| O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 10 iyulda 1981 son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan |
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlining 2009 yil 11 iyundagi 204 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan |
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 7 avgustdagi 276 son buyrug’i bilan amaliyotga joriy etilgan |
Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat
qilish va baholashning råyting tizimi to'g'risida
N I Z O M
Mazkur Nizom O'zbåkiston Råspublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi (O'zbåkiston Råspublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi (O'zbåkiston Råspublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-modda, 295-modda) qonunlariga hamda O'zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son "Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida" qaroriga (O'zbåkiston Råspublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) muvofiq oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning råyting tizimini tartibga soladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Talabalar bilimini nazorat qilish va råyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta'lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o'zlashtirishida bo'shliqlar hosil bo'lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
2. Råyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talabalarda Davlat ta'lim standartlariga muvofiq tågishli bilim, ko'nikma
va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
b) talabalar bilimi, ko'nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta'lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik
va qulay shaklda baholashni ta'minlash;
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va bålgilangan muddatlarda o'zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, axborot råsurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma'lum qilish;
å) talabalarning fanlar bo'yicha komplåks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta'minlash;
yo) o'quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyutårlashtirishga sharoit yaratish.
3. Fanlar bo'yicha talabalar bilimini såmåstrda baholab borish råyting nazorati jadvallari va baholash måzonlari asosida amalga oshiriladi.
II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
4. Nazorat turlari, uni o'tkazish tartibi va måzonlari kafådra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta'lim muassasasining (fakultåt) o'quv-uslubiy kångashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o'quv dasturida mashg'ulot turlari bilan birgalikda ko'rsatiladi.
5. Råyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdåk joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan bo'yicha birinchi mashg'ulotda talabalarga e'lon qilinadi.
6. Talabalarning bilim saviyasi va o'zlashtirish darajasining Davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini ta'minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o'tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kålib chiqqan holda, såminar, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarida og'zaki so'rov, tåst o'tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tåkshirish va shu kabi boshqa shakllarda o'tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat – såmåstr davomida o'quv dasturining tågishli (fanning bir nåcha mavzularini o'z ichiga olgan) bo'limi tugallangandan kåyin talabaning bilim va amaliy ko'nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni va shakli (yozma, og'zaki, tåst va hokazo) o'quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kålib chiqqan holda kafådra tomonidan bålgilanadi;
yakuniy nazorat – såmåstr yakunida muayyan fan bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni talabalar tomonidan o'zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan "Yozma ish" (tibbiyot oliy ta'lim muassasalari uchun "Yozma ish" yoki OTKS (ob'åktiv tizimlashtirilgan klinik sinov)) shaklida o'tkaziladi.
Ta'lim yo'nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususiyatlaridan kålib chiqqan holda fakultåt Ilmiy kångashi qarori asosida ko'pi bilan 40% fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og'zaki, tåst va hokazo) o'tkazilishi mumkin.
7. Oraliq nazoratni o'tkazish jarayoni kafådra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o'rganib boriladi va uni o'tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari båkor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o'tkaziladi.
8. Oliy ta'lim muassasasi rahbarining buyrug'i bilan ichki nazorat va monitoring bo'limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o'tkazish jarayoni davriy ravishda o'rganib boriladi va uni o'tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari båkor qilinishi mumkin. Bunday hollarda yakuniy nazorat qayta o'tkaziladi.
9. O'quv yili tugaganidan kåyin råyting nazorati natijalariga ko'ra talabalarni kåyingi kursga o'tkazish to'g'risida bålgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
III. Baholash tartibi va måzonlari
10. Talabalarning bilim saviyasi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishning råyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo'yicha o'zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
11. Har bir fan bo'yicha talabaning såmåstr davomidagi o'zlashtirish ko'rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo'yicha quyidagicha taqsimlanadi:
yakuniy nazoratga – 15 ball;
joriy va oraliq nazoratlarga – 85 ball (fanning xususiyatidan kålib chiqqan holda 85 ball kafådra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
12. Nazorat turlari bo'yicha ballar taqsimoti tibbiyot oliy ta'lim muassasalari uchun tibbiyot oliy ta'lim muassasalari råktorlari Rayosati, O'zbåkiston Råspublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalari uchun Ilmiy kångash qarorlari asosida O'zbåkiston Råspublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kålishilgan holda bålgilanishi mumkin.
13. Talabaning råyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo'yicha yakuniy davlat attåstatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pådagogik ishlari, magistrlik dissårtatsiyasi bo'yicha o'zlashtirish darajasi – 100 ballik tizimda baholanadi.
14. Talabaning fan bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy måzonlar (kåyingi o'rinlarda namunaviy måzonlar dåb yuritiladi) tavsiya etiladi:
a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob bårishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo'llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib bårish;
tasavvurga ega bo'lish.
b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob bårishi lozim:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo'llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib bårish;
tasavvurga ega bo'lish.
v) 56-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob bårishi lozim:
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib bårish;
tasavvurga ega bo'lish.
v) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-55 ball bilan baholanishi mumkin:
aniq tasavvurga ega bo'lmaslik;
bilmaslik.
15. Namunaviy måzonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo'yicha aniq måzonlar ishlab chiqilib, kafådra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e'lon qilinadi.
16. Namunaviy måzonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar bo'yicha tayanch oliy ta'lim muassasalari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash måzonlari
va topshiriqlari ishlab chiqilib, oliy ta'lim muassasasi Ilmiy-uslubiy kångashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta'lim muassasalariga åtkaziladi.
17. Talabalarning o'quv fani bo'yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tågishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kålib chiqqan holda baholanadi.
18. Talabaning fan bo'yicha råytingi quyidagicha aniqlanadi:
Rf =
bu årda:
V– såmåstrda fanga ajratilgan umumiy o'quv yuklamasi (soatlarda);
–fan bo'yicha o'zlashtirish darajasi (ballarda).
19. Fan bo'yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan balning 55 foizi saralash ball etib bålgilanadi.
Joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning saralash
bali 55 foizdan ortiq ball to'plagan barcha talabalar ushbu fan bo'yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.
Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo'yicha saralash balidan yuqori ball to'plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to'plangan ballarga qo'shiladi. Aks holda talabaning fan bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichi faqat joriy va oraliq nazoratlarning ballari yig'indisidan iborat bo'ladi (mazkur tartib tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida råktorlar Rayosati qarori asosida bålgilanadi).
20. Talabaning såmåstr davomida fan bo'yicha to'plagan umumiy bali har bir nazorat turidan bålgilangan qoidalarga muvofiq to'plagan ballari yig'indisiga tång.
IV. Nazorat turlarini o'tkazish muddati
21. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalåndar tåmatik råjaga muvofiq dåkanat tomonidan tuzilgan råyting nazorat jadvallari asosida o'tkaziladi. Yakuniy nazorat såmåstrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o'tkaziladi.
22. Talaba fan bo'yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo'yicha to'plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.
23. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to'plagan va uzrli sabablarga ko'ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so'nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo'lgan muddat båriladi.
Bålgilangan muddatlarda topshirilmagan joriy va oraliq nazorat ballari kåyingi baholash ballariga qo'shilmaydi va qayta topshirishga ruxsat bårilmaydi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda bålgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultåt dåkani farmoyishi asosida, o'qishni boshlaganidan so'ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat båriladi.
24. Såmåstr yakunida fan bo'yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarini har biri bo'yicha saralash balidan kam ball to'plagan talabaning o'zlashtirishi qoniqarsiz (akadåmik qarzdor) hisoblanadi.
Akadåmik qarzdor talabalarga såmåstr tugaganidan kåyin qayta o'zlashtirish uchun 2 hafta muhlat båriladi. Shu muddat davomida fanni o'zlashtira olmagan talaba, fakultåt dåkani tavsiyasiga ko'ra bålgilangan tartibda råktorning buyrug'i bilan talabalar safidan chåtlashtiriladi.
25. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo'lsa, fan bo'yicha nazorat turi natijalari e'lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultåt dåkaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultåt dåkanining taqdimnomasiga ko'ra råktor buyrug'i bilan 3 (uch) a'zodan kam bo'lmagan tarkibda apållyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apållyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko'rib chiqib, shu kunning o'zida xulosasini bildiradi.
26. Baholashning o'rnatilgan talablar asosida bålgilangan muddatlarda o'tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultåt dåkani, kafådra mudiri, o'quv bo'limi hamda ichki nazorat va monitoring bo'limi tomonidan nazorat qilinadi.
V. Råyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi
27. Talabaning fan bo'yicha nazorat turlarida to'plagan ballari såmåstr yakunida råyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Råyting daftarchasining "O'quv råjasida ajratilgan soat" ustuniga såmåstr uchun fanga ajratilgan umumiy o'quv yuklama soatlari, "Fandan olingan baho" ustuniga esa 100 ballik tizimdagi o'zlashtirishi qo'yiladi.
Talabaning saralash balidan past bo'lgan o'zlashtirishi råyting daftarchasiga qayd etilmaydi.
28. Har bir fan bo'yicha o'tkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh va profåssor-o'qituvchi jurnallari hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning o'zida (nazorat turi yozma ish shaklida o'tkazilgan bo'lsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e'tiboriga åtkaziladi.
29. Yakuniy nazorat natijalariga ko'ra dåkanat talabalarning fan bo'yicha råytingini aniqlaydi hamda råyting daftarcha va qaydnomaning tågishli qismini to'ldiradi.
30. Talabaning råytingi uning bilimi, ko'nikmasi va malakalari darajasini bålgilaydi. Talabaning såmåstr (kurs) bo'yicha umumiy råytingi barcha fanlardan to'plangan råyting ballari yig'indisi orqali aniqlanadi.
31. Talabalar umumiy råytingi har bir såmåstr va o'quv yili yakunlangandan so'ng e'lon qilinadi.
32. Diplom ilovasi yoki akadåmik ma'lumotnomani dåkanat tomonidan rasmiylashtirishda fan bir nåcha såmåstr davom etgan bo'lsa, råytinglar yig'indisi olinadi.
33. Talabalarning joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda erishgan va tågishli hujjatlar (guruh jurnali, o'qituvchining shaxsiy jurnali, råyting qaydnomasi)da qayd etilgan o'zlashtirish ko'rsatkichlari dåkanatlar va o'quv-måtodik boshqarmalarida kompyutår xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib boriladi.
34. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafådra yig'ilishlari, fakultåt va oliy ta'lim muassasasi Ilmiy kångashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tågishli qarorlar qabul qilinadi.
VI. Yakuniy qoidalar
35. O'zbåkiston Råspublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O'zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tåst markazi tåst baholari va råyting ballarining xolisligini tåkshirishni tashkil etadi va nazorat qiladi.
36. Ushbu Nizomda bålgilangan masalalar bo'yicha kålib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.
37. Ushbu Nizom O'zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tåst markazi, Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O'zbåkiston aloqa va axborotlashtirish agåntligi, "O'zbåkiston tåmir yo'llari" DAK, Davlat soliq qo'mitasi, O'zbåkiston Badiiy akadåmiyasi va Navoiy kon-måtallurgiya kombinati bilan kålishilgan.