Kimyoviy texnologiya

«Kimyoviy texnologiya» kafedrasi mudiriKimyo fanlari nomzodi, dotsent Ro’zmatov Ikrom Ro’zmatovich

Tel.:+99894-197-67-65

E-mail:  www.sobirvak@mail.ru

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

«Kimyoviy texnologiya» kafedrasi

KAFEDRA HAQIDA MA’LUMOT:

Har bir jamiyatning kelajagi uning  ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.  O‘zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan borayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir. “Kimyoviy texnologiya” kafedrasida mutaxassislik fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi 1983 yilda Toshkent Politexnika institutining Jizzax filiali tarkibida, kimyo fanlari doktori, professor Qurbonov Farhod Qurbonovichning  rahbarligida “Umumiy kimyo” kafedrasi nomi bilan tashkil etildi.

1995-2005 yillar kafedraga kimyo fanlari nomzodi  B.Urdusheva, 2006- 2010 yillarda kimyo fanlari nomzodi N.Tangyarikov, 2011 yilda dotsent I.Ro‘zmatov, 2012-2016 yillarda M.N.Pozilov rahbarlik qildilar. 2017 yildan fevraldan boshlab k.f.n., dotsent I.Ro‘zmatov rahbarlik qilmoqda.

“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi  joylashgan manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati,  Jizzax shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 4-uy.

Bugungi kunda quyidagi tashkilotlar va kasb hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan: Toshkent kimyo texnologiya instituti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Polimerlar fizikasi va kimyosi ilmiy tekshirish instituti, Umumiy va noorganik kimyo ilmiy tekshirish instituti, Mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti, G‘allaorol sanoat KHK, Do‘stlik qishloq xo‘jalik KHK, “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ, “Jizzaxplastmassa” AJ, “Jizzax sement zavodi” AJ, “Jizzaxpolimerplast” MCHJ, “Zolotaya antilopa” XICHK, “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ, “Sogdiana pipe plast” MCHJ, “Bo‘ston olami” MCHJ.

Kafedra o‘quv yuklamasi hajmi 15071soatni tashkil etadi, bundan ma’ruza 1606 soat, amaliy mashg‘ulot 2136 soat, laboratori mashg‘ulot 1782 soat, kurs ishi va loyihasi 985 soat, amaliyot 2520 soat, bitiruv malakaviy ish 2940 soat, magistrlik dissertatsiyasi 150 soat, fanlar bo‘yicha maslahat 82 soat, magistrlar uchun ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik ish 1500 soat, reyting nazorati 1370 soat bo‘lib, shundan soatbay hisobida 627 soatni tashkil etadi. O‘quv yili uchun kafedra o‘qituvchilarining shtat birligi 15,75 belgilandi. Qo‘shimcha o‘quv texnik xodimlar soni 3 kishi tasdiqlangan. Ularning 2 nafari fan doktorlari va professorlar, 5 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 5 nafari katta o‘qituvchi, 7 nafari assistentlardan iborat bo‘lib, ilmiy salohiyat 36,84 % ni tashkil qiladi.

Hozirgi kunda kafedrada 1 ta ta’lim yo‘nalishi 5320400 – Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) faoliyat ko‘rsatmoqda, bakalavr talim yo‘nalishlarida 371 nafar talabalar tahsil olmoqda. 1 ta 5A320408-Materiallar kimyoviy qarshiligi va zanglashdan himoyalash mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Magistraturada jami bo‘lib 5 nafar magistrant tahsil olmoqda.

Ma’lumki, Jizzax viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining buyurtmalariga asosan har yili qabul kvotalari shakllantiriladi. Unga asosan qabul rejalari belgilanadi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, institutda 5320400-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi va 5A320408-Materiallar kimyoviy qarshiligi va zanglashdan himoyalash magistratura mutaxassisligi bo‘yicha  belgilangan qabul rejalariga asosan kadrlar tayyorlanmoqda.

 

Ta’lim yo‘nalishini nomi 2014 2015 2016 2017 Jami
1 Kimyoviy texnologiya 100 85 80 60 325
2 Kimyoviy texnologiya (rus) 15 15 30
3 Materiallar kimyoviy qarshiligi va zanglashdan himoyalash 3 2 5

 

5320400-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 5A320408-Materiallar kimyoviy qarshiligi va zanglashdan himoyalash magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining ishga joylashtirilganligi haqida ma’lumot

 

Yillar Kontingent Bakalavrlarni taqsimlash
Byudjet To‘lov-kontrakt
1 2014 35 15 20
2 2015 44 20 24
3 2016 46 20 26
4 2017 72 31 41
Yillar Kontingent Magistrlarni taqsimlash
Byudjet To‘lov-kontrakt
1 2015 5 2 3
2 2016 1 1
3 2017 5 2 3

 

BAKALAVRIAT yo‘nalishi: 5320400 – kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi

Ushbu ta’lim yo‘nalishi fan va texnika jabhasidagi ta’lim yo‘nalish bo‘lib, fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy va mexanik jarayonlar yordamida yangi materiallarni yaratish vositalari, usullari va metodlari majmuasini o‘z ichiga oladi.

5320400 – kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob’ektlari – xom-ashyo va tayyor mahsulotlarning tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari, samarali ishlab chiqarish jarayonlari va sanoati texnologiyalari asoslari, yuqori unumli texnologik jihozlar, ulardan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish.

5320400 – kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari:

  • ishlab chiqarish – texnologik faoliyat;
  • loyihalash-konstruktorlik faoliyati;
  • eksperimental izlanish faoliyati;
  • o‘mkxt tizimida pedagogik;
  • ijtimoiy va jamoa sohasidagi faoliyati kabilarni o‘z ichiga oladi.

Bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin turdosh ta’lim yo‘nalishlarining magistraturada mutaxassisliklari bo‘yicha ta’limning vakolatli davlat organi tomonidan aniqlanadigan ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda magistraturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Pedagogik faoliyatni olib borganda o‘z malakasini har uch yilda oshirib turishi kerak.

5320400-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abiturientlar qabul qilinib, “Elektrokimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi” va “Qurilish materiallar kimyoviy texnologiyasi” bo‘yicha etuk kadrlar tayyorlanmoqda.

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI: 5A320408-Materiallar kimyoviy qarshiligi va zanglashdan himoyalash

Magistrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimining tashkilotlari;
  • Ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy-tadqiqot va muassasa tashkilotlari;
  • Ilmiy-tadqiqot markazlari;
  • Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari;
  • Davlat boshqaruvi organlari;
  • Kimyoviy, elektrokimyoviy, tog‘ metallurgiya, neft-gaz, elektrotexnika, oziq-ovqat sanoatlarida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, sellyuloza-qog‘oz sanoati va boshqa yo‘nalishlarda(ma’muriy boshqaruv xodimlarning xamma darajalarida) va biznes tashkilotlar majmuini qamraydi.

Magistr kasbiy faoliyatining turlari:

  • OO‘MKHT tizimida pedagogik;
  • Ilmiy va ilmiy-tadqiqot;
  • Loyihaviy-texnologik;
  • Tashkiliy-boshqaruv;
  • Me’yoriy-metodik;
  • Konsalting faoliyati kabilarni o‘z ichiga oladi.

Magistr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan xamkorlikda oliy ta’lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.

Magistr uch yildan kam bo‘lmagan muddatda oliy ta’lim muassasalarida hamda Fanlar akademiyasining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va tadqiqotchi-izlanuvchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirishi mumkin.

Magistr ixtisosligiga qo‘yiladigan muayyan talablar kadrlar buyurtmachilarining talablari va ushbu mutaxassislik bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilandi.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

Kafedrada bakalavr yo‘nalishi talabalar uchun “Ixtisoslikka kirish”, “Materialshunoslik”, “Polimerlar tadqiqoti”, “Asosiy kimyoviy texnologik jarayonlar va qurilmalar”, “Elektrokimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi”, “Materiallar korroziyasi”, “Umumiy kimyoviy texnologiya”, “Nazariy elektrokimyo”, “Kimyoviy elektr tok manbalari”, “Elektrokimyoviy ishlab chiqarish korxona jihozlari va loyihalash asoslari”, “Kristallografiya, kristallokimyo va minerologiya”, “Kremniy kimyosi va silikatlar fizik-kimyosi”, “Keramika va olovbardosh materialar texnologiyasi”, “Kompozitsion materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi”, “Qurilish materiallar ishlab chiqarishda uskuna va jihozlar”, “Qurilish materiallar ishlab chiqarishda issiqlik jarayonlari va qurilmalari”, “Qurilish materiallar va buyumlar texnologiyasi”, “Texnologiyaga kirish”, “Galvanik elementlar”, “Elektrokimyoviy texnologiya asoslari”, “Amaliy elektrokimyo”, “Kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari” va “Bog‘lovchi materiallar fizik-kimyosi” kabi fanlar o‘quv yili davomida o‘tiladi.

Kafedrada magistratura mutaxassisligi talabalari uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Elektrokimyoviy texnologiyalar”, “Elektrokimyoviy ishlab chiqarish jihozlari”, “Nazariy elektrokimyo”, “YUzalarga fizik-kimyoviy ishlov berish usullari”, “Elektrokimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalari”, “Metallar korroziyasi va undan ximoyalash” va “Metall koplama va kompozitsion koplamalar” kabi fanlar o‘quv yili davomida o‘tiladi

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI:

Kafedrada 19 nafar professor – o‘qituvchilar faoliyat yuritib, ularning tarkibi quyidagicha shakllantirilgan:  Ro‘zmatov I.- kafedra mudiri, k.f.n., dotsent, Eminov A.M. – t.f.d., professor, Aripova M.N. – t.f.d., professor, Abdusalomov Z. – t.f.n., dotsent, Ro‘ziboev B. – t.f.n., dotsent, Babaxanova Z.I. –t.f.n., dotsent, Tangyarikov N.S. – k.f.n., dotsent, Avalboev G‘.A. – katta o‘qituvchi, Alieva R.A. – katta o‘qituvchi, Rashidova N.T. – katta o‘qituvchi, Vaqqosov S.S. – katta o‘qituvchi, Qobilova G.I. – katta o‘qituvchi, Adilov N.X. –  assistent, Abraev M.S. – assistent, Boymurodova M.T. – assistent,  Xasilov I.N. – assistent, Xadjibaev D.A. – assistent,  Mansurov O.P. – assistent va Mamatqulov A.Q. – assistent.

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR:

Kafedrada quyidagi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

  1. Atsetilenni bug‘ fazada gidratlash uchun yangi katalizatorlar yaratish texnologiyasi (Tangyarikov N.S.).
  2. Mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida tarkibida korroziya ingibitorlari saqlovchi sovutgich suyuqliklar yaratish (Ro‘zmatov I.R.).
  3. Markaziy Qizilqumning past navli fosforitlarini fosforli o‘g‘itlarga qayta ishlashning noan’anaviy samarador texnologiyasini yaratish (Vaqqosov S.S.).
  4. Ksilotrof zamburug‘lar ligninolitik fermentlari va ularning lignotsellyuloza chiqindilari biokonversiyasidagi ishtiroklari (Rashidova N.T.)

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN  ILMIY-USLUBIY ISHLAR:

Adabiyot nomi va turi Muallif, hammualliflar familiyasi va ismi Rejalashtirilgan muddat
1 Bog‘lovchi moddalar kimyoviy texnologiyasi (o‘quv qo‘llanma) Avalboev A.

Alieva R.

2018 yil

yanvar

2 Kimyo fanidan olimpiada masalalari va echimlari (o‘quv qo‘llanma) Vaqqosov  S.

Avalboev A.

2018 yil

fevral

3 Metallar korroziyasi kursi (o‘quv qo‘llanma) Ro‘zmatov I.

Qobilova G.

2018 yil

fevral

4 Qurilish materiallar ishlab chiqarishda issiqlik jarayonlari va qurilmalari (o‘quv qo‘llanma) Avalboev A. 2018 yil

mart

5 Metall va kompozitsion qoplamalar (darslik) Avalboev A.

Vaqqosov S.

Tangyarikov N.

2018 yil

mart

6 Metall va kompozitsion qoplamalar/laboratoriya mashg‘ulotlari/(o‘quv qo‘llanma) Avalboev A.

Vaqqosov S.

Tangyarikov N.

2018 yil

mart

7 Amaliy elektrokimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari (o‘quv qo‘llanma) Tangyarikov N.

Avalboev A.

Rashidova N.

2018 yil

aprel

8 Elektrokimyoviy ishlab chiqarish jihozlari

 (darslik)

Tangyarikov N.

Vaqqosov S.

Avalboev A.

2018 yil

aprel

9 Elektrokimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi (darslik) Tangyarikov N.

Vaqqosov S.

2018 yil

may

10 Organik kimyo (o‘quv qo‘llanma) Vaqqosov S.

Tangyarikov N.

2018 yil

avgust

 

KAFEDRA  PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING 2015-2017 yillarda CHOP ETGAN MAQOLALARi RO‘YXATI:

Ilmiy ishning nomi
Bosma yoki qo‘lyozma Jurnal, to‘plam (yil, nomer, betlari), nashriyot yoki mualliflik

guvohnomasi nomeri

Bosma taboq yoki betlar soni, mualliflik ishtiroki Hammual

liflarning familiyalari, ismlari, otalarining ismlari

1 Ximicheskaya i fermentativnaya transformatsiya otxodov selskogo xozyaystva fermentami gribov Bosma Mejdunarodnыy Simpozium “Mikroorganizmы i biosfera” 25-27 noyabr, Tashkent, Uzbekistan 2015, 89-90 s 2 Rashidova N.T.
2 Topinambur- Helianthus tuberosus L.-Perespektivnoe sqryo v proizvodstve kormov dlya selskogo xozyaystva Bosma Mejdunarodnыy Simpozium “Mikroorganizmы i biosfera” 25-27 noyabr, Tashkent, Uzbekistan 2015, 104-105 s 2 Rashidova N.T.,  SHonaxunov T.E.

Depsinov R.I.

3 Fermentativnыy gidroliz sullyulozы nekotorыx rastitelnыx otxodov Bosma Mejdunarodnыy Simpozium “Mikroorganizmы i biosfera” 25-27 noyabr, Tashkent, Uzbekistan 2015, 153-154 s 2 Rashidova N.T.
4 Kompyuternoe modelirovanie passivatsii chastnыx defektov nanoklastera kremniya Bosma Nauchnыy jurnal «Molodoy uchyonыy» № 13 (93) iyul, Moskva, 2015, str. 119-121 3 Vaqqosov S.S., Isakulova M.SH, Karimova F.S., Mardonov Z.A.
5 Vliyanie sostava nerastvorimыx ostatkov na protsess obesshlamlivaniya  silvinitov Tyubegetana Bosma Materialы VIII Mejdunarodnoy nauchno-texnicheskoy konferensii «Gorno-metallurgicheskiy kompleks dostijeniya, problemы i sovremennыe tendensii razvitiya», g. Navoi, 19-21 noyabrya 2015 goda, str. 1 Vaqqosov S.S., M.A.Samadiy., G.E.Melikulov., X.CH.Mirzakulov.
6 Elektroximicheskaya pererabotka splavov blagorodnыx metallov Bosma Mejdunarodnaya konferensiya “Ekologiya-2015”, Rossiya, g.Salavat, 2015 g. 25 mart 1 Qobilova G.I., Ziyadullaev A.SH.
7 Elektoximicheskaya prerabotka splavov svetnыx i blagorodnыx metallov Bosma «Oliy xarbiy bilim yurtlari va o‘quv  muassasalarida ta’lim berish jarayonida zamonaviy pedagogik-axborot texnologiyalarini qo‘llash masalalari va istiqbollari” mavzuida ilmiy-uslubiy anjuman maqolalar to‘plami, Jizzax, JOHABYU, 2015, 24 mart 4 Qobilova G.I., Ziyadullaev A.SH.

BoymurodovaM.T.

XolmuminovaD.A.

Ziyadullaev SH.A.

8 Anodnaya pererabotka splavov svetnыx i blagorodnыx metallov v solyanokislыx rastvorax Bosma Vestnik akademii voorujennix sil RUz, 2015,tom 1, str.156-160 4 Qobilova G.I., Ziyadullaev A.SH.

Ruzmatov I.

 

9 Sovutkich suyuqliklardagi uglerodli po‘latning korroziyasi Bosma “Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta’minlovchi fan, ta’lim, hamda modernizatsiyalangan energiya va resurs tejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, echimlar, istiqbollar” Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari , Jizzax 2015, 228 bet 2 Qobilova G.I., I.Ro‘zmatov,

 

 

10 Maxalliy xom-ashyolar asosida sovitkich suyuqliklar yaratish-ning dolzarbligi

 

Bosma “Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta’minlovchi fan, ta’lim hamda modernizatsiyalangan energiya va resurs tejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, echimlar, istiqbollar” Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari , Jizzax 2015 ,308 bet 3 Qobilova G.I.,   I.Ro‘zmatov,

 

11 Osobennosti elektroximi-cheskogo razdeleniya troynыx splavov svetnыx i blagorodnыx metallov Bosma “Umidli kimyogarlar-2015 ”XXIV yosh olimlarini ilmiy-texnikaviy konferensiyasining maqolalar to‘plami. TKTI,2015y.21-24aprel.Toshkent,2015 2 Qobilova G.I., Ziyadullaev A.SH.

 

12 Vliyanie konsentratsii serebra na kinetiku passivatsii anodov iz Au-Ag splavov v solyanokislыx rastvorax Bosma «O‘R QK AKADEMIYASI XABARLARI».

2015. № 4 (19), 124-128

5 Qobilova G.I., Ziyadullaev A.SH.

Ruzmatov I.

13 Vliyanie konsentratsii serebra na kinetiku passivatsii anodov iz Au-Ag splavov v solyanokislыx rastvorax Bosma «FAN va TEXNOLOGIYALAR TARAQQIYOTI» ilmiy-texnikaviy jurnal

2015. № 4, 7-11

5 Qobilova G.I., Ziyadullaev A.SH.

Ruzmatov I.

14 Anodnaya pererabotka splavov svetnыx i blagorodnыx metallov v solyanokislыx rastvorax Bosma Kimyo va kimyo texnologiya.

Tashkent, 2015. № 2 52-54

3 Qobilova G.I., Ziyadullaev A.SH.

Ruzmatov I.

15 Vliyanie strukturnыx izmeneniy pri vыsokotemperaturnom otjige na mexanicheskie svoystva molibdenovыx provolok Bosma Nauchnыy jurnal «Molodoy uchyonыy» № 7.2 (111.2) Moskva, 2016, str. 11-15 5 Vaqqosov S.S., A.N.Bozorov,

R.M.Mixridinov

16 Fiziko-ximicheskie osnovы formirovaniya strukturы gipsovыx vyajuщix materialov Bosma Nauchnыy jurnal «Molodoy uchyonыy» № 7.2 (111.2) Moskva, 2016, str. 15-18 4 Vaqqosov S.S., Z.A.Ravshanov,

N.X.Talipov

17 Razrabotka i issledovanie svoystv novыx kataliticheskix sistem dlya parofaznoy gidratatsii atsetilena Bosma “The Ninth International Conference on Eurasian scientific development”. Proceedings of the Conference (May 20, 2016). “East West” Association for Advanced Studies and Higher Education GmbH. Vienna. 2016. 143-147 pages. 5 Vaqqosov S.S., N.S.Tangyarikov, S.M.Turabdjanov, R.A.Alieva, N.T.Rashidova.
18 Kataliticheskaya parofaznaya gidratatsiya atsetilena Bosma “The Ninth International Conference on Eurasian scientific development”. Proceedings of the Conference (May 20, 2016). “East West” Association for Advanced Studies and Higher Education GmbH. Vienna. 2016. 148-152 pages. 5 Vaqqosov S.S., N.S.Tangyarikov, S.M.Turabdjanov, R.A.Alieva, N.T.Rashidova.
19 Vliyanie konsentratsii serebra na kinetiku passivatsii anodov, vыpolnenыx iz Au-Ag splavov, v xloridnыx rastvorax Bosma “Uzbekskiy ximicheskiy jurnal”, 2016, № 2 12-15 str 4 Qobilova G.I., Ziyadullaev A.SH.

Ruzmatov I.

Pozilov M.N.

Ziyadullaeva M.A.

20 Pererabotka stomatologicheskix i yuvelirnыx splavov elektroximicheskim sposobom Bosma «O‘R QK AKADEMIYASI XABARLARI».

2016, № 2 (21).2-kism. May

3 Qobilova G.I., YAxyaev SH.A. Ziyadullaev A.SH.

Saidmirzaeva D.B., Mamatkulov A.K.

Mamatkarimov Z.

21 Fermentativnaya konversiya otxodov selskogo xozyaystva v biologicheski sennыe produktы bosma Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii «Sovremennыe problemы biotexnologii: ot laboratornыx issledovaniy k proizvodstvu» v ramkax III mejdunarodnыx Farabievskix chteniy, 7-8 aprel Almatы Kazakstan 2016, 137-138 b. 2 Rashidova N.T.
22 Biotransformatsiya otxodov topinambura v belkovo-fermentnыy korm (BFVK) Bosma “Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta’minlovchi fan, ta’lim hamda modernizatsiyalashgan energiya va resurstejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, echimlar, istiqbollar” Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari, Jizzax-2016,

395-399 b.

5 Rashidova N.T.,      Alieva R.A.

Axmedova Z.R.

23 Texnologicheskiy rejim rabotы elektroximicheskogo nikelirovaniya Bosma “Fan-texnika, ta’lim va texnologiyalar: dolzarb muammolar va rivojlanish tendensiyalari” ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 14-15 aprel 2017 y, b. 175-177, 2-qism 3 Rashidova N.T., Mamatkulov A.K.

Avalboev G‘.A.

Tangyarikov N.S.

24 Deystvie fermentativno aktivnыx jidkostey nekotorыx gribov i ix kompozitsiy na urojaynost xlopchatnika i kachestva volokna Bosma “Fan-texnika, ta’lim va texnologiyalar: dolzarb muammolar va rivojlanish tendensiyalari”, ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 14-15 aprel 2017 y, b. 352-355, 1-qism

 

4 Rashidova N.T., Axmedova Z.R.

Karimova F.S.

25 Issledovanie ingibirovaniya korrozii trubnoy stali v vodougolnыx suspenziyax i neytralnыx sredax Bosma “Xotin-qizlarning fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohasidagi yutuqlari”, ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 9-10 may 2017 y,

b. 10-14, 3-qism

5 Rashidova N.T.,             Ivanov E.S.

Ruzmatov I.

Karimova F.S.

 

26 Fermentativnoe biokonversiya sellyuloznыx substratov razlichnogo proisxojdeniya Bosma “Xotin-qizlarning fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohasidagi yutuqlari”, ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 9-10 may 2017 y,

b. 61-63, 5-qism

3 Rashidova N.T., Axmedova Z.R.

SHonaxunov T.E.

Xamraeva Z.T.

 

27 Mexanizm obrazovaniya galvanicheskix pokrыtiy Bosma Fan-texnika, ta’lim va texnologiyalar: dolzarb muammolar va rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani to‘plami (2-qism), Jizzax. 2017.  173-175 b. 3 Vaqqosov S.S., A.K.Mamatqulov,

D.A.Xolmo‘minov,

N.S.Tangyarikov

28 Tarkibida kaolin bo‘lgan mahalliy xomashyolarni glinozemga qayta ishlash Bosma Fan-texnika, ta’lim va texnologiyalar: dolzarb muammolar va rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani to‘plami (2-qism), Jizzax. 2017.  357-359 b. 3 Vaqqosov S.S., I.N.Xasilov,

N.S.Tangyarikov

29 Tarkibida kaolin tutgan mahalliy xomashyolarga nitrat kislota bilan ishlov berish Bosma Fan-texnika, ta’lim va texnologiyalar: dolzarb muammolar va rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani to‘plami (2-qism), Jizzax. 2017.  359-361 b. 3 Vaqqosov S.S., I.N.Xasilov,

N.S.Tangyarikov

30 Alyuminiy va uning qotishmalarini oksidlash jarayonining optimal rejimi, afzalliklari hamda kamchiliklarini bartaraf etish usullari Bosma «Aktualnыe vыzovы sovremennoy nauki» sbornik nauchnыx trudov, XIV mejdunarodnaya nauchnaya konferensiya, Vыpusk 6(14) chast 3, Pereyaslav-Xmelnitskiy, 26-27 iyunya 2017 g. 97-101 str. 5 Vaqqosov S.S.
31 Nikel-bor-uglerod asosidagi elektrokimyoviy kompozitsion qoplamalar hosil qilishning tahliliy natijalari Bosma «Aktualnыe vыzovы sovremennoy nauki» sbornik nauchnыx trudov, XIV mejdunarodnaya nauchnaya konferensiya, Vыpusk 6(14) chast 3, Pereyaslav-Xmelnitskiy, 26-27 iyunya 2017 g. 97-101 str. 5 Vaqqosov S.S.
32 Metall-metalmas asosidagi elektrokimyoviy kompozitsion qoplamalar olish Bosma “Xotin-qizlarning fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohasidagi yutuqlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (1-kitob), 9-10 iyun 2017 yil, Jizzax, 167-170 b. 4 Vaqqosov S.S.
33 Oksidli qoplamalar olishning optimal usullari Bosma “Xotin-qizlarning fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohasidagi yutuqlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (1-kitob), 9-10 iyun 2017 yil, Jizzax, 167-170 b. 4 Vaqqosov S.S.
34 Kimyoviy tok manbalari ishlab chiqarishning ekologik muammolari Bosma “Innavatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliyotga tadbiq etish muammolari” mavzuidagi Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi ilmiy ishlar to‘plami 16-17 may, 2015 yil,145-147 b. 3 Avalboyev G’.A

Norqulova Z.T.

 

35 Analiz nadejnosti ximiko-texnologicheskix sistem s primeneniem topologicheskix modeley. Bosma ISSN 2072-0297 Molodoy uchyonыy naunыy jurnal  №10 (90)/  2015 g CHast II, 111-114 st. 4 Avalboyev G’.A

Matchanova M.B.,

Norqulova Z.T.,

Bobomurodova S.Yu.

37 Atmosferaning zamonaviy holati va uni muhofaza qilish

 

Bosma Ekologiya xabarnomasi. O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining axborot-tahliliy va ilmiy-amaliy jurnali. № 11 2016, 20-24 b. 5 Avalboyev G’.A

Matchanova M.B.,

Norqulova Z.T.

 

 

38 Sulfomineralnыe klinkerы na osnove razlichnыx otxodov promыshlennosti Bosma Uchenыy XXI veka. 2016. №2-4(15).

Ximicheskie nauki, 3-7 st.

5 Avalboyev G’.A

Norqulova Z.T.,

Xadjibaev D. A.

 

39 Qurilish materiallari sanoatining ekologik muammolari Bosma Ekologiya xabarnomasi. O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining axborot-tahliliy va ilmiy-amaliy jurnali. №9 (173) 2015. 4 Avalboyev G’.A

Norqulova Z.T.

 

40 Osobennosti korrozii armaturы v betonax

na osnove sulfatirovannix sementov

Bosma Uchenыy XXI veka. 2016. №2-4(15).

Ximicheskie nauki, 3-7 st.

5 Avalboyev G’.A

Norqulova Z.T.,

Xolmo‘minova D.A.

 

 

41 Korroziya uglerodistoy stadi v 30-protsentno rasvore ammiachnoy selitrы Bosma ISSN 2072-0297 Molodoy uchyonыy naunыy jurnal  №5(85)/  mart 2015 g, 47-49 st. 3 Avalboyev G’.A

Ro’zmatov I.,

Pozilov M.N., Mansurov O.

42 Eneretika sanoatining biosferani

ifloslantirish muammolari

 

Bosma Ekologiya xabarnomasi. O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining axborot-tahliliy va ilmiy-amaliy jurnali. 4 Avalboyev G’.A

Norqulova Z.T.,

Hazratqulov Sh

 

43 Agrosanoat kompleksining atrof-muhitga ta’siri

 

Bosma Uchenыy XXI veka. 2016. №2-4(15).

Ximicheskie nauki, 3-7 st.

5 Avalboyev G’.A

Norqulova Z.T.,

Saydullaeva Yu.T.

 

44 Ekologicheskie problemы promыshlennosti stroitelnыx materialov Bosma ISSN 2072-0297 Molodoy uchyonыy naunыy jurnal  №11 /  2016 g CHast V 564-566 st. 3 Avalboyev G’.A

Ergashyev B.,

Bobomurodova.S,

Sa’dullayeva S.

45 Elektrokimyo sanoatida texnologik eritmalarning atrof-muhitga ta’siri. Bosma Aktualnыe problemы innavsionnыx texnologie v razvitie ximicheskoy, neftiximicheskoy, gazovoy i piщevoy promыshlennostyax. Tezisы i dokladы mejdunarodnы nauchno texnicheskoy konferensie. Toshkent 2016, 2-tom 142-144 betlar. 3 Avalboyev G’.A

Sa’dullayeva S.

46 CHiqindisiz texnologiyalar yaratish va ekologik muammolar Bosma “Fan-texnika, ta’lim va texnologiyalar: dolzarb muammolar va rivojlanish tendensiyalari mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman. Jizzax 2017 yil,346-349 b 3 Avalboev G‘.A.,       Ergashev B.O.

 

Kafedra o'qituvchilari


interaktiv xizmatlar