Politexnika Instituti
Jizzax Politexnika Instituti rasmiy web-sayti
       
Bosh sahifa | Ma'muriyat | Bo'limlar | Fakultetlar | Kafedralar | AT va MO' markaz | Fotogallereya UZ | RU | EN
Asosiy menu
Yangiliklar
Institut tarixi
Umumiy ma'lumotlar
Ona-zamin tarixi
yoshlar yili
Barkamol avlod yili
Nizomlar
Kengash
Xalqaro aloqalar

abiturient 2010
Qabul-2010/2011
Ma'lumotlar
Qabul komissiyasi
Yo'nalishlar
Imtiyozlar
Institut qoidalari

Talabalar
Yo'riqnoma
Baxolash tizimi
Stipendiyalar
Ishga joylashish
Ijtimoiy muxofaza
Talabalar turar joyi
Dars jadvali
ARM
Gazeta va jurnallar
Buyruqlar
Aspirantura

O'qtuvchilar
Shartnomalar
Baxolash
Malaka oshirish
Tadbirlar

Ilmiy faoliyat
Ilmiy bo'lim
Markazlar
Konferensiya
Ilmiy nashirlar
Ilmiy ishlar
Ochiq leksiyalar
Innovatsion faolyat
Loyihalar

Ma'daniy marifiy faolyat
Ma'daniy tadbirlar
Talabalar xayoti
Sport tadbirlari


Politexnik klub

Yangiliklar

Profilaktika samaradorligi oshmoqda

2009-07-07 / 10:54

Bozorlarimizdagi to'kinlikning asosiy manbai – qishloq xo'jaligi mahsulotlari. Ular orasida chorvachilik mahsulotlari asosiy o'rin tutadi. Sut, qaymoq, tvorog, tuxum, qatiq kabi mahsulotlarning issiq kunlarda sifatli saqlanishi, tegishli sanitariya talablariga javob berishini nazorat qilish odamlar sog'lig'ini asrashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois yoz oylarida dehqon bozorlarida go'sht-sut mahsulotlarining sifati yuzasidan nazorat yanada kuchaytiriladi.

Poytaxtimiz bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish, uy hayvonlari, chorva mollarni veterinariya ko'rigidan o'tkazish, davolash bilan birga, yurtimizga chetdan yuqumli kasalliklar kirib kelishining oldini olish borasida Davlat veterinariya bosh boshqarmasining Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmasi tomonidan keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur boshqarma tizimida 11 tuman bo'limi, 27 dehqon bozorida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi, qutirishga qarshi kurashish otradi faoliyat yuritadi. Ular shahardagi chorva mollar va uy hayvonlariga xizmat ko'rsatish, shahar hududiga chet mamlakatlardan hayvonlarga xos yuqumli kasalliklar kirib kelishining oldini olish hamda bozorlarda aholi iste’moli uchun har tomonlama sifatli chorva mahsulotlari bilan savdo qilinishini ta’minlashda veterinariya nazoratini amalga oshirmoqda.

Joriy yilning o'tgan davrida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari mutaxassislari dehqon bozorlariga kiritilgan 7 ming tonnadan ko'proq qoramol, qariyb 2 ming tonna qo'y, echki, 205 tonna parranda va 68 tonna ot go'shtini laboratoriya tekshiruvidan o'tkazdi. Tahlillarga ko'ra, iste’mol uchun yaroqsiz deb topilgan 1 ming 870 kilogramm go'sht savdodan olib tashlandi. Shuningdek, veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o'tkazilgan 250 kilogramm sut va 133 ming dona tuxum iste’molga yaroqsizligi tufayli savdoga chiqarilmadi.

Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmasi boshlig'i Rustam Hasanovning aytishicha, aholiga va shaxsiy tomorqa xo'jaliklariga ko'rsatilayotgan veterinariya xizmati sifati yaxshilanib, salmog'i yildan-yilga ortmoqda. Ta’kidlash joizki, shahar hududida chorva mollarga nisbatan uy hayvonlari – it, mushuk va boshqa jonivorlar ancha ko'p. Shu bois ular orqali tarqalish ehtimoli mavjud yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida maxsus profilaktik tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning o'tgan davrida qutirish, oqsil va kuydirgi kasalliklariga qarshi 80 ming boshdan ziyod chorva mol va boshqa uy hayvonlari emlandi. Jumladan, hovli, ko'p qavatli uy va tashkilotlarda boqilayotgan 58 mingta it quturish kasalligiga qarshi majburiy emlandi.

Ushbu xavfli kasallik itlarda ko'p uchrashi e’tiborga olinib, ularning emlanishi majburiyligi borasida keng miqyosda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu o'rinda ta’kidlash joizki, itlar uch oyligidan boshlab har yili majburiy emlanishi shart. Shunday bo'lsa-da, it egalari ushbu xizmatdan bosh tortishi hollari ham kuzatilmoqda. Bu borada e’tiborsizlikka yo'l qo'ygan 842 nafar fuqaroga jarima solindi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi bilan hamkorlikda qo'shni davlatlardan hayvonlarda uchraydigan yuqumli kasalliklarning kirib kelishiga qarshi o'tkazilayotgan maxsus profilaktik chora-tadbirlar natijasida ko'p yillardan buyon poytaxtimizda xavfli yuqumli kasalliklar kuzatilgani yo'q.

O'qildi: 182 | Reyting: 0 |


Kalendar
«Sentyabr 2010»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       

Izlash

Axborot resurslari

Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'maydi
Natijani ko'rish





Bosh sahifa | Ma'muriyat | Bo'limlar | Fakultetlar | Kafedralar | AT va MO' markaz | Fotogallereya | Izlash | Bog'lanish

Rambler's Top100