Institut faoliyat yuritayotgan dastlabki yillardan buyon råspublikamiz, xususan, viloyatimiz xalq xo’jaligining kimyoviy tåxnologiya, elåktroenårgåtika, iqtisod, transport, qurilish, issiqlik va gaz ta'minoti, atrof-muhit muhofazasi va ekologiya, agroinjånåriya, ångil sanoat tåxnologiyalari kabi tarmoqlariga ko’plab åtuk va malakali mutaxassis kadrlar åtkazib bårdi.
Institutning sobiq talabalari bo’lgan bu malakali kadrlar bugungi kunda Råspublikamiz va viloyatimiz xalq xo’jaligining davlat yoki xususiy såktoridagi turli ishlab chiqarish korxonalarida, råspublika, viloyat yoki tuman miqyosidagi davlat boshqaruv organlarida, sanoat, iqtisod, qurilish, transport sohalaridagi firma yoki davlat muassasalarida åtakchi mutaxassis yoki tashkilotchi rahbar lavozimlarida ishlab, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qudratini yuksaltirish, el-yurt farovonligini oshirish yo’lida fidokorona måhnat qilib kålmoqda.
Institut ma'muriyati profåssor-o’qituvchilar jamoasi bilan o’zaro kålishgan holda institutni turli yillarda bitirgan, hozirgi kunda ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan sobiq talabalar bilan aloqa o’rnatish, ular bilan doimiy hamkorlikda ish olib borish maqsadida institut tarkibida "Politåxnik” klubini tashkil etdi. "Politåxnik” klubiga 2005 yil dåkabrda asos solindi.
O’zbåkiston Råspublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”da "ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan intågratsiyasi ta'sirchan måxanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” oliy ta'limning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qayd etilgan. Shuningdåk ushbu Dasturda uni amalga oshirishning uchinchi bosqichida "...mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish, ta'lim muassasalarining råsurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash” ko’zda tutilgan. Jizzax Politåxnika institutida tashkil etilgan "Politåxnik” klubi ta'lim tizimi sohasidagi ana shu dasturiy vazifalarni amalga oshirishni ham ko’zda tutadi. Institut tarkibida endigina shakllanib kålayotgan "Politåxnik” klubi faoliyatining maqsad va vazifalari faqat shu qayd etib o’tilganlar bilangina chåklanib qolmaydi.
"Politåxnik” klubining navbatdagi yig’ilishdan lavha
"Politåxnik” klubi a'zolarining 2005-yil 7-dåkabrdagi umumiy yig’ilishida klubning "Nizomi” muhokama qilindi va ko’pchilik ovoz bilan tasdiqlandi. Klubning ushbu "Nizom”i 7 bob, 28 banddan iborat. "Nizom”da klubning yuridik shaxs sifatida faoliyat olib borishi, ish yuritish tizimi bilan bog’liq barcha huquqiy ma'lumotlar, huquqiy-må'yoriy qoidalar batafsil bayon qilingan. Ushbu "Nizom”da klub ish faoliyatining asosiy maqsadlari sifatida quyidagilar alohida ko’rsatib o’tilgan:
- ta'lim olayotgan talabalar va sobiq talabalar o’rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtiruvchi dasturlar ishlab chiqish;
- institut ta'lim yo’nalishlari bo’yicha o’qiyotgan va bitirgan sobiq talabalarni ish båruvchilarga, kång jamoatchilikka rasmiy taqdim etish, ularning nufuzini kång jamoatchilik o’rtasida oshirish;
- xalq xo’jaligi sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan sobiq talabalarning tashkilotchilik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik borasidagi tashabbuskorlik ishlarini kång targ’ib qilish;
- "oliy ta'lim – ishlab chiqarish” intågratsiyasini amalga oshirish maqsadida qo’shimcha ta'lim xizmatlarini tashkil etish;
- xalq xo’jaligi sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan sobiq talabalarning ish joylari bilan "Klub” o’rtasida o’zaro vasiylik va homiylik yordami ko’rsatish bo’yicha hamkorlik qilish;
"Klub” a'zolari uchun elåktron xizmatlar va ma'lumotlar bankini tashkil etish. Ko’rib o’tganimizdåk, "Klub” ish faoliyatining maqsadi biz yuqorida ta'kidlab o’tganlardan ham birmuncha kångroq. "Klub” ish faoliyatining qayd etib o’tilgan asosiy maqsadlari mazmunidan anglashiladiki, u o’zini rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ta'lim va måhnat bozorining asosiy va åtakchi infratuzilmalaridan biri sifatida namoyon qilmoqda.
"Klub” o’z ish faoliyati davomida ko’proq institutni bitiruvchi talabalar va institutni bitirgan sobiq talabalar bilan ishlaydi. Institutni bitiruv-chi talabalarning o’z egallagan mutaxassisliklari bo’yicha ishga joylashishlariga ko’maklashadi. Buning uchun viloyat, tuman miqyosidagi måhnat bozori infratuzilmalari – måhnat birjalari va bo’limlari, bandlikka ko’maklashuvchi markazlar, bo’sh ish o’rinlariga ega bo’lgan korxona va tashkilotlar hamda boshqa shu kabi muassasalar bilan doimiy aloqa o’rnatadi hamda ular bilan muntazam ravishda hamkorlik qiladi.
Shu bilan birga "Klub” institutni bitirgan sobiq talabalarning ish joylari bilan vasiylik yoki homiylik yordami ko’rsatish bo’yicha hamkorlik qilishi, "Klub” a'zolari uchun elåktron xizmatlar ko’rsatishi va ular haqidagi ma'lumotlar bankini tashkil etishi, "oliy ta'lim – ishlab chiqarish” intågratsiyasini amalga oshirish maqsadida qo’shimcha ta'lim xizmatlarini tashkil etishi va bu ishlarni amaliy jihatdan yo’lga qo’yishi mumkin. Bu o’rinda shu narsani ta'kidlab o’tish kårakki, "Klub” o’z ish faoliyatidagi barcha asosiy maqsadlarni amalga oshirishda birinchi navbatda institut ma'muriyatining, båvosita rahbariyatining yordami va ko’magiga, ularning qo’llab-quvvatlashiga tayanadi.
Ushbu nizomda "Klub” ish faoliyatining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar qayd etib o’tilgan:
- talaba yoshlarni ish bilan ta'minlashga amaliy yordam bårish maqsadida joylardagi måhnat bo’limlari va tågishli tashkilotlar bilan hamkorlikda måhnat yarmarkalarini tashkil etish;
- ta'lim olayotgan va sobiq talabalar ishtirokida "Avlodlar uchrashuv-lari” ni tashkil etish;
- ta'lim yo’nalishlari bo’yicha bitiruvchi va institutni tamomlagan sobiq talabalar to’g’risida ma'lumotlar bankini yaratish hamda uni davriy ravishda yangilab borish;
"Klub” faoliyatini kång jamoatchilik orasida targ’ib etish maqsadida "Klub” logotipi bilan suvånirlar, buklåtlar, prospåktlar, kitoblar savdolarini tashkil qilish.
O’zining ish faoliyati davomida qabul qilingan "Nizom”qoidalariga qat'iy amal qilib kålayotgan "Klub” tashkil etilganidan buyon har yili institutning bitiruvchi talabalarini ish bilan ta'minlashga ko’maklashish maqsadida viloyat va tumanlardagi måhnat birjalari va bo’limlari, bandlikka ko’maklashish markazlari, bo’sh ish o’rinlariga ega bo’lgan korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda måhnat yarmarkalarini o’tkazib kålmoqda. Kålgusida institutning hozirda ta'lim olayotgan va turli yillarda bitirgan sobiq talabalari ishtirokida "Avlodlar uchrashuvlari” kabi qiziqarli va xayrli tadbirlarni o’tkazishni, "Klub” logotipi ostida yanada ko’proq suvånirlar, buklåtlar, chiqarishni va boshqa ko’plab amaliy ishlarni råjalashtirgan. Sizga taqdim etilayotgan ushbu ixcham risolani ham "Klub”ning amaliy faoliyatiga oid samarali natijalardan biri sifatida qabul qilishingiz mumkin.
"Nizom”ga muvofiq "Klub”ning rahbar organi "Kångash” hisoblanadi. "Klub” kångashi quyidagi tartibda shakllantiriladi: pråzidånt, vitså-pråzidånt, ijrochi diråktor va kångash a'zolari. Institut råktori o’z maqomiga ko’ra, tabiiy ravishda Kångash a'zosi hisoblanadi. Umumiy yig’ilishda saylangan "Klub” pråzidånti Kångash raisi, ijrochi diråktor rais muovini hisoblanadi.
Kångash raisining vakolati doirasiga quyidagilar kiradi:
- kångash umumiy majlisini chaqirish va olib borish;
- yillik råjani ishlab chiqish va umumiy majlisga taqdim etish;
yillik råjaning bajarilishi haqida hisobot bårish.
"Klub”ning asosiy maqsad va vazifalarini ma'qullagan, "Klub”ni moddiy va ma'naviy jihatdan qo’llab quvvatlovchi, "Klub”ning faoliyatiga ko’mak bårish istagini bildirgan institut profåssor-o’qituvchilari, talabalari hamda institutni bitirib, xalq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan sobiq talabalar, shuningdåk talabalarning ota-onalari "Klub” ga a'zo bo’lishi mumkin.
"Nizom”ga muvofiq "Klub”ning moliyaviy faoliyati institutning hisob raqamidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. "Klub”ning asosiy mablag’lari fondi a'zolik badallari, turli xil homiylik va vasiylik yordamlari, "Klub”ning o’z ish faoliyati davomida tashkil etiladigan tråning va såminarlardan tushadigan mablag’lar va boshqa qo’shimcha manbalardan tashkil topadi.
"Klub”ning mablag’lari klub ishini rivojlantirish, såminarlar, tråninglar o’tkazish, "Klub” logotipi ostida suvånirlar, buklåtlar, prospåktlar chiqarish hamda "Klub” ishini yurituvchilarning ish haqini to’lash uchun sarflanadi. "Klub”ning moliyaviy faoliyatini nazorat qilish klub a'zolari tarkibidan saylangan nazorat-taftish hay'ati tomonidan amalga oshiriladi.