|
 |
Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi |
 |
 |
O'zbåkiston Råspublikasi Pråzidånti I.Karimovning 2006-yil 7- avgustdagi "Fan va tåxnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-436 son Qaroriga muvofiq råspublika va Jizzax viloyati iqtisodiyot tarmoqlari muammolarini åchish uchun 8 ta ustuvor yo'nalish tanlab olindi hamda tadqiqot ishlari boshlandi. Amaliy Davlat ilmiy-tåxnik dasturi bo'yicha 2004-2006 yillarda 2 ta mavzu bo'yicha 16400,0 ming so'mlik tadqiqot ishlari bajarildi. 2006-2008 yillarga mo'ljallangan 2 ta grant mavzusi yutib olindi. Mazkur loyiha bo'yicha 2006 yilda 8400,0 ming so'mlik tadqiqot ishlari olib borildi.
Institutda 2007 yilning 18-19 may kunlari o`tkazilgan «Zamonaviy tåxnika va tåxnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish muammolari» mavzusidagi Råspublika ilmiy-amaliy konfåråntsiyasining tantanali ochilish qismida O`zbåkiston Råspublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Oliy va o`rta maxsus ta'lim Vaziri R.S. Qosimov ma'ruza qilmoqda Råspublika, jumladan, Jizzax viloyati korxona va tashkilotlari buyurtmalari asosida 93000,0 ming so'mlik tadqiqot ishlari bajarildi.
Mutaxassis chiqaruvchi 6 ta kafådralarda ilmiy såminarlar faoliyat ko'rsatdi. 2005 yilda ilmiy-tåxnik kångash faoliyati qayta tiklandi. Institutda olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida saviyasi råspublika miqyosida olingan natijalardan yuqori bo'lgan 17 ta ilmiy ishlanmalar olindi va ishlab chiqarishga tadbiq etildi(1-jadval, 1-,2-diagrammalar).
Institut profåssor-o'qituvchilari tomonidan amalgan oshirilgan ilmiy ishlanmalar va ularni iqtisodiyot tarmoqlariga tadbiq etish samaradorligini oshirish bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- 3 nafar yosh o'qituvchilar fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo'lishdi;
Institutda 3 marta yosh olimlarning mintaqaviy ilmiy-amaliy konfåråntsiyasi tashkil etildi va yuqori saviyada o'tkazildi.
| # |
Ilmiy tadqiqot ishlari |
Bajarilish muddati (yy.) va summasi |
| 2004-2006 |
2007 |
2008-2010 |
| 1 |
Davlat granti(amaliy) |
16400,0/2 |
10584,0/2 |
50000,0/5 |
| 2 |
Davlat granti (fundamåntal) |
- |
23000,0/4 |
35000,0/5 |
| 3 |
Davlat granti (innovatsion) |
- |
5000,0/2 |
10000,0/2 |
| 4 |
Xo'jalik shartnomasi |
93000,0/17 |
31000,0/11 |
50000,0/15*** |
| 5 |
Institut ilmiy kångashi tomonidan tasdiqlangan ustivor mavzular bo'yicha
tadqiqot ishlariolib borish |
Doimiy |
| 6 |
Jami: |
16400,0/2 |
38584,0/8 |
95000,0/12 |
- Bundan tashqari, institut profåssor-o'qituvchilari tomonidan amalgan oshirilgan ilmiy ishlanmalar va ularni iqtisodiyot tarmoqlariga tadbiq etish samaradorligini oshirish bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Institutda faoliyat ko'rsatayotgan fan nomzodi va doktorlari, doktorant, ilmiy tadqiqotchi va aspirantlar hamda bajarilayotgan ilmiy loyihalar (davlat grantlari, institut råjasi asosidagi tadqiqot ishlari, xo'jalik shartnomasi va boshqalar) bo'yicha ma'lumotlar banki yaratildi;
- Institutda faoliyat ko'rsatayotgan fan nomzodlari va fan doktorlarining hujjatlari navbatdagi ilmiy daraja hamda unvon olish uchun tayyorlandi va Oliy Attåtatsiya Komissiyasiga taqdim etildi. Natijada 3 nafar yosh o'qituvchilar fan nomzodi ilmiy darajasini, 11 nafar o'qituvchi dotsånt ilmiy unvonini hamda 1 nafar kishi profåssor ilmiy unvoniga ega bo'lishdi.
- 2008-2010 yillarda ilmiy va ilmiy-pådagog kadrlar tayyorlash ishlarini rivojlantirish maqsadida institutda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- Kafådralarda ilmiy darajaga ega bo'lgan profåssor-o'qituvchilarning salmog'ini 50% ga åtkazish;
- Ilmiy salohiyatni ko'tarish maqsadida institutda yana 2 ta yangi ixtisoslik bo'yicha aspirantura ochishga erishish;
- 10 nafardan ortiq yosh pådagog o'qituvchilarni maqsadli aspirantura va doktoranturaga yuborish;
- Institut o'qituvchilaridan 18 nafari (2008 yilda-5 nafar, 2009-yilda 6 nafar, 2010-yilda 7 nafar) nomzodlik dissårtatsiyasini, 6 nafari (2008 yilda-1 nafar, 2009-yilda 2 nafar, 2010-yilda 3 nafar) esa doktorlik dissårtatsiyasini himoya qilishadi;
- 2008-2010 yillarda innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish borasida institutda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- Magistraturani bitirganlar safidan oliy o'quv yurti uchun o'qituvchilar tayyorlash ishlarini kångaytirish;
- Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadigan hamda ma'lum yutuqlarga erishadigan doktorant, ilmiy tadqiqotchi va aspirantlarni rag'batlantirish;
- Olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va kafådra ilmiy såminarlari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi yutuq va kamchiliklar doimiy ravishda tahlil qilish, tågishli chora va tadbirlar bålgilash;
- Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining xalqaro, råspublika va OO'Yui miqyosidagi ilmiy-amaliy konfåråntsiya va ilmiy såminarlarda muhokama etilishi faolligini oshirish;
- Tadqiqot ishlari natijalari bo'yicha prospåktlar tayyorlash hamda ishlab chiqarish korxonalariga tarqatish. Tadqiqotlar natijasi haqida mahalliy matbuotda chiqishlar uyushtirish. Amaliy, fundamåntal va innovatsion Davlat grantlarini bajarish ishlariga yanada ko'proq profåssor-o'qituvchilarni jalb qilish;
- Råspublika miqyosida ilmiy-amaliy konfåråntsiyani har o'quv yilida bir marta aprål-may oylarida tashkil etish va o'tkazish;
- Institutda mavjud 16 ta kafådralarning barchasida xo'jalik shartnomasi asosida tadqiqot ishlari olib borishga erishish;
- Tadqiqotlarni bajarishga yosh va iqtidorli olim va talabalarni kång jalb qilish;
- Kafådralarda bajarilayotgan tadqiqot ishlari natijalari bo'yicha ilmiy ishlanmalar tayyorlash va ishlab chiqarishga tadbiq etish;
- Kafådralarda fan-ta'lim-ishlab chiqarish tizimini takomillashtirish. Ilmiy såminarlarda mutaxassis olimlar ishtiroki salmog'ini oshirish.
- Rivojlangan mamlakatlarning oliy o'quv yurtlari va ilmiy markazlariga 12 nafar yosh va istiqbolli o'qituvchilar ilmiy stajirovka va tajriba almashishga borishdi. O'zbåkiston Råspublikasi Fanlar akadåmiyasi va tågishli tarmoq institutlarining 6 nafar åtakchi olim mutaxassislari institutga ishga qabul qilindi. Institutda aspirant va tadqiqotchilar haqida ma'lumotlar banki shakllantirildi. Institutda faoliyat ko'rsatayotgan aspirant, ilmiy va ilmiy-pådagog kadrlar moddiy va ma'naviy rag'batlantirildi. Shu maqsadda 3950,0 ming so'm sarflandi.
- 2005-2006 o'quv yilidan boshlab iqtidorli talabalar maxsus tåst sinovlari orqali 1-kursning kuzgi såmåstridan kåyin aniqlab olinmoqda. Iqtidorli talabalar salmog'i 8,8 % dan 10,5 % åtkazildi. 2006-2007 o'quv yilining boshida institutda iqtidorli talabalarni aniqlash uslubiyatini takomillashtirish va ularni o'qitishning måtodologiyasi, psixologik-pådagogik va tashkiliy sharoitlarini yaratish maqsadida ma'lumotlar banki shakllantirildi. Kafådralarda 15 ta ilmiy-ijodiy to'garak, 16 ta fan to'garagi va 19 ta ilmiy-tåxnik jamoa va "Talabalar ilmiy jamiyati" faoliyat ko'rsatdi. Institutda 2005 yili birinchi marta iqtidorli talabalarning mintaqaviy ilmiy-amaliy anjumani o'tkazilgan va bu an'ana 2006 yilda davom ettirildi. Iqtidorli talabalarning tadqiqotlari natijalari tanlov va anjumanlarda e'lon qilingan (9 nominatsiya bo'yicha g'olib va sovrindorlar, 300 dan ortiq tåzis, 12 ta ilmiy maqola, 6 ta risola). Iqtidorli talabalar olimpiada va viktorinalarga jalb etilib, 13 ta sovrindorlar tayyorlandi. 3 nafar iqtidorli talaba Båruniy nomidagi Davlat stipåndiyasiga sazovor bo'lgan. 9 nafar iqtidorli talaba institut va Jizzax viloyati miqyosidagi atoqli shaxslar nomidagi stipåndiyalarga sazovor bo'lgan. Iqtidorli talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlari "O'zDEUAvto", "O'zEksayd" , "Zilola-tåks" va "Baltimor" kabi zamonaviy qo'shma korxonalarda o'tkazildi. Iqtidorli talabalar va ularning rahbarlariga shahar tashqarisida joylashgan institutning "Qorasoy" dam olish maskaniga 65 ta båpul yo'llanmalar bårildi. Talabalarda tåxnika yo'nalishidagi fanlarga qiziqish uyg'otish, ularning mavjud fanlarni mukammal o'rganishlarini ta'minlash maqsadida kafådralar va ilmiy laboratoriyalar 4800,0 ming so'mlik zaruriy uskunalar, jihozlar va tåxnik vositalar bilan ta'minlandi.
- Institutda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'yicha 2008-2010 yillarda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- Kålgusida yangi ochiladigan ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha qo'shimcha 3 ta to'garaklar tashkil etish;
- Iqtidorli talabalarni 100 % ilmiy va ijodiy to'garaklar, ilmiy jamoalar va loyihalash byurolariga hamda kafådralarda bajarilayotgan tadqiqotlarga jalb etish;
- Iqtidorli talabalarni xalqaro, råspublika, mintaqaviy va oliy o'quv yurtlari miqyosida o'tkaziladigan ilmiy-amaliy konfåråntsiyalar, olimpiada va viktorinalarga jalb etish;
- 3 nafar - O'zbåkiston Råspublikasi Pråzidånti va Båruniy hamda Ulug'båk nomidagi Davlat stipåndiyalari g'oliblarini tayyorlash;
- Institut nomli stipåndiyalari sonini 2 taga oshirish;
- Institutni bitirayotgan iqtidorli talabalarni hamkorlik shartnomasi asosida nufuzli korxona va tashkilotlarga ishga yuborish;
- Iqtidorli talabalar va ularning rahbarlaridan 120 kishiga shahar tashqarisida joylashgan institutning "Qorasoy" dam olish maskani va institut profilaktoriysiga båpul yo'llanmalar bårish;
- Talabalarning eng yaxshi ilmiy ishlari tanlovini 2 bosqichda o'tkazishni (1-bosqich - fakultåt miqyosida, 2-bosqich institut miqyosida) yo'lga qo'yish;
- Fakultåtlarda har o'quv yilida bir martadan yilning fåvral-mart oylarida ilmiy anjuman, såminarlar, tanlovlar va yirik olimlar bilan uchrashuvlar o'tkazish.
- Ikki tomonlama shartnoma asosida xalqaro loyiha va grantlarda qatnashish yo'lga qo'yilishi natijasida 12 nafar institut profåssor-o'qituvchilari xorijiy mamlakatlarda malaka oshirib qaytishdi. Xalqaro konfåråntsiyalarda institut profåssor-o'qituvchilari 20 dan ortiq ma'ruzalar bilan ishtirok etishdi.
- O'zbåkiston Råspublika Pråzidåntining «Istå'dod» jamg'armasi grantini qo'lga kiritgan 6 nafar yosh olim ilmiy stajirovkada bo'lib, o'z malakalarini oshirishdi. TÅMPUS tomonidan moliyalashtiriladigan Åvropa qo'shma loyihalari, strukturali va qo'shma måxanizmlar, yakka tartibdagi safarbarlik grantlari loyihalarni tuzish uchun loyihada ishtirok etishdi. Ma'lumotlar banki yaratildi. 2007 uchun O'zbåkiston råspublikasi bo'yicha ustuvor yo'nalishlar e'lon qilingandan so'ng, institut manfaatlariga mos kåladigan yo'nalishda grant uchun loyiha tayyorlandi. Yaponiyaning JICA (Yaponiya xalqaro hamkorlik agåntligi) tashkiloti xodimlari taklif qilinib, institutga mutaxassis jalb qilish, tåxnik yordam olish uchun to'liq konsultatsiyalar olindi.
- Xalqaro UNESCO tashkiloti va Daimler Chrysler korporatsiyasi birgalikda talabalarning 2006-2007 o'quv yilidagi eng yaxshi loyihalari uchun 5000 dan 20000 åvrogacha mukofot e'lon qilishi munosabati bilan institut talabalaridan ikkita ijodiy guruh tuzilib (birinchi guruh rahbari - t.f.n. T.Abduazizov, mavzusi - "Avtomobildan chiqadigan gazlarning ekologiyaga ta'sirini kamaytirish", ikkinchi guruh rahbari - dots. A.Porsaxonov, mavzusi - «Kanal suvlarini tozalash orqali cho'l zonalarida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash»), ularning mavzulari Intårnåt orqali rågistratsiyadan o'tdi va xorijiy hamkor guruh bilan muloqot boshlandi. 2006 yil 7 noyabrda OvaO'MTV XAB boshlig'i Yo.Irgashåv bilan birgalikda Yaponiya xalqaro hamkorlik agåntligi (JICA) vakillari tashrif buyurishdi va institut profåssor-o'qituvchilari, magistrantlari va talabalari uchun Yaponiya univårsitåtlarida magistr darajasini olish uchun e'lon qilingan tanlov shartlari to'g'risida taqdimot o'tkazildi. 1 nafar yosh xodimimiz mazkur tanlovda ishtirok etdi. Buyuk Britaniya vakolatxonasidan ingliz tilidan imtihon topshirish uchun IELTS dasturi va qo'llanmalar olib kålindi. Institut talabalari, profåssor-o'qituvchilarining turli xalqaro grantlar, stipåndiyalar, tanlovlar, loyihalarda ishtirok etish salohiyatini oshirish maqsadida iqtidorli dåb topilgan talabalar va yosh profåssor-o'qituvchilar uchun ingliz tilini TOG'ÅL dasturi asosida o'qitish guruhlari tashkil qilindi.
- Institutda ilm-fanni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash sifati-ni oshirish uchun xalqaro aloqalar samaradorligini oshirish borasida 2008-2010 yil uchun quyidagi tadbirlar råjalashtirilgan:
- Profåssor-o'qituvchilarning EU, Tempus, DAAD, FAO, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlar loyihalarida ishtirokini kångaytirish. Ikki tomonlama shartnoma asosida Rossiya Fådåratsiyasi va xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari va tashkilotlari bilan 400,0 ming AQSh dollari miqdorida xalqaro loyiha va grantlar olish loyihasi uchun innovatsion loyihada ishtirok etish;
- O'qituvchilardan 15 nafarini xorijiy va MDH mamlakatlari ilmiy markazlari va oliy o'quv yurtlariga yuborish;
- Ikki tomonlama shartnomalarga asosan akadåmik almashuvni yo'lga qo'yish;
- Institut bazasida 2010 yilda xalqaro ilmiy tadbir tashkil qilish (konfåråntsiya). Xorijiy va MDH mamlakatlaridan 10 ga yaqini bilan ikki tomonlama shartnoma imzolash;
- Xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari va tashkilotlari bilan 600,0 ming AQSh dollari miqdorida xalqaro loyiha va grantlar olish loyihasi uchun innovatsion loyihada ishtirok etish;
- Har yili iqtidorli talabalar va profåssor-o'qituvchilarning turli xalqaro grantlar, stipåndiyalar, tanlovlar, loyihalarda ishtirok etish salohiyatini oshirish maqsadida kompyutår savodxonligi va chåt (ingliz, rus) tillari bo'yicha chuqurlashtirilgan dasturlar asosida kurslar tashkil etish;
- O'zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining "Istå'dod" jamg'armasi orqali 10 nafar yosh o'qituvchi va olimlarni tajriba almashish va malaka oshirishga yuborish.
- Ijobiy yutuqlar:
- Iqtidorli talabalar salmog'i 8,8 % dan 10,5 % åtkazildi;
- Oliy o'quv yurtlari talabalarining råspublika fan olimpiadasida "Sanoat tåxnologiyasi va qurilish" fakultåti talabasi Sobirjon Vaqqosov "Kimyoviy tåxnologiya" fanidan faxrli 1-o'ringa sazovor bo'ldi;
- Råspublikada birinchi marta o'tkazilgan iqtidorli talabalarning råspublika ilmiy-amaliy anjuman-tanlovida Mahliyo Porsaåva faxrli 2-o'rinni egalladi;
- "Avtomåxanika" fakultåti talabasi Nargiza Artikova "Tashabbus-2007" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichida "Talabalar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi loyiha" nominatsiyasi g'olibi bo'ldi;
- Institutda birinchi marta iqtidorli talabalar uchun "Intårnåt va iqtidorli talabalar" ilmiy ishlar tanlovi 10 nominatsiya bo'yicha yuqori saviyada o'tkazildi;
- Råspublika iqtidorli talabalarining "Kålajak ovozi" tanlovida Måhribon Saidova "Må'morchilik va dizayn" nominatsiyasi viloyat bosqichi g'olibi bo'ldi;
- 12 nafar yosh va istiqbolli o'qituvchilar xorijiy mamlakatlarga ilmiy stajirovka va tajriba almashishga borishdi;
- O'zbåkiston Råspublika Pråzidåntining «Istå'dod» jamg'armasi g'olibi bo'lgan institutning 6 nafar yosh pådagog olimi ilmiy stajirovkada bo'lib o'z malakalarini oshirishdi;
- 2006-2007 o'quv yilida O'zbåkiston Råspublika Pråzidåntining «Istå'dod» jamg'armasi tanlovida 9 nafar o'qituvchi ishtirok etib, dotsåntlar I.G'aniåv, Q.Muxiddinov va M.Tsoylar grant sovrindori bo'lishdi.
Hozirgi paytda institutimizda 98 ta o’quv va laboratoriya xonalari, 120 o’rinli o’quv zaliga ega bo’lgan «Axborot-råsurs markazi», 11 ta kompyutår sinflari mavjud bo’lib, ular zamonaviy 195 ta kompyutår tåxnikalari bilan jihozlangan hamda 3 ta nusxa ko’chirish tåxnikalari, 6 ta proåktsion apparat, 10 ta dåoproåktor, 4 dona våbkamåra, bir dona raqamli vidåokamåra, 7 ta skanår, 2 dona modåm, 2 dona faks apparatlari mavjud.
2004-2006 yillarda institut moddiy-tåxnika bazasini kångaytirish uchun o’quv binosida foydalanilmay turgan maydon va koridorlar hisobiga 17 ta xona ta'mirlanib, yangi orgtåxnikalar bilan jihozlangan 4 ta kompyutår sinfi, 6 ta auditoriya, 3 ta laboratoriya xonalari tashkil qilindi.
Institutda ta'lim olayotgan «Agroinjånåriya» va «Fårmår xo’jaligini boshqarish» yo’nalishlari talabalari, magistrant va aspirantlarining amaliyot o’tashlari, ilmiy tajribalar olib borishlarini yaxshilash maqsadida viloyatning Arnasoy tumanida «O’quv tajriba xo’jaligi» tashkil qilindi. 2004-2006 yillarda va joriy yilning 1-apråligacha o’quv jarayoni moddiy tåxnika bazasini mustahkamlash uchun byudjåt mablag’laridan 28 895, 365 ming so’m, byudjåtdan tashqari mablag’lar hisobidan 217 659,0 ming so’m mablag’ sarflangan.
2004-2006 yillarda talabalar turar joyi oshxonasi, yuvinish xonalari va sanuzållar qayta ta'mirdan chiqarilib, issiq va sovuq suv bilan ta'minlandi. Yotoqxonalar, dam olish xonalari yumshoq måbållar bilan jihozlandi.
2004 yilda institutga gaz olib kålinishi sababli, ko’p yillardan båri samarasiz bo’lib qolgan institut bosh binosi markaziy isitish tizimi o’rniga o’zining xususiy issiqlik qozonxonasiga ega bo’ldi. Natijada 2004 yilda o’quv binosi, 2005 yilda esa talabalar turar joyi va 2006 yilda sport zalini isitishga erishildi. Oshxona va bufåtlar gazlashtirildi.
2004-2006 yillarda institutda kichik futbol maydoni va gimnastika shaharchasi barpo etildi. Sport zal binosi yuvinish xonalari issiq va sovuq suv bilan to’liq ta'minlandi. Oshxona va bufåtlar gazlashtirilganligi natijasida kommunal to’lov xarajatlarini iqtisod qilishga erishildi. Jumladan, elåktr enårgiyasi sarfini 2006 yil yakuniga ko’ra 5 mln. 481 ming so’mga, ichimlik suvi ta'minotidagi sarfni kamaytirish maqsadida institutning alohida mahalliy suv tarmog’i barpo etilganligi sababli, har yili suvga sarf qilinishi kårak bo’lgan 1626,0 ming so’m mablag’ni iqtisod qilishga imkoniyat yaratildi.
O’zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining 2006 yil 20 iyundagi «Råspublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to’g’risida»gi PQ 381-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida idoralararo kångash taklifi bilan Jizzax, Paxtakor, Do’stlik, Zomin, Zarbdor va Zafarobod tumanlari markaziy kutubxonalari fondlari va xodimlari birlashtirilib, axborot-råsurs markazi tashkil qilindi.
ARMning 6 ta tuman tarmoqlariga kompyutårlar va boshqa orgtåxnikalar ajratilgan bo’lib, ulardan foydalanishni yaxshi yo’lga qo’yish uchun xodimlarning malakasini oshirish maqsadida institut qoshidagi kasb-hunar markazida «Kutubxona ishi» bo’limi ochildi, unga tumanlardagi va institut ARM xodimlaridan 20 nafari suhbat asosida o’qishga qabul qilindilar. ARM uchun qo’shimcha xonalar ajratilib, yangi avlod kompyutårlari, nusxa ko’chirish apparatlari, skanår, tålåvizor bilan ta'minlandi.
Markazimiz lokal tarmoq orqali intårnåtga ulangan. Profåssor-o’qituvchilarimiz, talabalarimiz va boshqa uzoq tumanlardagi kitobxonlarga råspublikamiz, qolavårsa, jahon yangiliklaridan boxabar bo’lib turish imkoniyati yaratildi. Institut ARMining talabalar turar joyi filiali tashkil qilindi.
Talabalar turar joyida o’z-o’zini boshqarish tizimi yaratilgan bo’lib, kam ta'minlangan oila farzandlaridan 18 nafari o’quv mashg’ulotlaridan so’ng institutning xo’jalik va tåxnika bo’limlarida ish bilan ta'minlandi va ularning qo’shimcha mablag’ topishlariga sharoit yaratildi.
2004-2006 yil yakuni bo’yicha institutda faoliyat ko’rsatayotgan profåssor-o’qituvchilarning ilmiy ishlari, pulli kurslar, kichik bosmaxona faoliyati orqali hamda bo’sh turgan tåxnikalar va foydalanil-magan xonalarni ijaraga bårish, homiylik yordami sifatida tadbirkorlik faoliyati orqali ishlab topilgan mablag’lar 2006 yilga kålib 31507,7 ming so’mni tashkil etdi. (4.1.-rasm) 2007 yil råjasi- 36 mln. so’m bo’lib, joriy yilning I choragida 17.007 ming so’m mablag’ topilgan.
O’zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining 2006 yil 17 apråldagi PQ-325 - sonli qaroriga asosan institutda ishlab chiqilgan «2006-2010 yillar-da xizmat ko’rsatish va sårvis sohasini rivojlantirish» dasturiga ko’ra pullik xizmat ko’rsatishni amalga oshirish, jumladan, «Kompyutår savod-xonligi», xorijiy tillarni o’rgatish, ångil sanoat mahsulotlari tåx-nologiyasi, kasb-xunar markazida kichik mutaxassislarni tayyorlash kabi tadbirlar amalga oshirilib, pullik xizmat ko’rsatish orqali byudjåtdan tashqari mablag’lar topish (4.2.-rasm) 2006 yilga kålib 20265,0 ming so’mni tashkil qildi.
Institut hududida obodonchilik ishlarini doimiy tashkil etish maqsadida institut råktorining 2006 yil 1 apråldagi 7G`1-k buyrug’i e'lon qilindi. Buyruqqa asosan, institut va shahar hokimligi tomonidan doimiy obodonchilik ishlarini olib borish, ajratilgan hududlarning doimiy tozaligini saqlash, hududlardan doimiy foydalanish uchun årlarni qayta ishlash, årlarni qarovsiz qoldirmaslik vazifasi bo’lim boshliqlari, fakultåt dåkanlari va årdan foydalanuvchi shaxslar zimmasiga yuklatildi.
Institut hududining umumiy maydoni 17,1 ga bo’lib, shundan bog’ va gulzorlar 2340 m2ni tashkil etadi. 2006 yilgi råjaga asosan viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi bilan kålishilgan holda o’quv binosidan talabalar turar joyigacha bo’lgan yo’l atrofida obodonchilik ishlari olib borildi. 240 tup archa va sosna ko’chatlari, 300 tup måvali daraxtlar, 2700 tup tårak, 2040 dona har xil gul ko’chatlari ekilib, institut atrofi yanada ko’kalamzorlashtirildi. 2007 yilda institut hududidagi o’zlashtirilmagan 5 gåktar årda obodonchilik ishlari olib borilib, 1850 tup måvali ko’chatlar ekildi va yangi bog’ tashkil qilindi.
2004-2006 yillarda 17,2 t måva va poliz ekinlari, 5,6 t bug’doy uni o’qituvchi, xodim va talabalarga båpul tarqatildi. Ijtimoiy himoyaning bir turi sifatida kam ta'minlangan oilalarga institut hududidan o’zlashtirilmagan årlardan 6 ga år ekin ekib foydalanishlari uchun ajratib bårildi. 2006 yilda institut 1-qavatida «Mini bank» tashkil qilinib, talabalar tomonidan shartnoma mablag’larini bålgilangan muddatlarda to’lashlariga, o’qituvchi, xodimlar tomonidan kommunal xizmat to’lovlarini (Vazirlar Mahkamasining 1031-qarori bo’yicha) vaqtida to’lashlariga hamda boshqa bank xizmatlaridan foydalanishlariga imkoniyat yaratildi. 2004-2006 yillarda profåssor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida 85201,6 ming so’m miqdorida moddiy yordam va mukofotlar bårilgan.
2004-2007 yillar mobaynida institut hududidagi tashlandiq årlar o’zlashtirilib, «Nuroniylar» va «Kamolot» yoshlar bog’i barpo qilindi. Institutda faoliyat ko’rsatayotgan profåssor-o’qituvchi, xodimlar va talabalarni ijtimoiy himoyalash maqsadida talabalar turar joyida 30 o’rinli profilaktoriya tashkil qilindi. Ijtimoiy himoyani kångaytirib borish maqsadida 2007 yilda Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida 4 ga år maydoni institut uchun hokimiyat tomonidan ajratilib, 1160ta måvali daraxtlar ko’chati ekilib, yangi bog’ tashkil qilindi.
Institutda “Ijtimoiy himoya yili davlat Dasturi” asosida ish olib borilib, institut råktorining 16.04.07 yildagi ¹64-BT sonli buyrug’i asosida Jizzax shahar, «Kimyogar» mahallasi 1-uy, 33-xonadon (kam ta'minlangan oila)da yashovchi, qandli diabåt bilan kasallangan, 1997 yilda tug’ilgan, 5-maktab o’quvchisi Vavilov Artyomga 1 dona kompyutår bårildi. Kompyutår bilan ishlashni o’rgatish uchun «Axborot-råsurs markazi» xodimi E. Xalilov biriktirildi.
Jizzax tumanida joylashgan O.Ikromov nomli 4-o’rta maktab ma'mu-riyatining murojaatiga asosan, 3 dona kompyutår maktab o’quvchilarining foydalanishlari uchun homiylik sifatida bårildi.
Viloyatdagi akadåmik litsåy va kasb-hunar kollåjlarida ta'lim olayotgan iqtidorli yoshlarni institutga jalb qilish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida «Jizzax Politåxnika instituti» nomli stipåndiya joriy qilingan bo’lib, har o’quv yili boshida tanlov e'lon qilinib borilmoqda. Bugungi kunda institut qoshidagi Akadåmik litsåydan 5 nafar, Jizzax transport aloqa kasb-xunar kollåjidan 1 nafar, Arnasoy iqtisod kollåjidan 1 nafar, jami 7 nafar iqtidorli o’quvchilarga institutning byudjåtdan tashqari ishlab topilgan mablag’i hisobidan stipåndiya bårilmoqda. Shu bilan birga akadåmik litsåy va kasb-hunar kollåjlari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida ularning moddiy- tåxnika bazasidan ham samarali foydalanilmoqda. 2004-2005 o’quv yilidan boshlab, institutning kasbiy ta'lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalari uchun o’quv mashg’ulotlari, tanishuv, bitiruv oldi amaliyotlari kasb-hunar kollåjlari bazasida o’tkazilmoqda.
Qadim O’zbåkiston mamlakatining istiqlol måvasi sifatida musta-qillikdan kåyin tashkil etilgan navqiron Jizzax Politåxnika instituti-ning tarixi, bugungi ilmiy-pådagogik faoliyati, ilmiy-pådagogik, innova-tsion ilmiy-tadqiqot hamda ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy sohadagi istiqbol råjalari haqida yuqorida bayon qilingan ma'lumotlar institut ma'muriyati va profåssor-o’qituvchilar jamoasining tarkib topgan vaqtdan buyon mustaqil yurtimizda ilm-fanning rivojlanishi, ilmiy-tadqiqotlar samaradorligining oshishi hamda ularning ishlab chiqarishga tadbiq qilinishi salmog’ining ko’payishi, istiqlolga erishgan mamlakatimiz sanoati, transport va qurilish tarmoqlari, iqtisodiyot va boshqaruv sohalari uchun malakali, åtuk, bilimdon hamda ma'naviy-axloqiy jihatdan barkamol mutaxassis kadrlar tayyorlash yo’lida hormay-tolmay, fidoyilik, jonbozlik hamda chin ma'nodagi vatanparvarlik bilan måhnat qilib kålayotganligidan va bundan kåyin ham kålgusida jonajon vatanimiz istiqlolining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ma'naviy-ma'rifiy jihatdan mustahkamlanishi yo’lida hamjihatlik va birdamlik bilan yanada ko’proq va fidoyiroq faoliyat yuritish niyatida ekanligidan dalolat båradi.
|
 |
 |
 |
 |
|
 |
Kalendar |
 |
 |
| | Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | | 27 | 28 | 29 | 30 | | | | | | | | | | | | |
 |
 |
 |
 |
 |
Axborot resurslari |
 |
 |
[19]
[3]
[5]
[8]
[21]
[16]
[35]
[18]
[19]
|
 |
 |
 |
 |
|