“Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbir

Yaratilgan: May 15, 2018 da 10:42

Bo'lim: Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2017 yil 28 oktyabrda tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining xarbiy qismlar bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va o’zaro hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi” hamda  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 8 noyabrdagi № 87-02-3467-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi bilan hamkorlikda  2018 yil 14 may kuni institut katta majlislar zalida “Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbiri o’tkazildi. Tadbirda mehmon sifatida O’zbekiston “Veteran” jangchi faxriy va urush nogironlar birlashmasi yetakchi mutaxassisi toshkent shahar raisi o’rinbosari Bekmurod Raxmatullayev, Polkovnik Rixsiboy Salixov, Jizzax viloyat Jangchi-faxriylar birlashmasi raisi Farxod Odilov, Jizzax shahar raisi Isroil Qo’chqorov va bo’lim a’zolari ishtirok etishdi. Tadbir Prezidentimiz tashabbuslari bilan Afg’on urushi qatnashchilari to’g’risida sur’atga olingan “Unutilmagan qahramonlar” deb nomlangan hujjatli filьm namoyishi bilan boshlandi.  So’ng filьm haqida institut professor-o’qituvchilari va talabalarining fikr-mulohazalari va taassurotlari tinglandi. Tadbir so’ngida “Vatanparvar fidoyilar” jamoasi badiy rahbari, zahiradagi mayor Alisher Hamroyev ijrosida vatanparvarlik ruhidagi qo’shiqlar tinglandi.

Маънавият ва маърифат
бўлими услубчиси М.Ҳамидов

Izoxlar soni: 0
Izox qoldirish

Sizning.

Ushbu ko'rsatilgan HTML teglaridan foydalanishingiz mumkin: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>

interaktiv xizmatlar