Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor

Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor

 

Texnika fanlari nomzodi, dotsent Matniyazov Bakdurdi Ibragimovich

 

Qabul vaqti: Seshanba 15:00 – 17:00

 

Telefon: 0372-226-40-00

 

 

Matniyazov Bakdurdi Ibragimovich – Jizzax Politexnika instituti Moliya va iqtisod ishlari prorektori.

1960 yil 12 aprelda Xorazm viloyatining Xiva tumanida tug’ilgan.

1986 yilda Toshkent Politexnika institutini “quruvchi – muxandis” mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. 1986 yilning oktyabridan 1992 yilning martigacha ToshPI Jizzax filiali “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi, assistenti, katta o’qituvchi, Sirtqi fakultet dekani muovini, 1992 yilning martidan  2000 yilning avgustigacha Jizzax Politexnika instituti Sirtqi fakultet dekani muovini, B va IQ kafedrasi dotsenti  lavozimida ish yuritgan. 1997 yil Texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2001 yil dotsent unvonini olgan.

2000 yilning avgustidan 2001 yilning noyabrigacha O’quv ishlari bo’yicha prorektor, 2001 yil noyabridan 2002 yilning apreligacha Akademik litsey , kasb-xunar kollejlari va marketing xizmatlari bo’yicha prorektor xamda 2002 yilning aprelidan boshlab 2003 yilning iyun oyigacha Jizzax politexnika instituti rektori vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko’rsatgan. Moliya va iqtisod ishlari prorektori lavozimida 2004 yildan beri faoliyat ko’rsatmoqda.

Biografiya:

1977-1978 yy. – Xiva tikuvchilik fabrikasi ishchisi
1978-1980 yy. – Harbiy xizmatda
1980-1981 yy. – Toshkent politexnika instituti tayyorlov bo’limi tinglovchisi
1981-1986 yy. – Toshkent politexnika instituti talabasi
1986-1992 yy. – Toshkent politexnika instituti Jizzax filiali “Sanoat va fuqaro qurilishi” kafedrasi assistenti
1992-2000 yy. – Jizzax politexnika instituti sirtqi fakultet dekani muovini (o’rindoshlik asosida “Sanoat va fuqaro qurilishi” kafedrasi katta o’qituvchisi)
2000-2001 yy. – Jizzax politexnika instituti o’quv ishlari prorektori (o’rindoshlik asosida “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi dotsenti)
2001-2002 yy. – Jizzax politexnika instituti akademik litseylar va kasb hunar kollejlari bilan ishlash prorektori (o’rindoshlik asosida “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi dotsenti)
2002-2003 yy. – Jizzax politexnika instituti rektor vazifasini bajaruvchisi
2003-2004 yy. – Jizzax politexnika instituti akademik litseylar va kasb hunar kollejlari bilan ishlash prorektori
2004 y. – h.v. – Jizzax politexnika institutining moliyaviy-iqtisodiy ishlari bo’yicha prorektori

interaktiv xizmatlar