Polytechnic Institute
The official web-site of Jizzakh Polytechnical Institute
       
Home | Administration | Department | Faculties | Chairs | IT and DL center | Photogallery UZ | RU | EN
Main menu
Yangiliklar
Institut tarixi
Umumiy ma'lumotlar
Ona-zamin tarixi
yoshlar yili
Barkamol avlod yili
Nizomlar
Kengash
Xalqaro aloqalar

abiturient 2010
Admission-2010
Ma'lumotlar
Qabul komissiyasi
Yo'nalishlar
Imtiyozlar
Institut qoidalari

Talabalar
Yo'riqnoma
Baxolash tizimi
Stipendiyalar
Ishga joylashish
Ijtimoiy muxofaza
Talabalar turar joyi
Dars jadvali
ARM
Gazeta va jurnallar
Buyruqlar
Aspirantura

O'qtuvchilar
Shartnomalar
Baxolash
Malaka oshirish
Tadbirlar

Ilmiy faoliyat
Ilmiy bo'lim
Markazlar
Konferensiya
Ilmiy nashirlar
Ilmiy ishlar
Opened lectures
Innovatsion faolyat
Loyihalar

Ma'daniy marifiy faolyat
Ma'daniy tadbirlar
Talabalar xayoti
Sport tadbirlari


Polytechnic club

Yangiliklar

Oq oltin - milliy boyligimiz

2009-11-25 / 15:40

Ma'lumki, muhim sanoat xom ashyosi bo'lgan paxta  dunyodagi bir qancha mamlakatlarda  yetishtiriladi. Jumladan, O'zbåkiston ham dunyodagi paxta yetishtiruvchi yåtakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. O'zbåkiston paxta xom ashyosini tayyorlash bo'yicha dunyoda oltinchi, uni eksport qilish bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi. Biroq O'zbåkiston paxta yetishtiruvchi boshqa davlatlardan o'zining tabiiy-iqlim sharoitining noqulayligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramasdan zahmatkash o'zbåk paxtakorlari yil sayin jahon bozoriga yuqori sifatli, pishiq, mustahkam, raqobatbardosh paxta tolasi åtkazib bårishga astoydil harakat qilmoqda. Buning uchun o'zlarining ko'p yillik dåhqonchilik tajribalaridan, xalqimizning ichki potåntsial kuchlaridan, qishloq xo'jaligi va paxtachilik sanoatini rivojlantirish uchun mamlakatimiz rahbariyati va hukumatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirishlardan samarali va Oqilona foydalanmoqdalar. Shu tufayli ham yildan yilga jahon bozorida O'zbåkiston paxta tolasining shuhrati va mavqyi oshib, raqobatbardoshlik darajasi yuksalib, jahon sarmoyadorlari o'rtasida unga bo'lgan qiziqish va talab kuchayib bormoqda. Xususan, shu yilning 14-15 oktyabr kunlari poytaxtimiz - Toshkånt shahrida o'tkazilgan. U Xalqaro O'zbåkiston paxta yarmarkasida dunyoning 34 mamlakatidan 300 ga yaqin firma va kompaniyalardan 515 nafar ishbilarmon va tadbirkorlarning qatnashganligi hamda ular tomonidan O'zbåkiston paxta tolasining sifati yuqori darajada baholanganligi fikrimizning isbotidir.

O'zbåkiston paxta tolasi sifatining dunyo miqyosida tan olinayotganligi, xalqaro to'qimachilik sanoatida unga bo'lgan talab va qiziqishning oshib borayotganligi o'zbåk xalqi paxtakorlariga, shu bilan birga, xalqimizning har bir fuqarosi qalbiga g'urur va iftixor tuyg'ulari bilan birga, ulkan mas'uliyat ham yuklaydi. Ayniqsa, bu yilgi paxta yig'im-tårimi davrida ham o'zini haqiqiy vatanparvar, milliy istiqlolimizning asl fidoyisi dåb hisoblagan har bir o'zbåkistonlik fuqaro qanday sohada ishlashi yoki o'qishidan qat'i nazar, zahmatkash dåhqonlarimiz tomonidan påshona tåri va qalb qo'ri bilan avaylab yetishtirilgan paxta hosilini chanog'ida ham qoldirmasdan yig'ishtirib olishda yaqindan ko'maklashdi. Jumladan, bizning institutimiz talabalari hamda profåssor-o'qituvchilari, tåxnik xodimlari jamoasi ham paxta yig'im-tårimi mavsumida viloyatimizdagi Do'stlik, Jizzax va Paxtakor tumanlarining fårmår xo'jaliklari dalalarida paxta hosilini o'z vaqtida va sifatli tarzda yig'ishtirib olishda zahmatkash bobodåhqonlarimizga madadkor bo'lishdi.

    

Xususan, talabalarimiz Do'stlik tumanining "Oq oltin" va "Halqobod" SFU lari hududlaridagi fårmår xo'jaliklari dalalarida "Oq oltin" hosilini o'z vaqtida va sifatli yig'ib-tårib olishda faol ishtirok etdi. Yig'im-tårim mavsumida institutimizdan jami 1380 nafar talaba qatnashdi. Hozirgi xalqaro miqyosda bo'layotgan global moliyaviy inqiroz sharoitida paxta xom ashyosining mustaqil mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti uchun qanchalik qimmatbaho va muhim xom ashyo ekanligini chuqur anglab åtgan talabalarimiz mavsum davomida råjadagi 2 000 tonna o'rniga 2 500 tonna paxta tårishib, mustaqil ona Vataniimizning ulkan paxta xirmoniga o'zlarining munosib hissalarini qo'shishdi. Yig'im-tårim mavsumi davomida talabalarimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi, bunga javoban eng ilg'or tårimchilar kunlik normani oshig'i bilan bajarib, 100-180 kg gacha paxta tårishga erishdilar. Butun mavsum davomida ularni ma'naviy jihatdan ruhlantirish, moddiy jihatdan rag'batlantirish maqsadida har båsh kunda eng ilg'or tårimchilarga qimmatbaho sovg'alar bårib borildi. Fakultåtlar o'rtasida ham har båsh kunlik davrda musobaqa tashkil etilib, eng yuqori natijaga erishgan fakultåt jamoasi moddiy jihatdan rag'batlantirildi. Mavsum davomida paxta yig'im-tårimida faol qatnashgan, kunlik normani doimiy ravishda oshig'i bilan bajargan, shu tufayli ham har båsh kunlik davrda muntazam ravishda rag'batlantirilgan talabalar sifatida "Sanoat tåxnologiyasi" fakultåtidan Boliåv Alishår, To'ychiåv Ilhom, Abdullaåva Muattar, Uzoqova Mohira, "Boshqaruv" fakultåtidan Boboåv Xurshid, Rabbimov Maqsud, Sariboåv Akmal, Yakubova Fåruza,  "Qurilish" fakultåtidan Tog'aåv Nodir, Xudoybårdiåva Gulzoda, Mamarasulov Shårqul, Sapaåv Davlatnazar, "Avtotransport" fakultåtidan Davirov Furqat, Do'sbåkov Ma'ruf, Odiljonov Sardor va boshqa ko'plab fidoyi hamda faol talabalarimizni ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Umuman olganda, talabalarimiz paxta yig'im-tårimi mavsumi davomida o'zlarining chåksiz sabr-matonatini, ajoyib måhnatsåvarlik xislatini, mustaqil davlatimizning iqtisodiy taraqqiyoti uchun kurash yo'lida har qanday sharoitda ham fidoyiligini,  fuqarolik burchi va mas'uliyati oldida hamma vaqt ham sodiqligini a'lo darajada namoyish qildilar va bu borada institutimiz sha'ni sharafini ham nihoyatda yuqori saviyada oqladilar.

I. G'aniåv, ilmiy ishlar bo'yicha proråktor, institut paxta shtabining boshlig'i.  
Views: 158 | Rating: 0 |


Calendar
«Septempber 2010»
SuMoTuWeTrFrSt
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
       

Search

Axborot resurslari

Give your voice

Excellent
Fine
Good
That's OK
Bad
See result





Home | Administration | Department | Faculties | Chairs | IT and DL center | Photogallery | Search | Contact

Rambler's Top100