Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Jizzax politexnika instituti rahbariyatini Rossiya Federatsiyasining  oliy ta’lim muassalariga tashrifi to‘g‘risida MA’LUMOT

Yaratilgan: May 25, 2018 da 7:30

Bo'lim: Yangiliklar

Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va ularning tajribasini O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasalarida joriy etish maqsadida Jizzax politexnika instituti rektori A.K.Usmankulov boshchiligidagi delegatsiya I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori S.M.Turabjonov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasiga 14-19 may kunlari tashrif buyurishdi. Delegatsiyani Domodedovo aeroportida O‘zbekiston elchixonasi vakillari kutib olishdi. Delegatsiya Moskva avtomobil va yo‘llar davlat texnika universiteti (MADI), Moskva davlat qurilish universiteti (MGSU), Moskva aviatsiya instituti, Moskva energetika universiteti, N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, V.I. Ulyanov (Lenin) nomidagi Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti (LETI), Sankt-Peterburg politexnika universiteti va Ivanova Davlat ximiya-texnologiya universitetlarida bo‘lishdi. Jizzax politexnika institutidan quyidagi o‘qituvchilar delegatsiya tarkibida institut rektori dots. Usmankulov A.K., ilmiy bo‘lim boshlig‘i dots. Abdunazarov J., “Radioeletronika” kafedrasi mudiri dots. Sattorov S, “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi mudiri dots. Asatov.N va “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi dotsenti Tangyarikov N. lar bo‘lishdi.

Moskva davlat avtomobil va yo‘llar texnika universiteti (MADI) rektori bilan uchrashuv

Moskva davlat avtomobil va yo‘llar texnika universiteti (MADI)da memorandum imzolanmoqda

Moskva davlat avtomobil va yo‘llar texnika universiteti (MADI)da ta’lim olayotgan O‘zbekistonlik talabalar bilan davra suhbati

Moskva davlat qurilish universiteti vakillari bilan uchrashuv

Ivanova davlat kimyo-texnologiya universitetida  memorandum imzolanmoqda.

N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti rektori bilan uchrashuv

Moskva elektroenergetika universiteti (MEI) rektori bilan uchrashuv

Foto: A.A. Gvozdev nomidagi beton va temirbeton ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasida

Delegatsiya tashrifi davomida toshiriqqa asosan universitetlarning qabul tizimi, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish tizimi va boshqa 10 dan ortiq dolzarb ta’lim muammolarini batafsil o‘rganildi.

Safar davomida Rossiya Federatsiyasining tashrif buyurilgan universitetlari va Jizzax politexnika instituti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 5 ta “Memorandum” va 8 ta “Yo‘l xaritasi” imzolandi. SHuningdek 100 dan ortiq adabiyotlar, monografiyalar, o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar olib kelindi. Masofaviy axborot resurslaridan ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Imzolangan hujjatlar doirasida quyidagi natijalarga erishildi:

  1. Jizzax politexnika institutidagi mutaxassislik kafedradan kamida 1-2 nafar professor-o‘qituvchini Rossiya Federatsiyasining ushbu universitetlarida malakasini oshirishi va stajirovka o‘tashi rejalashtirildi.
  2. Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali pedagog hodimlaribilan shartnomalar imzolandi hamda ularni Jizzax politexnika institutida maxsus fanlardan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib borishlariga kelishildi.
  3. Jizzax politexnika institutibitiruvchi talabalarini magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga yuborilishi rejalashtirildi.
  4. Rossiya oliy ta’lim muassasalarining etakchi professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn ma’ruza va vebinarlar tashkil etish, adabiyotlar fondidan foydalanish maqsadida axborot-resurs markazlari bilan elektron almashinuvni joriy etish, aspirantura va doktoranturada o‘qishi, ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy loyihalarni tayyorlash hamda joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlarning natijalarini “impakt-faktor”ga ega bo‘lgan ilmiy jurnallarda hamkorlikda chop etishga kelishildi.
  5. Rossiya Federatsiyasining hamkorlik o‘rnatilgan oliy ta’lim muassasalari bilan Jizzax politexnika instituti o‘rtasida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama diplom berish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
  6. Jizzax politexnika institutidan talabalarning turli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotlarini Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim muassasalari bazalarida o‘tkazilishi kelishilmoqda.
  7. Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bakalavr va magisrtrant talabalarning O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bazalarida va kadrlar iste’molchilari hisoblangan korxona va tashkilotlarda ishga joylashtirishga ko‘maklashishga kelishildi.
Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar