni qayta ishlash korxonasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

  1. Tadqiqotning maqsadi:mahalliy xomashyolar asosida reduktorlar uchun kompozitsion surkov moyining tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

reduktor surkov moyi va uning komponentlarining termooksidlanish barqarorligini baholashda massaning maksimal yo‘qotilish tezligi haroratlari aniqlangan;

reduktor surkov moyi va komponentlarining solishtirma tahlilida smola va asfaltenlarning o‘zaro termik munosabatlari asoslangan;

komponentlarning reduktor surkov moyi tarkibida SD-7 qo‘ndirmasining oksidlanishga qarshi sovunlangan salomas mahsulotini natriy sovunlari sifatida qo‘llanilishi reduktor surkov moyining termik barqarorligi hamda termik parchalanishga qarshiligining oshishi aniqlangan;

olingan kompozitsiyaning termobarqarorligiga uning tarkibidagi gudron hamda oksidlanish va ishqalanishga qarshi SD-7 qo‘ndirmasining asosiy ta’siri isbotlangan;

yuqori ekspluatatsiya xossalariga ega yangi tarkibli reduktor surkov moyini mahalliy xomashyolar asosida olish tarkibi va texnologiyasi yaratilgan.

  1. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mahalliy xomashyolar asosida yangi kompozitsiyali reduktor surkov moyini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

OSp Uz-L reduktor surkov moyini olish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida joriy qilingan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2016 yil 20 maydagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida yangi kompozitsiyali reduktor surkov moyini ishlab chiqish natijasida iqtisodiy samaradorlik 20% oshishiga imkon bergan;

OSp-Uz reduktor surkov moyini «O‘zbekiston temir yo‘llari» AK tasarrufidagi temir yo‘l uzellariga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AKning 2014 yil 21 apreldagi 282-N-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan olib kelinayotgan surkov moylarini 40%ga kamaytirish imkonini bergan.

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar