Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish-buyuk maqsadlarga erishishimizning muhim kafolatidir

Yaratilgan: May 24, 2018 da 6:39

Bo'lim: Yangiliklar

“Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili may oyida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ 3271-sonli Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi №87-02-3149 sonli xatini ,  Jizzax politexnika instituti rektorining 2017 yil 14 oktyabrdagi  №562-AF sonli Buyrug‘ini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi “Respublika Kitob bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori hamda Jizzax viloyati hokimi 2018 yil 19 may kuni tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi muvofiq joriy yilning  24 may kuni Hamid Olimjon va Zulfiya hiyobonida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish-buyuk maqsadlarga erishishimizning muhim kafolatidir” shiori ostida “Kitob bayrami” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram tadbirida Jizzax politexnika instituti ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.N.Alimov, institut professor-o‘qituvchilari, “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani, dekan muovinlari, guruh murabbiylari, talaba va yoshlar ishtirok etishdi.

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar