Hozirgi paytda institutimizda 98 ta o'quv va laboratoriya xonalari, 120 o'rinli o'quv zaliga ega bo'lgan «Axborot-resurs markazi», 14 ta kompüyuter sinflari mavjud bo'lib, ular zamonaviy 205 ta kompüyuter texnikalari bilan jihozlangan hamda 3 ta nusxa ko'chirish texnikalari, 9 ta proyeksion apparat, 10 ta deoproyektor, 4 dona vebkamera, bir dona raqamli videokamera, 7 ta skaner, 2 dona modem, 2 dona faks apparatlari mavjud.
2004-2006 yillarda institut moddiy-texnika bazasini kengaytirish uchun o'quv binosida foydalanilmay turgan maydon va koridorlar hisobiga 17 ta xona ta'mirlanib, yangi orgtexnikalar bilan jihozlangan 4 ta kompüyuter sinfi, 6 ta auditoriya, 3 ta laboratoriya xonalari tashkil qilindi.
O'quv jarayoniga ilg'or texnologiyalarni joriy qilishni jadallashtirish maqsadida «Axborot texnologiyalari markazi» tashkil qilindi. Tez axborot almashinishni amalga oshirish uchun institutning rektorat, fakulütet va bo'limlarini o'zaro bog'lagan lokal tarmoq barpo qilindi. Institutda ta'lim olayotgan «Agroinjeneriya» va «Fermer xo'jaligini boshqarish» yo'nalishlari talabalari, magistrant va aspirantlarining amaliyot o'tashlari, ilmiy tajribalar olib borishlarini yaxshilash maqsadida viloyatning Arnasoy tumanida «O'quv tajriba xo'jaligi» tashkil qilindi. 2004-2006 yillarda va 2007 yilning 1-apreligacha o'quv jarayoni moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun byudjet mablag'laridan 28 895, 365 ming so'm, byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan 217 659,0 ming so'm mablag' sarflangan.
2004-2006 yillarda talabalar turar joyi oshxonasi, yuvinish xonalari va sanuzellar qayta ta'mirdan chiqarilib, issiq va sovuq suv bilan ta'minlandi. Yotoqxonalar, dam olish xonalari yumshoq mebellar bilan jihozlandi. 2004 yilda institutga gaz olib kelinishi sababli, ko'p yillardan beri samarasiz bo'lib qolgan institut bosh binosi markaziy isitish tizimi o'rniga o'zining xususiy issiqlik qozonxonasiga ega bo'ldi. Natijada 2004 yilda o'quv binosi, 2005 yilda esa talabalar turar joyi va 2006 yilda sport zalini isitishga erishildi. Oshxona va bufetlar gazlashtirildi.
2004-2006 yillarda institutda kichik futbol maydoni va gimnastika shaharchasi barpo etildi. Sport zal binosi yuvinish xonalari issiq va sovuq suv bilan to'liq ta'minlandi.
Oshxona va bufetlar gazlashtirilganligi natijasida kommunal to'lov xarajatlarini iqtisod qilishga erishildi. Jumladan, elektr energiyasi sarfini 2006 yil yakuniga ko'ra 5 mln. 481 ming so'mga, ichimlik suvi ta'minotidagi sarfni kamaytirish maqsadida institutning alohida mahalliy suv tarmog'i barpo etilganligi sababli, har yili suvga sarf qilinishi kerak bo'lgan 1626,0 ming so'm mablag'ni iqtisod qilishga imkoniyat yaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida»gi PQ 381-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida idoralararo kengash taklifi bilan Jizzax, Paxtakor, Do'stlik, Zomin, Zarbdor va Zafarobod tumanlari markaziy kutubxonalari fondlari va xodimlari birlashtirilib, Axborot-resurs markazi tashkil qilindi.
ARMning 6 ta tuman tarmoqlariga kompüyuterlar va boshqa orgtexnikalar ajratilgan bo'lib, ulardan foydalanishni yaxshi yo'lga qo'yish uchun xodimlarning malakasini oshirish maqsadida institut qoshidagi kasb-hunar markazida «Kutubxona ishi» bo'limi ochildi, unga tumanlardagi va institut ARM xodimlaridan 20 nafari suhbat asosida o'qishga qabul qilindilar. ARM uchun qo'shimcha xonalar ajratilib, yangi avlod kompüyuterlari, nusxa ko'chirish apparatlari, skaner, televizor bilan ta'minlandi.
Markazimiz lokal tarmoq orqali internetga ulangan. Professor-o'qituvchilarimiz, talabalarimiz va boshqa uzoq tumanlardagi kitobxonlarga respublikamiz, qolaversa, jahon yangiliklaridan boxabar bo'lib turish imkoniyati yaratildi.
Institut ARMining talabalar turar joyi filiali tashkil qilindi.
Talabalar turar joyida o'z-o'zini boshqarish tizimi yaratilgan bo'lib, kam ta'minlangan oila farzandlaridan 18 nafari o'quv mashg'ulotlaridan so'ng institutning xo'jalik va texnika bo'limlarida ish bilan ta'minlandi va ularning qo'shimcha mablag' topishlariga sharoit yaratildi.
2004-2006 yil yakuni bo'yicha institutda faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilarning ilmiy ishlari, pulli kurslar, kichik bosmaxona faoliyati orqali hamda bo'sh turgan texnikalar va foydalanil-magan xonalarni ijaraga berish, homiylik yordami sifatida tadbirkorlik faoliyati orqali ishlab topilgan mablag'lar 2006 yilga kelib 31507,7 ming so'mni tashkil etdi. (4.1.-rasm) 2007 yil - 36 mln. so'm topilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325 - sonli qaroriga asosan institutda ishlab chiqilgan «2006-2010 yillar-da xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish» dasturiga ko'ra pullik xizmat ko'rsatishni amalga oshirish, jumladan, «Kompüyuter savod-xonligi», xorijiy tillarni o'rgatish, yengil sanoat mahsulotlari tex-nologiyasi kasb-hunar markazida kichik mutaxassislarni tayyorlash kabi tadbirlar amalga oshirilib, pullik xizmat ko'rsatish orqali byudjetdan tashqari mablag'lar topish (4.2.-rasm) 2006 yilga kelib 20265,0 ming so'mni tashkil qildi.
Jizzax viloyati va qo'shni viloyatlardagi kasb - hunar kollejlari o'qituvchilari va ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari malakasini oshirish uchun «Malaka oshirish va qayta tayyorlash» markazi tashkil qilinib, bugungi kun talabi darajasida jihozlandi. Institutda shu davr ichida tadbirkorlik faoliyati uchun zarur imkoniyatlar yaratilib, 2004 yildan joriy yilning 1 apreligacha 109685,9 ming so'm mablag', bundan tashqari homiylar yordamida 56700,0 ming so'mlik moddiy-tovar boyliklari institutga jalb qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Favqulodda holatlar vazirligining ko'r-satmalari asosida institutdagi fakulütet dekanlari, kafedra mudirlari, fuqaro muhofazasi mutaxassislaridan iborat 8 kishi OvaO'MTVi tomo-nidan tasdiqlangan jadval asosida «Fuqaro muhofazasi instituti»da malakalarini oshirdilar.
Shahar aloqa tarmog'iga 24 dona telefon nuqtasi ulangan bo'lib, shahardagi mavjud har 4ta ATS bilan ham bog'lanish imkonini beradi. Vazirlikning 4.01.07 yildagi 87-07-8-sonli modemnomasiga asosan vazirlik va boshqa oliy o'quv yurtlari bilan tezkor axborot almashish uchun SP«EAST TELECOM» kompaniyasidan ham 8 ta raqamli telefon ulandi.
Institut hududida obodonchilik ishlarini doimiy tashkil etish maqsadida institut rektorining 2006 yil 1 apreldagi 7/1-k buyrug'i e'lon qilindi. Buyruqqa asosan, institut va shahar hokimligi tomonidan doimiy obodonchilik ishlarini olib borish, ajratilgan hududlarning doimiy tozaligini saqlash, hududlardan unumli foydalanish uchun yerlarni qayta ishlash, yerlarni qarovsiz qoldirmaslik vazifasi bo'lim boshliqlari, fakulütet dekanlari va yerdan foydalanuvchi shaxslar zimmasiga yuklatildi.
Institut hududining umumiy maydoni 17,1 ga bo'lib, shundan bog' va gulzorlar 2340 m2ni tashkil etadi. 2006 yilgi rejaga asosan viloyat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi bilan kelishilgan holda o'quv binosidan talabalar turar joyigacha bo'lgan yo'l atrofida obodonchilik ishlari olib borildi. 240 tup archa va sosna ko'chatlari, 300 tup mevali daraxtlar, 2700 tup terak, 2040 dona har xil gul ko'chatlari ekilib, institut atrofi yanada ko'kalamzorlashtirildi. 2007 yilda institut hududidagi o'zlashtirilmagan 5 gektar yerda obodonchilik ishlari olib borilib, 1850 tup mevali ko'chatlar ekildi va yangi bog' tashkil qilindi.2004-2006 yillarda 17,2 t meva va poliz ekinlari, 5,6 t bug'doy uni o'qituvchi, xodim va talabalarga bepul tarqatildi. Ijtimoiy himoyaning bir turi sifatida kam ta'minlangan oilalarga institut hududidan o'zlashtirilmagan yerlardan 6 ga yer ekin ekib foydalanishlari uchun ajratib berildi. 2006 yilda institut 1-qavatida «Mini bank» tashkil qilinib, talabalar tomonidan shartnoma mablag'larini belgilangan muddatlarda to'lashlariga, o'qituvchi, xodimlar tomonidan kommunal xizmat to'lovlarini
(Vazirlar Mahkamasining 1031-qarori bo'yicha) vaqtida to'lashlariga hamda boshqa bank xizmatlaridan foydalanishlariga imkoniyat yaratildi. 2004-2006 yillarda professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida 85201,6 ming so'm miqdorida moddiy yordam va mukofotlar berilgan.
2004-2007 yillar mobaynida institut hududidagi tashlandiq yerlar o'zlashtirilib, «Nuroniylar» va «Kamolot» yoshlar bog'i barpo qilindi.Institutda faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchi, xodimlar va talabalarni ijtimoiy himoyalash maqsadida talabalar turar joyida 30 o'rinli profilaktoriya tashkil qilindi. Ijtimoiy himoyani kengaytirib borish maqsadida 2007 yilda Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida 4 ga yer maydoni institut uchun hokimiyat tomonidan ajratilib, 1160ta mevali daraxtlar ko'chati ekilib, yangi bog' tashkil qilindi.
Institutda “Ijtimoiy himoya yili davlat Dasturi” asosida ish olib borilib, institut rektorining 16.04.07 yildagi ¹64-BT sonli buyrug'i asosida Jizzax shahar, «Kimyogar» mahallasi 1-uy, 33-xonadon (kam ta'minlangan oila)da yashovchi, qandli diabet bilan kasallangan, 1997 yilda tug'ilgan, 5-maktab o'quvchisi Vavilov Artyomga 1 dona kompüyuter berildi. Kompüyuter bilan ishlashni o'rgatish uchun «Axborot-resurs markazi» xodimi E. Xalilov biriktirildi.
Jizzax tumanida joylashgan O.Ikromov nomli 4-o'rta maktab ma'muriyatining murojaatiga asosan, 3 dona kompüyuter maktab o'quvchilarining foydalanishlari uchun homiylik sifatida berildi.
Viloyatdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta'lim olayotgan iqtidorli yoshlarni institutga jalb qilish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida «Jizzax Politexnika instituti» nomli stipendiya joriy qilingan bo'lib, har o'quv yili boshida tanlov e'lon qilinib borilmoqda. Bugungi kunda institut qoshidagi akademik litseydan 5 nafar, Jizzax transport va aloqa kasb-ùunar kollejidan 1 nafar, Arnasoy iqtisod kollejidan 1 nafar, jami 7 nafar iqtidorli o'quvchilarga institutning byudjetdan tashqari ishlab topilgan mablag'i hisobidan stipendiya berilmoqda. Shu bilan birga akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida ularning moddiy- texnika bazasidan ham samarali foydalanilmoqda.
2004-2005 o'quv yilidan boshlab, institutning kasbiy ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan talabalari uchun o'quv mashg'ulotlari, tanishuv, bitiruv oldi amaliyotlari kasb-hunar kollejlari bazasida o'tkazilmoqda. Qadim O'zbekiston mamlakatining istiqlol mevasi sifatida musta-qillikdan keyin tashkil etilgan navqiron Jizzax Politexnika institutining tarixi, bugungi ilmiy-pedagogik faoliyati, ilmiy-pedagogik, innovatsion ilmiy-tadqiqot hamda ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy sohadagi istiqbol rejalari haqida yuqorida bayon qilingan ma'lumotlar institut ma'muriyati va professor-o'qituvchilar jamoasining tarkib topgan vaqtdan buyon mustaqil yurtimizda ilm-fanning rivojlanishi, ilmiy-tadqiqotlar samaradorligining oshishi hamda ularning ishlab chiqarishga tadbiq qilinishi salmog'ining ko'payishi, istiqlolga erishgan mamlakatimiz sanoati, transport va qurilish tarmoqlari, iqtisodiyot va boshqaruv sohalari uchun malakali, yetuk, bilimdon hamda ma'naviy-axloqiy jihatdan barkamol mutaxassis kadrlar tayyorlash yo'lida hormay-tolmay, fidoyilik, jonbozlik hamda chin ma'nodagi vatanparvarlik bilan mehnat qilib kelayotganligidan va bundan keyin ham kelgusida jonajon vatanimiz istiqlolining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ma'naviy-ma'rifiy jihatdan mustahkamlanishi yo'lida hamjihatlik va birdamlik bilan yanada ko'proq va fidoyiroq faoliyat yuritish niyatida ekanligidan dalolat beradi.