2010 yil 20 yanvar kuni "Axborot- Resurs Markazlarining shakllanishi va rivojlanishi" nomli Ilmiy - amaliy konferensiya dasturi bo'lib o'tdi. Unda Viloyat hokimi o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi, shoira Sh.O'.Ahrorova, Jizzax Politexnika instituti Axborot Resurs Markazi faoliyati haqida institut rektori prof. I.S.Sodiqovning kirish so'zi, Oliy va o'rta maxsus Kasb–xunar ta'limi integratsiyasi muammolari to'grisida Jizzax Politexnika instituti Akademik litsey va Kasb-xunar kollejlari bilan ishlash buyicha prorektori dots.I.R.Ro'zmatov, Akademik litsey va Kasb-xunar kollejlari ARM lari bilan Jizzax Politexnika instituti ARMi o'rtasida xamkorlik istiqbollari xaqida – Viloyat Kasb–xunar ta'limi boshqarmasi o'quv-uslubiyat bo'limi boshligi A.S.Tolipovlar so'zga chiqishdi "Axborot- Resurs Markazlarining shakllanishi va rivojlanishi"- Jizzax Politexnika instituti Axborot- Resurs Markazi direktori B.Tursunova lar so'zga chiqishdi.
Konferensiyada quyidagi yo'nalishlar bo'yicha 2 ta sho'ba faoliyat yuritadi:
-Axborot - resurs markazlarining rivojlanishi va shakllanishi
-Axborot-resurs markazlarini rivojlantirish va shakllantirish borasidagi ishlarni amalga oshirishda Axborot-resurs markazini avtomatlashtirish samaradorligini oshirish.
Konferensiyaning ochilish marosimi Jizzax Politexnika instituti konferensiya zalida bo'lib o'tdi.