
Jizzax Politexnika Instituti ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'limi xamda "Boshqaruv" fakulteti xamkorligida 14 yanvar "Vatan ximoyachilari kuni" munosabati bilan institut talaba yoshlari o'rtasida "14 kvadrat" loyixasi o'tkazildi.
Loyixaning maksadi:
Yoshlarni bilimga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, jamoa bo'lib ishlash xamda uni boshqarish va shu bilan bir qatorda yoshlarni vatanparvarlik ro'xida tarbiyalash.
Yig'ilgan barcha ishtirokchilar 4 guruxga bulindi va guruxlarga vazifa belgilandi ya'ni:
1. Xar bir guruxdan 5 nafar ishtirokchiga loyixa asosida "xarita" vazifasi beriladi. Xarita asosida ular belgilangan shartlarni bajarishlari lozim. Masalan: Xaritada ko'rsatilgan 14 ta nuqtaga borib u yerda jamoa uchun beriladigan savollarga javob berishlari kerak agar javob to'g'ri bo'lsa ularga rag'bat kartochka noto'g'ri javob bo'lsa uning aksi. Shu tarika 1 soat belgilangan vaqt ichida qaysi jamoa ko'proq rag'bat kartochkasini to'plasa shu jamoa g'olib xisoblanadi.
2. Qolgan yoshlar bilan interfaol o'yinlar, konsert dasturlari, qiziqarli shartlar guruxlar o'rtasida tashkil etildi.
G'olib chiqqan jamoalarga JizPi ma'muryati va ucell kompanyasi tomonidan munosib tarzda taqdirlandi.
G'oya muallifi: Yakubov Aktam