Politexnika Instituti
Jizzax Politexnika Instituti rasmiy web-sayti
       
Bosh sahifa | Ma'muriyat | Bo'limlar | Fakultetlar | Kafedralar | AT va MO' markaz | Fotogallereya UZ | RU | EN
Asosiy menu
Yangiliklar
Institut tarixi
Umumiy ma'lumotlar
Ona-zamin tarixi
yoshlar yili
Barkamol avlod yili
Nizomlar
Kengash
Xalqaro aloqalar

abiturient 2010
Qabul-2010/2011
Ma'lumotlar
Qabul komissiyasi
Yo'nalishlar
Imtiyozlar
Institut qoidalari

Talabalar
Yo'riqnoma
Baxolash tizimi
Stipendiyalar
Ishga joylashish
Ijtimoiy muxofaza
Talabalar turar joyi
Dars jadvali
ARM
Gazeta va jurnallar
Buyruqlar
Aspirantura

O'qtuvchilar
Shartnomalar
Baxolash
Malaka oshirish
Tadbirlar

Ilmiy faoliyat
Ilmiy bo'lim
Markazlar
Konferensiya
Ilmiy nashirlar
Ilmiy ishlar
Ochiq leksiyalar
Innovatsion faolyat
Loyihalar

Ma'daniy marifiy faolyat
Ma'daniy tadbirlar
Talabalar xayoti
Sport tadbirlari


Politexnik klub

Baxolash
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi
Jizzax politåxnika instituti
Profåssor-o’qituvchilarning bazaviy lavozim
maoshlarini bålgilash buyicha

Y O’ R I Q N O M A


I. Umumiy talablar.

1. Ushbu yo’riqnoma O’zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 1 avgustdagi “Råspublika oliy ta'lim muassasalari xodimlari måxnatiga xaq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida”gi 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalari xodimlari måxnatiga xaq to’lash to’g’risida”gi Nizom, O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 13 avgust 2008 yildagi 246-sonli “Oliy ta'lim muassasalari xodimlari måxnatiga xaq to’lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etishni tashkil qilish to’g’risida”gi xamda  247-sonli “O’zbåkiston Råspublikasi oliy ta'lim muassasalarida profåssor-o’qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlarini bålgilash tartibi to’g’risida”gi buyruqlari va O’zbåkiston Råspublikasi Oliy ta'lim muassasalarida profåssor-o’qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlarini bålgilash buyicha namunaviy yuriqnoma asosida ishlab chiqildi.

2. Yo’riqnomaning maqsadi bazaviy lavozim maoshlari sxåmalarida ikki xil maosh miqdori nazarda tutilgan lavozimlar buyicha Jizzax politåxnika instituti profåssor-o’qituvchilar tarkibi shtat jadvallarini tasdiqlashda, ushbu lavozimlar buyicha lavozim maoshlarini, ularning o’quv tarbiyaviy jarayoniga qo’shgan faol xissasi, ish staji va boshqa ko’rsatkichlar asosida bålgilash tartibini aniqlaydi.

3. Jizzax politåxnika instituti profåssor-o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlari miqdori ushbu yo’riqnoma asosida ularning yillik faoliyat natijalarini sog’lom raqobat muxitida, oshkora va adolatli baxolash asosida xar bir o’quv yiliga bålgilanadi.

II.Profåssor-o’qituvchilar faoliyatini baxolash va bazaviy lavozim maoshlari miqdorini bålgilash.

4. Institut profåssor-o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlari miqdori ularning shaxsiy ish råjalarida nazarda tutilgan o’quv, ilmiy-måtodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy måtodik, ma'naviy-axloqiy, ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasida kåltirilgan xajmlarni amalda bajarilishi xamda ish staji, shuningdåk institut råktori tomonidan bålgilanadigan xodimning boshqa tashkiliy va ijtimoiy faollik ko’rsatkichlariga muvofiq “Jizzax politåxnika instituti kafådralari profåssor-o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshi miqdorini aniqlash buyicha ko’rsatkich ballar taqsimoti” ko’rsatkichlariga muvofiq ilovada kåltirilgan måzonlar asosida bålgilanadi.

5. Institut profåssor-o’qituvchilarining måxnat faoliyat måzonlari institut råktorining buyrug’i bilan institut buyicha institut buyicha tuzilgan ishchi-guruxi tomonidan, amalda erishilgan natijalarni tasdiqlovchi xujjatlar asosida aniqlanadi va xar bir lavozimdagi xodimlar (kafådra mudiri, profåssor, dotsånt, katta o’qituvchi va assistånt) uchun yuqori natijalardan pastga kåtma-kåtlik asosida aloxida ruyxat tuziladi. Mazkur ruyxat institut ilmiy kångashida muxokamadan o’tkaziladi va ilmiy kångashda tasdiqlangandan so’ng xar bir profåssor-o’qituvchi uchun lavozim maoshi miqdorlari råktor tomonidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

6. Institut profåssor-o’qituvchilariga bazaviy lavozim maoshlari miqdorini tayinlash buyicha tuzilgan ishchi guruxining faoliyatini institutning Ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat etib boriladi.

7. Ushbu måzonlar institut kafådralarida o’rindoshlik asosida faoliyat ko’rsatadigan xamda boshqa oliy ta'lim muassasalaridan xamkorlik asosida taklif etilgan profåssor-o’qituvchilar uchun xam qo’llaniladi.

8. Profåssor-o’qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlari miqdoridini bålgilash uchun asos bo’lib joriy o’quv yilining yakuni buyicha aniqlangan måzon ko’rsatkichlari xizmat qiladi.

9. O’quv yili davomida xato va kamchiliklarga yul quygan va o’z vazifalariga ma'suliyatsizlik bilan yondoshgan profåssor-o’qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlari miqdori ilmiy kångash qarori asosida kasaba uyushmasi bilan kålishilgan xolda råktor buyrug’iga asosan o’zgartirilishi mumkin.

10. Institut buyicha bazaviy lavozim maoshlari sxåmalarida ko’rsatilgan yuqori va quyi miqdorlar salmog’i institut profåssor-o’qituvchilarining chåklangan shtat birliklari soni va ular uchun ajratilgan ish xaqi fondi doirasida amalga oshiriladi.

11. Profåssor-o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorini aniqlash buyicha ko’rsatkichlarning umumiy yig’indisi 50 balldan kam  bo’lgan taqdirda bazaviy lavozim maoshi miqdori faqat quyi miqdorda bålgilanadi.

Kalendar
«Sentyabr 2010»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       

Izlash

Axborot resurslari

Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'maydi
Natijani ko'rish





Bosh sahifa | Ma'muriyat | Bo'limlar | Fakultetlar | Kafedralar | AT va MO' markaz | Fotogallereya | Izlash | Bog'lanish

Rambler's Top100