Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi

Yaratilgan: Oktyabr 20, 2018 da 11:12

Bo'lim: Yangiliklar

Ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim tizimidagi oʻzaro strategik hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Rossiya va Oʻzbekistoning qator yetakchi Oliy taʼlim muassasalari tashabbusi bilan ilk marotaba “Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi” oʻtkazilmoqda.

Forumning keyingi qismida esa, ikki davlat OTMlari rektorlari oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotda muhokama qilish maqsadida alohida shoʻbalarga boʻlinishdi.

Mazkur yirik taʼlim forumida Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari ishtirok etmoqda. Ilk marotaba oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi”da har ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari rektorlari oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdagi dolzarb vazifa va masalalarni muhokama qilish imkoniga ega boʻladilar.

Ushbu xalqaro anjuman natijasida Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma dasturlar asosida talabalarni oʻqitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, oʻqituvchilar malakasini oshirish, yangi hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish uchun zamin yaratiladi. Xalqaro forum doirasida 150 ga yaqin shartnomalar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

O’zbekiston-Rossiya ta’lim forumida Jizzax politexnika instituti bilan Rossiyaning bir kator ta’lim muassasalari bilan xamkorlik shartnomalari imzolandi.

Xususan, Jizzax politexnika instituti bilan Moskva energetika instituti hamda Kazan federal universiteti o’rtasida ilmiy-texnikaviy va malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Don davlat texnika universiteti bilan kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, Jizzax politexnika instituti va Janubiy Ural davlat universiteti bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

18 oktyabr 2018y Moskva davlat qurilish universiteti va Jizzax politexnika instituti o‘rtasida arxitektura va qurilish yo’nalishida «2+2» qo’shma ta’lim dasturini ochish buyicha shartnoma imzolandi.

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar