2010 yil 11-fevral kuni “Narkotik moddalar va odam savdosi hamda uning iste'moliga qarshi kurash” oyligi munosabati bilan viloyat IIB, SPID markazi, shahar prokuraturasi, narkologiya markazi xodimlari “ Kamolot” YoIH viloyat va shahar kengashi ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Tadbirda Viloyat IIB boshqarmasi narkotik va narkotrafik moddalarni g'ayriqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo'limi boshlig'i mayor O. Sherqulov, Viloyat milliy xavfsizlik xodimi kapitan M. Hamrayev, Jizzax shahar prokurori Sh. Ashurova, Jizzax shahar II boshqarmasi bo'lim boshlig'i o'rinbosari I. Tursunov, Viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokori Z. Rasulova, Narkologiya dispanseri shifokori Z. Suyarov, “Kamolot” YoIH viloyat bo'limi kengashi bo'lim mudiri Uzoqboy Risqulov hamda guruh murabbiylari, 189 nafar talaba ishtirok etdi. Yig'ilishda yurtimizda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida, talabalar o'rtasida yuz berishi mumkin bo'lgan jinoyatlarni oldini olish uchun nimalar qilishimiz kerakligi haqida so'z yuritdi va talabalarni bunday jinoyatlardan uzoq yurishga, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga chaqirdi. Yig'ilish savol-javoblar asosida qiziqarli o'tdi va giyohvandlikka qarshi qaratilgan videorolik namoyish etildi.