|
 |
"Yoshlar ovozi" gazetasi |
 |
 |
| A(H1N1) grippi va uning profilaktikasi |
|
2010-03-05 / 06:01 |
Gripp kasalligi odamlar orasida tarqalganidek, har xil qushlar va hayvonlar orasida, jumladan, cho'chqalar orasida ham uchraydi. Kasal odamlardan sog'lom hayvonlarga havotomchi yo'li bilan zoonoz kasallik sifatida yuqadi. Hayvonlar grippining viruslari odamlarga ham yuqqanida, odamlar va hayvonlar viruslari o'zaro chatishib, viruslarning yangi mutantlari, ya'ni yangi turlari paydo bo'ladiki, bu viruslar ilgari odamlar orasida uchramaganligi hamda ushbu viruslarga odamlarda immunitet yo'qligi sababli kasallik tezda tarqaladi. |
|
O'qildi: 84 |
Reyting: 1 |
|
|
|
| Beruniyning tug'ilgan yili |
|
2010-03-05 / 05:43 |
Deyarli barcha manbalarda o'rta asrning buyuk olimi Abu Rayhon
Beruniyning tug''lgan yili 973-yil deb qayd qilinadi. Bu ulug' alloma
hijriy-qamariy hisob bilan 362-yilda tug'ilgan bo'lib, bizning ilmiy
jihatdan aniq hisob-kitoblarga asoslangan fikr-mulohazalarimizga ko'ra, u
milodiy 973-yilga emas, balki 972-yilga to'g'ri keladi. |
|
O'qildi: 98 |
Reyting: 0 |
|
|
|
| Navqiron iste'dod sohibi |
|
2010-03-04 / 05:00 |
Istiqlol yillarida respublikamizda Prezidentimiz rahnamoligida yosh
avlodning har tomonlama kamol topishi, ma'naviyruhiy jihatdan
yuksalishi, ilmfan, san'at, madaniyat va sportning barcha
yo'nalishlarida yuqori cho'qqilarni zabt etishi uchun barcha sharoitlar
yaratildi. Bu yo'nalishlarda o'z qobiliyat va iqtidorlarini namoyish
qilayotgan yosh avlod vakillari ma'naviy-ruhiy jihatdan
qo'llab-quvvatlanib, moddiy jihatdan rag'batlantirilmoqda. Jumladan,
Prezidentimiz tashabbusi bilan istiqlol yillarida iste'dodli va
iqtidorli yoshlar uchun "Kelajak ovozi", "San'at g'unchalari", "Navqiron
O'zbekiston" kabi ko'riktanlovlar, ilmiyijodiy festivallar, "Umid
nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" deb nomlangan uch bosqichli
sport musobaqalari tashkil etilib, ularda respublikamizning turli
burchaklarida yashayotgan, kelajagimiz va istiqbolimiz poydevorini
mustahkam asoslarda qurishga qodir bo'lgan minglab navqiron iste'dod va
iqtidor sohiblari kashf etilmoqda.
|
|
O'qildi: 76 |
Reyting: 0 |
|
|
|
| Matonat va mas'uliyat mujassamligi |
|
2010-03-04 / 04:38 |
Ma'lumki, muhim sanoat xom ashyosi bo'lgan paxta dunyodagi bir qancha
mamlakatlarda yetishtiriladi. Jumladan, O'zbekiston ham dunyodagi paxta
yetishtiruvchi yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. O'zbekiston
paxta xom ashyosini tayyorlash bo'yicha dunyoda oltinchi, uni eksport
qilish bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi. Biroq O'zbekiston paxta
yetishtiruvchi boshqa davlatlardan o'zining tabiiy-iqlim sharoitining
noqulayligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramasdan zahmatkash o'zbek
paxtakorlari yil sayin jahon bozoriga yuqori sifatli, pishiq, mustahkam,
raqobatbardosh paxta tolasi yetkazib berishga astoydil harakat
qilmoqda. Buning uchun o'zlarining ko'p yillik dehqonchilik
tajribalaridan, xalqimizning ichki potensial kuchlaridan, qishloq
xo'jaligi va paxtachilik sanoatini rivojlantirish uchun mamlakatimiz
rahbariyati va hukumatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan moddiy-ma'naviy
qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirishlardan samarali va oqilona
foydalanmoqda-lar. Shu tufayli ham yildan yilga jahon bozorida
O'zbekiston paxta tolasining shuhrati va mavqei oshib, raqobatbardoshlik
darajasi yuksalib, jahon sarmoyadorlari o'rtasida unga bo'lgan qiziqish
va talab kuchayib bormoqda. Xususan, shu yilning 14-15 oktyabrü kunlari
poytaxtimiz - Toshkent shahrida o'tkazilgan U Xalqaro O'zbekiston paxta
yarmarkasida dunyoning 34 mamlakatidan 300 ga yaqin firma va
kompaniyalardan 515 nafar ishbilarmon va tadbirkorlarning qatnashganligi
hamda ular tomonidan O'zbekiston paxta tolasining sifati yuqori
darajada baholanganligi fikri-mizning isbotidir.
|
|
O'qildi: 80 |
Reyting: 0 |
|
|
|
| Hayot so'qmoqlari va saboqlari |
|
2010-03-04 / 03:53 |
Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov "El-yurt uchun, Vatan uchun yonib
yashash kerak" degan shiorni ko'p takrorlaydi. Bu xitobda juda teran
ma'no bor. Tarix guvohlik beradiki, umrini xalq baxt-soadati uchun
baxshida etgan, ko'pchilik manfaati yo'lida zahmat chekkan, ya'ni "yonib
yashagan" aziz insonlar hamma davrda ham el-yurt ardog'ida bo'lgan,
e'zozlangan va qadr-e'tibor topgan. Ularning oddiy hayoti, halol
mehnati, yuksak insoniy fazilatlari yoshlar uchun o'rnak, namuna
sifatida ibrat qilib ko'rsatilgan. |
|
O'qildi: 82 |
Reyting: 0 |
|
|
|
| Minnatdorchilik maktubi |
|
2010-03-03 / 03:08 |
Yaqinda tahririyatimizga o'tgan o'quv yilida institutimizning "Boshqaruv" fakultetini tamomlab, hozirda Slovakiya va Chexiya
Respublikalarining nufuzli universitetlari magistraturasida tahsil
olayotgan magistrlar Komila Tursunova va Iroda Abdurahimovalar nomidan
maktub keldi. Maktubda institutimizning sobiq talabalari ularning
Yevropadagi eng nufuzli oliy o'quv yurtlarida magistraturada ta'lim
olish baxtiga muyassar bo'lishida yaqindan yordam berganligi uchun
institut rahbariyati va xalqaro aloqalar bo'limiga, ingliz tili fanidan
yuksak pedagogik mahorat bilan saboq bergan ustozlari - "O'zbek va chet
tillar" kafedrasining katta o'qituvchisi Hulkar opa Mustafoqulovaga
ingliz tilini mukammal o'rganishida ustoz va murabbiy sifatida chin
dildan butun mehri va mahoratini bag'ishlaganligi uchun cheksiz
minnatdorchilik izhor qilishgan. Quyida ana shu minnatdorchilik
maktubini Siz aziz mushtariylar hukmiga havola qilamiz. |
|
O'qildi: 94 |
Reyting: 0 |
|
|
|
| Kitob - bilim bulog'i |
|
2010-03-03 / 03:02 |
XXI asrni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilish
qiyin. Dunyoning qaysi bir rivojlangan davlati tajribasiga e'tibor
qilmang, mazkur soha ular iqtisodiyoti tarraqiyotida hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekaniga guvoh bo'lamiz. Yurtimizda ham Prezidentimiz
rahnamoligida axborot-kommunikatsiya tizimi sohasini rivojlantirishga
davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda.Shu o'rinda
Yurtboshimizning 2006 yil 20 iyunda qabul qilgan "Respublika aholisini
axborot-kutubxona tizimi bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida"gi
qarorining hayotimizda tutgan ahamiyati beqiyosdir. Ana shu hayotbaxsh
hujjat sharofati bilan kutubxona sohasini takomillashtirish, aholining
barcha qatlamlari intellektual ehtiyojlarini qondirish, madaniy,
axloqiy-ma'naviy qadriyatlarini saqlab qolish maqsadida axborot-resurs
markazlari tashkil etilganligi ayni muddao bo'ldi. Institutimiz ARMi ana
shu shunday ziyo maskanlarining biri hisoblanadi. U o'tgan yilning
oktyabr oyida institutimiz rektori, professor Ibrohim Sodiqovning
tashabbusi bilan davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan qarori
talablariga monand rekonstruksiyadan chiqarilib, butunlay yangi qiyofa
kasb etdi. |
|
O'qildi: 96 |
Reyting: 0 |
|
|
|
| O'zbekistonda saylov tizimi: yoshlar va siyosiy partiyalar |
|
2010-03-03 / 02:57 |
O'zbekiston Respublikasi o'z oldiga demokratik huquqiy davlat va kuchli
fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilgan. Demokratiyaning muhim
belgisi erkin amalga oshiriladigan saylovlardir. Shu jihatdan olganda,
2009 yilning dekabrü oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Mahalliy Kengashlariga bo'lib
o'tadigan saylovlar alohida ahamiyat kasb etadi. |
|
O'qildi: 90 |
Reyting: 0 |
|
|
|
| Milliy qomusimiz |
|
2010-03-03 / 02:41 |
Azaliy an'ana va qadriyatlarga boy o'zbek xalqi istiqlolga erishgach,
mustaqil mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining milliy Mustaqilligi
e'lon qilingan kun, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilingan kun, O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i, Davlat
Gerbi, Davlat Madhiyasi tasdiqlangan kunlar kabi xalqimiz tarixidagi
muhim sanalarni ham tantanali bayram sifatida nishonlash an'anasi
shakllandi. Ana shu an'anaviy milliy bayramlar qatorida milliy
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni butun mamlakatimiz miqyosida
nishonlashning o'ziga xos jihatlari mavjud. Negaki, milliy Konstitutsiya
har bir milliy suveren davlat mustaqilligining asosiy ramzi sifatida
alohida ahamiyatga ega. Shu sababli barcha milliy mustaqillikka erishgan
suveren davlatlarda, jumladan, mustaqil O'zbekiston Respublikasida ham
milliy Konstitutsiya qabul qilingan kun dam olish kuni deb e'lon
qilingan va bu sana eng alohida milliy bayram sifatida tantanali tarzda
nishonlanadi. |
|
O'qildi: 82 |
Reyting: 0 |
|
|
|
| "Chorraha chirog'i" yoki svetofor haqida |
|
2010-03-03 / 01:25 |
Hulkar opa Mustafoqulova ko'p yillardan buyon institutimizning "O'zbek
va chet tillar" kafedrasida ishlab, talabalarimizga ingliz tili fanidan
saboq berib kelmoqda. U kishi kafedrada katta o'qituvchi lavozimida
ishlash bilan birga, kafedrada tashkil etilgan "Jahon va biz" nomli
talabalar ijodiy klubiga ham rahbarlik qilib kelmoqda.Klub a'zolar
keyingi yillarda ma'lum bir ijodiy yutuqlarga ham erishmoqda. Quyida ana
shu klubga rahbarlik qilayotgan ustoz Hulkar opa Mustafoqulova ingliz
tilidan o'zbek tiliga tarjima qilgan qiziqarli matnni hukmingizga havola
qilamiz |
|
O'qildi: 93 |
Reyting: 0 |
|
|
|
|
 |
 |
 |
 |
|
 |
Kalendar |
 |
 |
| | Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | | 27 | 28 | 29 | 30 | | | | | | | | | | | | |
 |
 |
 |
 |
 |
Axborot resurslari |
 |
 |
[19]
[3]
[5]
[8]
[21]
[16]
[35]
[18]
[19]
|
 |
 |
 |
 |
|