Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Rektor tabrigi

Assalomu alaykum, xurmatli mexmonlar, qadirli ustozlar va aziz talabalar!

Xalqaro miqyosda 1946 yildan buyon nishonlanib kelinayotgan “Xalqaro talabalar kuni” har bir davlat talabalari tomonidan munosib kutib olinadi. Jumladan, bizning Jizzax politexnika institutida ham bu xalqaro bayram talabalar tomonidan juda ko’tarinkilik bilan nishonlanadi. Ushbu fursatdan foydalanib, Siz aziz talabalarni “Xalqaro talabalar kuni” bilan samimiy muborakbod etaman.

17 noyabrni “Xalqaro talabalar kuni” sifatida nishonlanishining ham o’zgacha tarixi bor.

II jaxon urushining dastlabki yillarida fashist bosqinchilari Chexiya Respublikasiga ham bostirib kiradilar. Lekin bir qancha talabalar o’z jonlarini ayamasdan bosqinchilarga qarshi qattiq kurashadilar. 1939 yilda esa bunday vatanparvar talabalarning 6 nafarini ushlashib, 17 noyabr kuni vaxshiyona tarzda otib tashlaydilar.

1946 yilga kelib Pragadagi Jaxon talabalari kongressining taklifiga binoan, chexiyalik ushbu talabalar xotirasini abadiylashtirish maqsadida har yili 17 noyabr kuni  Xalqaro talabalar kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi.

Bugungi kunda mamlakatimizda fan, ta’lim, texnika va texnologiyalarning jadallik bilan taraqqiy etishi, respublikamizning globallashuv jarayonlariga moslashib ketishi uchun katta yo’l ochib bermoqda. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori O’zbekistonda ham barcha sohalar bo’yicha islohatlar izchil  davom ettirilmoqda. Jumladan, birgina institutimizda 2018 yilda o’quv-amaliy mashg’ulotlari sifatini tubdan yaxshilash maqsadida “O’quv-amaliyot mashg’ulotlari texnoparki” tashkil etildi. Texnopark mutaxassislik kafedralari bazasida mavjud bo’lgan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha eng zamonaviy o’quv laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.

Ayniqsa Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 29 iyundagi 187-sonli qarori qabul qilinganligi institut tarixida unutilmas sahifa bo’lib qoldi va juda katta ijobiy o’zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.

Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PK-2458-sonli  qaroriga ko’ra joriy yilda 700 o’rinli o’quv binosi qurilishi va yotoqxona binosini rekonstruksiya qilish ob’yekti bo’yicha 6.2 mlrd so’mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil                          5 sentyabrdagi “Jizzax politexnika institutining arxitektura va qurilish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 699-sonli qarori qabul qilindi. Qaror ijrosi yuzasidan institut strukturasi qayta ko’rib chiqilib, fakultetlar soni 5 ta, kafedralar soni 22 ta bo’ldi hamda “Arxitektura va qurilish” fakulteti tarkibida Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tashkil etildi.

Bundan tashqari 43 ta laboratoriya xonalari tashkil etilib, ular eng so’nggi laboratoriya jihozlari bilan jihozlangan, jumladan: “Elektroenergetika” kafedrasiga “O’zEnergo” DAK tomonidan 50 mln. so’mlik zamonaviy laboratoriya jihozlari, “Transport vositalarini ishlatish” kafedrasiga “O’zavtosanoat” DAK tomonidan 58 mln. so’mlik yangi laboratoriya jihozlari va “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasiga O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi Vazirligi tomonidan 34 mln. so’mlik mablag’ ajratilganligi xisobiga yangi laboratoriya xonasi shakllantirildi.

Ayniqsa bugungi tadbir bo’lib o’tayotgan muxtasham madaniyat saroyining foydalanishga topshirilishi va bugungi tadbir birinchi tadbir ekanligini aloxida ta’kidlamoqchiman. Mana shunday imkoniyatlardan unimli foydalangan institutimiz iqtidorli talabalaridan 421-14 guruh talabasi Sa’dullayeva Salima, 437-14 guruh talabasi Aglamov Omonullaxonlar Beruniy nomidagi davlat stipendiyasiga va 101-15 guruh talabasi Nurxonov Nurkomil I.Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo’lishdi.

Institutimiz sportchi talabalari ham bir qancha yaxshi natijalarga erishib kelmoqdalar. Shu talabalar misolida 2017 yil 20 sentabrda Koreya Respublikasida o’tkazilgan Jahon chempionati musobaqalarida Qo’shboqova Barno sportning qo’l jangi turi bo’yicha 1 o’rinni egallab oltin medal bilan taqdirlangani diqqatga sazovordir.

Aziz talabalar, istardimki,  har biringizning hayot yo’lingiz oliy maqsadga intilib yashash bo’lsin, xalqimizga, Vatanimizga foyda keltirishim kerak, O’zbekistonimizning taraqqiyotiga o’zimning munosib hissamni qo’shishim zarur, buning uchun esa ko’p bilim olishim, yetuk mutaxassis bo’lib yetishishim kerak degan fikr bilan intilib yashaysiz- degan umiddaman!

Aziz talabar yana bir bor bayramingiz muborak bo’lsin!

interaktiv xizmatlar