Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Talabalar kubogi

Yaratilgan: October 31, 2018 da 5:52 pm

Bo'lim: News

Oliy ta’lim muassasalari talabalarining mehnat munosabatlariga oid bilimlarini mustahkamlash va targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida Jahon banki hamda Halqaro mehnat tashkiloti 2018 yilning oktyabr-noyabr oylarida “Zakovat” o‘yini doirasida “Talabalar kubogi” intellektual turniri loyihasining kotsepsiyasini ishlab chiqdi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad, talaba yoshlarning mantiqiy fikrlash doirasini hamda dunyoqarashini kengaytirish, ular orasida intelektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mehnat huquqiga oid bilimlarini targ‘ib qilishda interaktiv usullardan foydalanish, turli viloyat talabalari o‘rtasida do‘stona muhitni shaklantirishdan iboratdir.

2018 yil 29 oktyabr sanasida Samarqand shahrida Mintaqaviy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari jamoalari ishtirok etdilar. Intellektual musobaqada jami 18 ta OTM dan kelgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdilar.

Intellektual musobaqada institutimiz jamoasi ham samarali ishtirok etib, umumjamoa hisobida oltinchi o‘rinni egalladilar.

 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

institut boshlang‘ich tashkiloti

etakchisi:

M.A.Tojiboev

Izoxlar soni: 0

СOMPETITIONS