O'zbekiston Konstitutsiyasiga ko'ra, deya ta’kidladi deputat, respublikamizning xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishi Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, “O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, mamlakat mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar bo'yicha shartnomalar parlamentda albatta ratifikatsiya qilinishi shart.
Majlis yakunlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qildi.