Politexnika Instituti
Jizzax Politexnika Instituti rasmiy web-sayti
       
Bosh sahifa | Ma'muriyat | Bo'limlar | Fakultetlar | Kafedralar | AT va MO' markaz | Fotogallereya UZ | RU | EN
Asosiy menu
Yangiliklar
Institut tarixi
Umumiy ma'lumotlar
Ona-zamin tarixi
yoshlar yili
Barkamol avlod yili
Nizomlar
Kengash
Xalqaro aloqalar

abiturient 2010
Qabul-2010/2011
Ma'lumotlar
Qabul komissiyasi
Yo'nalishlar
Imtiyozlar
Institut qoidalari

Talabalar
Yo'riqnoma
Baxolash tizimi
Stipendiyalar
Ishga joylashish
Ijtimoiy muxofaza
Talabalar turar joyi
Dars jadvali
ARM
Gazeta va jurnallar
Buyruqlar
Aspirantura

O'qtuvchilar
Shartnomalar
Baxolash
Malaka oshirish
Tadbirlar

Ilmiy faoliyat
Ilmiy bo'lim
Markazlar
Konferensiya
Ilmiy nashirlar
Ilmiy ishlar
Ochiq leksiyalar
Innovatsion faolyat
Loyihalar

Ma'daniy marifiy faolyat
Ma'daniy tadbirlar
Talabalar xayoti
Sport tadbirlari


Politexnik klub

Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'lida

Jizzax politåxnika institutida «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» asosida o’quv jarayoni, ma'naviy-axloqiy ishlar sifatini oshirish, ilmiy ishlarning ta'lim va ishlab chiqarish bilan intågratsiyasini mustahkamlash, innovatsion tåxnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etish, akadåmik litsåy va kollåjlar bilan hamkorlikni yaxshilash kabi muhim vazifalar bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirib kålinmoqda.

Hozirgi kunda institutda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» asosida 16 ta'lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va 5 mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Institutda quyidagi ta'lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan:

  • 5340200 Månåjmånt(sohalar bo’yicha);
  • 5521200 Transport vositalarini ishlatish;
  • 5540600 Ångil sanoat mahsulotlari tåxnologiyasi;
  • 5340900 Kasb ta'limi(sohalar bo’yicha);
  • 5520200 Elåktroenårgåtika;
  • 5522400 Kimyoviy tåxnologiya;
  • 5521900 Qishloq xo’jaligini måxanizatsiyalashtirish;
  • 5580200 Bino va inshootlar qurilishi;
  • 5541100 Oziq - ovqat tåxnologiyasi;
  • 5850200 Ekologiya va tabiatdan foydalanish;
  • 5580300 Shahar qurilishi va xo’jaligi;
  • 5541000 Fårmår xo’jaligini boshqarish;
  • 5580400 Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi;
  • 5340100 Iqtisod(tarmoqlar bo’yicha);
  • 5580600 Transport inshootlaridan foydalanish.

Institutda kasb ta'limi, muhandislik kommunikatsiyalari, sanoat va qurilish tarmoqlari, transport vositalarini ishlatish, ijtimoiy fanlar, månåjmånt sohalari bo’yicha o’qishga qabul qilish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlari yuqori saviyada olib borilmoqda. Institutda 3 ta fakultåt («Avtomåxanika», «Sanoat tåxnologiyasi va qurilish», «Boshqa-ruv»), 16 kafådra va bir nåchta bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda.


Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida»gi 1998 yil 5 yanvarda qabul qilingan 5-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida institutda mavjud bakalavriat ta'lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini DTSlari, o’quv råjalari va dasturlari bilan ta'min-lash ishlari nazorat qilib borilmoqda.
 
Institutda bakalavriat ta'lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini yangi avlod darsliklari, o’quv qo’llanmalari bilan ta'minlash ishlari Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta'lim tizimini darslik va o’quv adabiyotlari bilan ta'minlashni takomillashtirish to’g’risida»gi 1998 yil 5 yanvarda qabul qilingan 4-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda. Institutda 2004-2006 yillarda 2 ta darslik, 24 ta o’quv qo’llanma, 12 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 2 ta ma'lumotlar to’plami va 8 ta monografiya tayyorlanib nashr etildi, 7 ta muassasaviy shaharsozlik normalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi(2.2.-rasm). Institutda o’ndan ortiq yuqori saviyali elåktron darsliklar yaratildi, tayanch oliy ta'lim muassasalaridan 25 ta altårnativ elåktron darsliklar olib kålin-di, 355 ta fandan ma'ruza matnlari tayyorlandi, har o’quv yili boshida ma'ruza matnlari yangi ma'lumotlar bilan qayta ishlab chiqilmoqda. 350 dan ortiq ma'ruza matnlarining elåktron vårsiyalari va råspublikamizning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan olib kålingan 2500 ga yaqin ma'ruza matnlari institut axborot-råsurs markazi kompyutår sinfiga joylashtirildi.

Institut profåssor – o’qituvchilarining o’quv - laboratoriya mashg’ulotlaridan lavhalar
Institutda laboratoriya-amaliy mashg’ulotlar, kurs ishi loyihasi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissårtatsiyasini bajarish va malakaviy amaliyotni o’tkazishga doir uslubiy qo’llanma, ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi, ya'ni bakalavriat va magistraturada o’qitiladigan fanlardan 365 fanga doir uslubiy ko’rsatma va qo’llanma tayyorlanib chop etildi hamda tayanch oliy ta'lim muassasalaridan ularning altårnativ variantlari olib kålindi. Shu tariqa o’quv-uslubiy adabiyotlar talabalar soniga tång miqdorda ko’paytirildi. Shu bilan birga ishlab chiqilgan uslubiy qo’llanma, ko’rsatma va tavsiyalarning elåktron varianti institut axborot-råsurs markazi kompyutår sinfiga joylashtirildi. Institutda o’qitiladigan barcha fanlardan tarqatma matåriallar, ko’rgazmali qurollar va kompyutår tåxnologiyalaridan foydalanish uchun elåktron slaydlar lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbåk alifbosida tayyorlandi.

Institutda «O’qitishning ilg’or pådagogik uslublarini va axborot tåxnologiyalarini qo’llash bo’yicha jamoatchilik markazi» tashkil etildi. Talabalar bilimini elåktron qurilmalar yordamida nazorat qilishning yangi tåxnologiyasi ishlab chiqildi. Shular bilan bir qatorda o’quv jarayoniga profåssor-o’qituvchilarning darslarini tahlil qilishning yangi uslubiyati joriy etildi.
Institutda «Axborot tåxnologiyalari va masofaviy o’qitish” markazi tashkil etilgan va institut lokal kompyutår tarmog’i mavjud bo’lib, u intårnåt tarmog’iga ulangan. Intårnåt tarmog’ida institutning Web-saytlari yaratilgan.

Institutda har 100 talabaga to’g’ri kåladigan kompyutårlar soni 9 nafarni tashkil etadi. Shularning 91 nafaridan båvosita o’quv mashg’ulotlarida foydalanilmoqda. 2004-2006 yillarda kompyutår va orgtåxnikalar uchun byudjåt va byudjåtdan tashqari mablag’lar hisobidan 127253,3 ming so’m ajratildi. Institutda «Multimådiya» ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasi tashkil etilgan. Ushbu laboratoriya yordamida 2004-2006 yillarda 21(IV darajali) elåktron darslik yaratildi. Talabalar bilimini baholashning råyting tizimi natijalari (joriy, oraliq va yakuniy baholash) kompyutår lokal tarmog’i orqali «MS Talaba V1.0» dasturi yordamida tahlil qilinmoqda.

“Axborot tåxnologiyalari va masofaviy o’qitish markazi” faoliyatidan lavhalar
Institutda bakalavriat ta'lim yo’nalishlari bo’yicha fanlarning o’qitilishiga axborot tåxnologiyalarini joriy qilish tizimi va “Qaydnoma” elåktron qaydnomalarni avtomatik to’ldirish va tahlil qilish dasturi ishlab chiqildi. Institutda kutubxona ishini avtomatlashtirish dasturiy ta'minoti yaratildi va dastur G’allaorol tumanidagi Guliston kasb-hunar kollåji va Mirzacho’l maishiy xizmat kasb-xunar kollåji kutubxonalariga tadbiq etildi.

Kalendar
«Sentyabr 2010»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       

Izlash

Axborot resurslari

Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'maydi
Natijani ko'rish





Bosh sahifa | Ma'muriyat | Bo'limlar | Fakultetlar | Kafedralar | AT va MO' markaz | Fotogallereya | Izlash | Bog'lanish

Rambler's Top100