2010 yil 12-fevral kuni Bobur tavallud kuniga bag'ishlab "Zahiriddin Muhammad Boburning ma'naviy qarashlari” deb nomlangan ilmiy - amaliy anjuman o'tkazildi. Anjumanda “Zahiriddin Muhammad Boburning ma'naviy qarashlari” mavzusi bilan F.Sattorova, “Bobur va Jizzax” mavzusida B.Rashidova, “Bobur avlodlari” haqida D.Soatova, “Bobur va boburiylar” haqida Q. Uralov chiqishlar qildilar. Anjumanda talabalar faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan sahna ko'rinishlari, shoir g'azallari bilan aytiladigan qo'shiqlar ijro etildi. Faol ishtirok etgan talabalarga sovg'alar berildi.