OITS davr muammosi

Yaratilgan: Aprel 10, 2018 da 2:33

Bo'lim: Yangiliklar

2018 yil 7 aprel kuni Jizzax politexnika institutining faollar zalida Jizzax shahar Tibbiyot va salomatlik markazlari bilan hamkorlikda “OITS davr muammosi” hamda  “Oilada sog’lom turmush madaniyati” mavzularida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatiga Jizzax shahar Tibbiyot markazi bosh infeksionisti, shifokor Gulnora Eshmatova, markaz mudiri Matluba Abdusattarova va Jizzax shahar salomatlik markazi akusher-ginekologi, shifokor Nasiba Ro’zimurodova, institute hamshiralari Munira Salimova va Zilola Normatovalar taklif etildi. Davra suhbatini institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Baxti Rashidova olib bordi. Davra suhbatida 168 nafar talaba-yoshlar, 25 nafar professor-o’qituvchi va xodimlar ishtirok etdilar.

Nadbir ishtirokchilari OITS kasalligi, uning tarixi, yuqush yo’llari, undan saqlanish, sog’lom turmush tarzi, oilada sog’lom turmush madaniyati haqida talaba-yoshlarning kun tartibi, sog’lom turmush tarziga rioya etish zarurati, kasalliklarning kelib chiqishi, ularning profilaktikasi to’g’risida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Talabalar tomonidan ularni qiziqtirgan savollarga mutaxasislar to’liq va qoniqarli javoblar berishdi. Tadbir so’ngida qatnashchilarga mavzularga oid buklet va tarqatma materiallar ulashildi hamda film namoyish etildi.

    

Маънавият ва маърифат бўлими

услубчиси Ҳамдов Маъруф.

Izoxlar soni: 0
Izox qoldirish

Sizning.

Ushbu ko'rsatilgan HTML teglaridan foydalanishingiz mumkin: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>

interaktiv xizmatlar