Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Jamil Salmi

Yaratilgan: Oktyabr 31, 2018 da 2:21

Bo'lim: Yangiliklar

Jamil Salmi oliy ta’lim bo’yicha xalqaro ekspert bo’lib, ayrim hukumatlar, universitetlar, xalqaro va mintaqaviy banklar va agentliklarga maslahat xizmatlarini ko’rsatadi. 2012 yilning yanvar oyigacha Jahon Bankidagi oliy ta’lim masalalari bo’yicha koordinator lavozimini egallagan. Jamil Salmi 1994 yilda Jahon bankining oliy ta’lim sohasi haqida birinchi siyosiy hujjatini yozgan, shuningdek, 2002 yilda Jahon bankining shu soha strategiyasini yozgan. Strategiyaning nomi – «Bilim  jamiyatlarini qurish: oliy ta’lim uchun yangi muammolar». O’tgan 20 yil mobaynida Jamil Salmi oliy ta’lim tizimini isloh qilish va strategik rivojlantirish sohasidagi siyosiy masalalar bo’yicha 80 dan ortiq mamlakatlarning oliy o’quv yurtlari rahbarlariga va hukumat rahbarlariga maslahat bergan.

Jamil Salmi Evropa, Osiyo va Lotin Amerikasidagi bir qator universitetlarning xalqaro kuzatish qo’mitalarining a’zosi. U shuningdek, Britaniya Oliy Ta’limi fondining xalqaro kuzatish tarmog’i (of  the  International  Advisory  Network  of  the  UK  Leadership Foundation  for  Higher  Education), oliy ta’lim sohasida boshqaruv va siyosat haqidagi jurnalning (OECD Journal of Higher  Education  Management  and  Policy) nashriyot qo’mitasi a’zosidir. 2008 va 2011 yillarda Jamil Salmi Ta’limni rejalashtirish xalqaro instituti qoshidagi boshqaruv kengashida Jahon banki vakili sifatida faoliyat ko’rsatdi.

2009 yilda Jamil Salmi “Jahon darajasidagi universitetlar tashkil etish” (Challenge of Establishing World-Class Universities) kitobini chop etdi. Uning oxirgi,  professor Filipp Altbach bilan birgalikda chop etgan “Akademik takomillashishga yo’l: Jahon darajasidagi ilmiy tadqiqot universitetlarining shakllanishi” (The Road to Academic Excellence: the Making of World-Class Research Universities) deb nomlangan kitobi 2011-yil sentabr oyida chop etilgan.

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar