Jizzax politexnika instetutida 2010 yil 14 iyul kuni bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Bugun, barchangizni, hayotingizdagi eng quvonchli, hayajonli va unutilmas damlar bitiruv tantanalari bilan chin dildan muborakbod etishga ijozat bergaysizlar.
Aziz yoshlar, katta mas'uliyatni yelkalaringizga oladigan vaqtlar ham yaqin qoldi. Bu mas'uliyatga har bir yigit-qiz ma'naviy va jismoniy tomondan tayyor deb o'ylayman.
Siz bugun o'zingiz uchun nihoyatda qadrli, mo'tabar bo'lgan mana bu dargohni tugatib, mehribon, o'z navbatida qattiqqo'l ustozlaringiz, betakror, biri-biridan shirin do'stlaringiz bilan xayrlashib, katta hayot sari yuzlanmoqdasiz. Ana shu hayotda biz sizni bilimdon, ishbilarmon insonlar, tadbirkor rahbarlar, yetuk mutaxassislar sifatida ko'ramiz degan umiddamiz.
Chunki institutimizda yoshlarning yetuk, bilimdon, ilmiy izlanuvchan va albatta barkamol bo'lib yetishishlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilib berildi. Har biringizda uzingiz tahsil olayotgan o'quv dargohingiz, ustozlaringizga nisbatan hurmat, mehr-muhabbat kabi insoniy fazilatlar shakllandi. Xayotda ana shu fazilatlarning barchasi sizga asqotadi deb ishontirib aytaman.

Aziz yoshlar! Bu yilni muxtaram Yurtboshimiz "Barkamol avlod yili" deb nomladi. Bu quruq shior, shunchaki gap emas, albatta. Mazkur yo'nalishda maxsus dastur qabul qilindi, keng ko'lamli amaliy ishlar rejasi belgilanib, yil davomida hayotga tatbik etib borilmoqda. Bunday ulug'vor ishlarning barchasida Siz aziz yoshlarning faol ishtirokini ko'rib turibmiz va bundan keyin ham har sohadagi ulkan o'zgarishlar va yutuklarning tashabbuskori va ijrochisiga aylanasiz degan niyatdamiz.
Qadrli ustozlar va bitiruvchilar! Sizlarni bugungi tantanali kun bilan yana bir bor qizg'in qutlab qolamiz.