Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Jamoatchilik nazorati Kengashlari tuzilmoqda

Yaratilgan: Oktyabr 11, 2018 da 10:53

Bo'lim: Yangiliklar

Jamoatchilik nazorati mamlakatimizda uzoq tarixiy ildizlarga ega. CHunonchi,  u azal-azaldan oqsoqollar Kengashi ko‘rinishlarida namoyon bo‘lib kelgan. Bu Kengashlar mahallalardagi obodonlashtirish, odamlar muammolarini hal etish, o‘zini-o‘zi himoya qilish, ogoh bo‘lish,farzandlar tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik va boshqa jamoat ishlari bilan shug‘ullanadigan jamoatchilik tuzilmasi hisoblangan.

Mamlakatimiz mustaqillika erishgandan so‘ng va o‘tgan vaqt mobaynida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllari va uslublari yaratildi hamda faoliyatni amalga oshirish uchun qator qonunchilik bazasi yaratildi.

Fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga daxldorlik hissining ortishi hamda har bir davlat xizmatchisining o‘z faoliyati jamoatchilik nazorati ostida ekanligini chuqur his etib borishi fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonining muhim shartlaridandir. YA’ni davlat organlari xalqqa o‘z siyosati, harakatlarini tushuntirib berishi, uning oldida hisobot berib borishi lozimdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyulda Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-3837-son  Qarori qabul qilindi. Qarorga asosan,

-Davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashining  asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi;

-Jamoatchilik kengashi o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanishi belgilandi;

-Jamoatchilik kengashi davlat organining markaziy apparati huzurida tashkil etiladi va uning faoliyati mazkur davlat organining barcha hududiy bo‘linmalari hamda tasarrufidagi tashkilotlariga tatbiq etiladi;

-Jamoatchilik kengashi davlat organi rahbarining qarori bilan tashkil etiladi;

-Jamoatchilik kengashining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega hisoblanadi.

Jamoatchilik kengashi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

-davlat organining faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat organiga tegishli takliflar kiritadi;

-davlat organining fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorligini tahlil qiladi, shuningdek, hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

-davlat organi faoliyatiga taalluqli uning normativ-huquqiy hujjatlari va qarorlarini takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan takliflarni mazkur davlat organi xodimlari o‘rtasida muhokama qilishga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etishda qatnashadi;

-davlat dasturlari loyihalarini, tadbirlar rejalarini va davlat organi faoliyatiga taalluqli, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishda vakolatlari doirasida ishtirok etadi, bajarilgan ishlarning samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

-davlat organi rahbarlari va xodimlarining fuqarolar bilan uchrashuvlarini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishda, shu jumladan joylarga borib tashkil etishda qatnashadi, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring o‘tkazadi;

-davlat organi xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilashda, shuningdek, ishdan bo‘shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish muammolarini hal etishda ko‘maklashadi;

-xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalalari bo‘yicha davlat organi xodimlari o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

-davlat organida, uning hududiy bo‘linmalarida va tasarrufidagi tashkilotlarida sog‘lom ishchanlik muhitini rivojlantirish, qonuniylikni, yuksak huquqiy madaniyat va axloqiylikni ta’minlash, xodimlarda Vatanga sodiqlik ruhini va qonunlarga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish, ularni ijtimoiy, siyosiy, ruhiy va ma’naviy-ma’rifiy kamol toptirish, shuningdek, mazkur sohadagi ilmiy-ma’rifiy va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

-mamlakatda va xorijda keng jamoatchilikni davlat organi faoliyatini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda xabardor qilishni ta’minlaydi hamda mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

-davlat organi faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etishda ishtirok etadi;

-davlat organi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahlil qiladi, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

-o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.

Jamoat nazorati jamiyatda ijtimoiy adolat qaror topishi uchun shaxs, jamiyat va davlat aloqalarida muvozanat, tenglik, o‘zaro mas’uliyat va javobgarlikka xizmat qiluvchi asosiy omil hisoblanadi. Mazkur institut insonning huquq va erkinliklari nafaqat davlat tomonidan kafolatlangani, balki davlat organlari faoliyatida ustivor ahamiyatga ega ekanligini ta’minlaydi va bunda jamoatchilik nazoratining mavjudligi siyosiy hokimiyatning tom ma’noda xalq qo‘lida bo‘lishining ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Jamoatchilik kengashining huquqlari quyidagilardan iborat etib belgilandi.

-davlat organi tomonidan tashkil etiladigan bo‘lajak ochiq hay’at majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi axborotni oldindan olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;

-davlat organining, jumladan uning hududiy bo‘linmalari va tasarrufidagi tashkilotlarining binolari (xonalari) va boshqa ob’ektlarini davlat organi tomonidan belgilangan tartibda borib ko‘rish;

-davlat organi, uning hududiy bo‘linmalari va tasarrufidagi tashkilotlari rahbarlariga jamoatchilik kengashi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;

-davlat organi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan davlat organining axborotlari, statistika va boshqa materiallarini belgilangan tartibda olish;

-davlat organining qonun ijodkorligi faoliyatida, davlat organi tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik va ekspertlar muhokamasini ta’minlashda ishtirok etish;

-jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga davlat organi tomonidan berilgan javoblarning sifatini tanlab olgan holda tahlil qilish;

-davlat organi xodimlarining roziligi bilan ularning uy-joy, ijtimoiy-maishiy va xizmat shart-sharoitlari bilan tanishish;

-jamoatchilik kengashi majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;

-yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun konferensiyalar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

Viloyatimizda ham davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2018 yilning 12 iyul kuni № 536-sonli davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida viloyat hokimi qarori qabul qilindi.

Jamoatchilik Kengashining to‘kis ishlashi ko‘p jihatdan fuqarolarning huquqiy ongiga, jamoatchilik fikri kuchiga ham bog‘liq. SHu sababli jamoatchilik nazorati institutining amalda ishlashi uchun mamlakatimizda yashaydigan va shu go‘zal O‘zbekistonimizni o‘ziga vatan deb biladigan har bir fuqaroning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy faolligini oshirish talab etiladi. Buning uchun har bir mahallada, har bir jamoada, ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik nazorati xususida doimiy targ‘ibot ishlarini olib borish kerak.

 

S.Sattorov,J.Bobobekov

FJSHMQMI viloyat hududiy

bo‘linmasi xodimlari

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar