Ilmiy loyihalar

Hamkorlikdagi loyihalar

Loyiha nomi

Loyiha haqida ma’lumot, amalga oshirilgan ishlar

1

ENGITEC-TempusIV
www.engi-tec.net

Loyiha Gruziya, Ukraina va O’zbekiston davlatlari universitetlaridagi kurs materiallari, o’qitish usullari, o’quv dastur tuzilmasi va rejalarini Evropa Ittifoqi yordamida yuqori muxandislik ta’lim uzviyligini namoyon qilishdir. Muxandislik ta’lim ta’sirining ahamiyati bitta harakatda namoyon qilib bo’lmaydi va bunda ushbu loyihaning metodologiyasi quyidagilar yordamida muvaffaqiyatli natijaga erishildi:
Talab qilingan texnologik masalalar orqali ta’lim natijalari mazmuni va tuzilmalarni ko’rib chiqish.
Kadrlar malakasi xorijiy mamlakatlarda oshirish.
YAngi o’qitish usullarini amalga oshirish
Ettita muxandislik soxalaridagi dasturlariga mos o’quv kurs bloklarini yaratish
Keng qamrovli “Texnologiya va maxsulot dizayni” laboratoriyasini yaratish (Technology&Product Design Lab)
Institutlar va ishlab chiqaruvchi sanoatdagilar uchun malakalarini oshirish kelishuvi bo’yicha aloqalar o’rnatish

2

HIGHVEC-TempusIV
www.highvec.net

O’zbekistonning 5 texnika oliy o’quv yurtlarida avtomagistrallar qurilishi muhandisligi va transport mashinasozligi bo’yicha ixtisoslashuv jarayonini ishlab chiqish zarurati mavjud. Loyihaning asosiy vazifasi avtomagistrallar qurilishi muhandisligi va transport mashinasozligi sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga joriy qilish layoqatiga ega bo’lgan muhandislarning yangi avlodini tayyorlash hisoblanadi.
• JizPI, NDU, SamDAQI va TAQI da avtomagistrallar qurilishi muhandisligi bo’yicha magistrlik dasturlarida mavjud bo’lgan oltita (fanlar) kurslarni isloh qilish.
• JizPI va TAQI da transport mashinasozligi bo’yicha magistrlik dasturlari uchun oltita yangi (fanlarni) kurslarni ishlab chiqish va joriy qilish.
• O’qituvchilar va talabalarning o’zaro yaqin munosabatlarini shakllantirishga hamda nafaqat nazariy, balki laboratoriya va eksperimental tadqiqotlarni o’tkazishga yo’naltirilgan ta’limning kompyuterli metodikalarini joriy qilish.
• JizPI, NDU, SamDAQI va TAQI da muassasalar aro muhandislik laboratoriyalarini tashkil qilish.
• Loyihada ishtirok etuvchi oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari va ma’muriy personalini yangi kurslar hamda yangi metodikalardan va jihozlardan foydalanish bo’yicha tayyorlash.
• Loyihada ishtirok etuvchi oliy o’quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari orasida uzoq muddatli o’zaro hamkorlikni o’rnatish.

3

PILOT PROJECT UZBEKISTAN-GIZ

O’zbekistonning tajriba loyihasi: O’zbekistonning aholi yashaydigan xudularida iqlim o’zgarishiga moslashuv-Mirzachulning Paxtakor tumanida joylashgan “Furqat” fermer ho’jaligidagi namoyishi. SHu asnoda loyihaning maqsadi to’liq nominal ishlagan holda kamida ikki kun saqlash ta’minoti bilan stend va batareyani qo’llab-quvvatlaydigan fotoelektr stansiyasi tomonidan elektr energiyasi bilan ta’minlash hisoblanadi. Elektr energiya yoritish, muhim qishloq xo’jaligi inshootlari, aloqa, sog’liqni saqlash va hokazolarga kerak.
Bundan tashqari mobil batareya orqali, kuchlanish qurilmalar va teskari ozmoz orqali qo’lmoq suv, shur tozalaydigan stansiyalar ham rejalashtirilgan.

O’zaro talaba almashish tizimi bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

interaktiv xizmatlar