Institutda ochiq lektsiyalar Oliy va
o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2004 yil 26 martdagi 79 sonli
buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarida ochiq
lektsiyalarni tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida nizom»ga
asosan ishlab chiqilgan «Jizzax politexnika institutida ochiq
lektsiyalarni tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida nizom»
asosida o'tkazilmoqda. Kafedralar bo'yicha professor-o'qituvchilarning
ochiq lektsiyalarni o'tkazish jadvali 2007-2008 o'quv yili uchun ishlab
chiqildi va institut rektori tomonidan 2007 yil 29 avgustda tasdiqlandi
hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2006 yil 7 martdagi 49
sonli buyrug'iga asosan institut Veb-sahifasida tashkil etilgan «Ochiq
lektsiya» bo'limiga joylashtirildi.