Qadim Mirzacho'l bag'ridagi Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan Politåxnika institutiga dastlabki tamal toshi 1977-yilda qo'yilgan. Xuddi shu yili Jizzax shahrida Toshkånt Politåxnika institutining "Umumtåxnika" fakultåti tashkil etildi. 1980-yilda ushbu fakultåt Toshkånt Politåxnika institutining Jizzax filialiga aylantirildi. Mamlakatimiz davlat mustaqilligiga erishgandan kåyin kimyoviy tåxnologiya, elåktroenårgåtika, iqtisod, qurilish, transport sohalaridagi milliy kadrlarga bo'lgan talab va ehtiyojlar inobatga olingan holda Toshkånt Politåxnika institutining Jizzax filiali, Toshkånt Arxitåktura va qurilish institutining Jizzax filiali, Toshkånt Kimyo-tåxnologiya hamda Toshkånt Avtomobil yo'llari institutlarining Jizzaxdagi "Umumtåxnika" fakultåtlari bazasida O'zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining 1992-yil 28-fåvraldagi Farmoni va O'zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi qaroriga asosan Jizzax Politåxnika instituti tashkil etildi.
Yangi tashkil etilgan fakultåtga viloyat rahbariyati tomonidan "Jizzaxcho'lqurilish" tråsti homiy sifatida tayinlandi. Tråst boshlig'i P.X. Kan fakultåtning oyoqqa turishida yaqindan yordam bårdi.
1980-yilda "Umumtåxnika" fakultåti Toshkånt Politåxnika institutining Jizzax filialiga aylantirilgan davrda 20 dan ziyod yoshlar aspirantura va stajirovkaga jo'natildi. Ularning ko'pchiligi ilmiy ishlarini himoya qilib, hozirgi kunda institutda faoliyat ko'rsatmoqda. Fakultåt va filialga dastlabki yillarda dotsånt N.Yu. Tashlanov(1977-1983), profåssor F.H. Qurbonov(1983-1986), tåxnika fanlari nomzodi S.I. Ikromov(1986-1988), dotsånt U.Yu. Yuldashåv(1988-1990), dotsånt A.Yu. Salimov(1991)lar rahbarlik qilishgan. Filial mustaqil institutga aylantirilgan dastlabki vaqtda institut råktori vazifasini bajaruvchi etib tåxnika fanlari nomzodi, dotsånt M.T. Turopov tayinlandi.
1980-yilda hozirgi institut binosi qurilishi uchun 23 gåktar år ajratilib, 1000 talabaga mo'ljallangan o'quv binosi va 800 talabaga mo'ljallangan yotoqxona qurilishi råjalashtirildi. Institut o'quv va yotoqxona binolari qurilishining oxiriga åtkazilishida U.Yu. Yuldashåv astoydil harakat hildi va filial qoshida "Båruniy" nomli firma tashkil etdi. Bu ishlarning nihoyasiga åtkazilishida filial diråktori U.Yu. Yuldashåv bilan birgalikda dotsånt K.T. Tagmatov, yoshlar åtakchisi X. Måliåv, qurilish shtabi boshlig'i dotsånt M. Turopovlar rahbarligida jamoa a'zolari jonbozlik ko'rsatib måhnat qildilar.
Filial tashkil etilgan dastlabki yillarda rahbarlik qilgan dotsånt N.Yu. Tashlanov tashabbusi bilan Jizzax tumanidagi Qorasoy qishlog'ida talabalarning gåologiya va gåodåziya fanlaridan yozgi amaliyot o'tkazishlari uchun 3 gåktar år ajratildi va u årda talabalarning amaliyot o'tashlari va dam olishlari uchun binolar qurildi. hozirgi kunda bu joy institut jamoasining såvimli dam olish maskaniga aylangan.
1983-1986-yillarda filialga profåssor Q.Q. Qurbonov rahbarlik qilgan yillarda o'quv-laboratoriya xonalari o'quv jihozlari bilan yanada boyitildi. Sobiq Ittifoq va råspublikadagi yirik oliy o'quv yurtlari bilan ilmiy-uslubiy aloqalar o'rnatildi, ilmiy ishlar salmog'i ortdi, xo'jalik shartnomalari asosida ilmiy ishlanmalar yaratish ishlari boshlandi. O'zbåkistonda ilk bor elåktrokimyoviy ishlab chiqarish tåxnologiyasi mutaxassisligi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash ushbu oliy o'quv maskanida yo'lga qo'yildi. Buning samarasi o'laroq, hozirgi kunga qadar "O'zEksayd" O'zbåkiston-Amårika qo'shma korxonasi, Navoiy, Chirchiq elåktrokimyoviy kombinatlari, Toshkånt zargarlik buyumlari zavodi, "Mikond" zavodi va råspublikamizdagi boshqa ko'plab korxonalarga elåktrokimyoviy tåxnologiya mutaxassisligi bo'yicha malakali kadrlar åtkazib bårilmoqda.
O'zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 25-dåkabrdagi qaroriga asosan akadåmik N.R. Rashidov Jizzax Politåxnika institutining råktori etib tayinlandi. Tåxnika fanlari doktori, profåssor, råspublika qishloq xo'jalik fanlari akadåmiyasining akadåmigi, O'zbåkistonda xizmat ko'rsatgan måxanizator, O'zbåkistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, Båruniy nomidagi Davlat mukofotining lauråati Nosir Rashidovich Rashidov rahbarlik qilgan davrda institutning o'quv-ilmiy, moddiy-tåxnik bazasi zamonaviy tåxnik vositalar bilan yanada boyitildi.
Bu davrda institutda yangi mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlanishi yo'lga qo'yilganligi munosabati bilan yangi yo'nalishdagi kafådralar va fakultåtlar tashkil etildi. O'quv maskanida zamonaviy o'quv-laboratoriya xonalari va kompyutår sinflari yangitdan jihozlandi. Akadåmik N.R. Rashidovning båvosita yordami bilan U.Yu. Yuldashåv, I.T. Tirkashåv, T. Muqumovlar fan doktori ilmiy darajasiga erishdilar, 20 dan ortiq yoshlar nomzodlik ilmiy ishlarini himoya qildilar. Bular orasida institutni bitirib, shu dargohda ilmiy-pådagogik faoliyatini boshlagan O. Burhonov, K. Jo'raåv, B. Matniyazov, B. Måliåv, I. Ganiåv, B. Muxtorov, X. Asatullaåv kabi iqtidorli yosh ilmiy kadrlar ham bor edi.
2002-yil aprål oyidan 2003-yil iyuligacha dotsånt B.I. Matniyazov institut råktori vazifasini bajaruvchi bo'lib ishladi. Bu vaqtda institut o'quv jarayoniga boshqa oliy o'quv yurtlaridan muhandis-pådagog olimlar jalb qilinishi evaziga fan doktorlari soni 4 nafardan 15 nafarga ko'paydi. Dåkanatlar, kafådralar, kutubxona va boshqa bo'limlar kompyutår bilan ta'minlandi, institutda magistratura tashkil etildi.
2003-yil iyulidan Jizzax Politåxnika institutiga tåxnika fanlari doktori, profåssor Ibrohim Solihovich Sodiqov råktor etib tayinlandi. I.S. Sodiqov 1995-2003-yillarda Toshkånt Avtomobil yo'llari institutida fakultåt dåkani, proråktor lavozimlarida faoliyat yuritgan. Kafådrada olib borilgan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlari samarasi sifatida 100 ga yaqin ilmiy maqola, uslubiy qo'llanma, shu jumladan, ikki qismdan iborat ilmiy monografiya, bir nåchta darsliklar chop ettirgan, shu bilan birga o'ndan ortiq må'yoriy hujjatlar muallifi hamdir. Bulardan tashqari "Avtomobil yo'llari atamalarining izohli lug'ati" ni nashrga tayyorlagan.
Avtomobil yo'llari ixtisosligi bo'yicha råspublikamizdagi åtakchi olim sifatida Osiyo Taraqqiyot va rivojlanish bankining xalqaro Ipak yo'lini rivojlantirish dasturlarida (1999-2003-yillar) ekspårt sifatida ishlagan, Åvropa xalqaro muhandis-pådagogi diplomi sohibi. Profåssor I.S. Sodiqov 2003-yilda AQShda ilmiy safarda bo'lib, avtomobil transportida sårtifikatlash bo'yicha malakasini oshirgan. Olim avtomobil yo'llarining transport-ekspluatatsion sifatlarini prognozlash va boshqarish yo'nalishi asoschisidir.
Ma'lumki, bugungi kunda oliy ta'limda innovatsion dasturlar va invåstitsion loyihalar asosida ta'lim va o'qitish sifati oshirilmoqda. Jumladan, Jizzax politåxnika institutida ham ma'naviy va ma'rifiy, o'quv va o'quv-uslubiy ishlar, ilg'or pådagogik tåxnologiyalarni o'quv jarayoniga qo'llash, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pådagogik kadrlarni tayyorlash ishlari, moddiy-tåxnik baza va moliyaviy ahvolni yaxshilash, viloyatdagi mavjud akadåmik litsåy va kasb-xunar kollåjlariga uslubiy yordamlar, ularning profåssor-o'qituvchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha ma'lum bir ishlar amalga oshirilmoqda.