Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Yangiliklar


Adliya boshqarmachi bilan tadbir.

2018 yil 6 aprel kuni institut majlislar zalida Jixzzax viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi “Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy byurtmasi berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 135-son qarorining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirish yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda jamoatchilik tuzulmalari idoralari vakillari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Yaratildi: Aprel 10, 2018 2:55 da Bo'lim: Yangiliklar

OITS davr muammosi

2018 yil 7 aprel kuni Jizzax politexnika institutining faollar zalida Jizzax shahar Tibbiyot va salomatlik markazlari bilan hamkorlikda “OITS davr muammosi” hamda  “Oilada sog’lom turmush madaniyati” mavzularida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatiga Jizzax shahar Tibbiyot markazi bosh infeksionisti, shifokor Gulnora Eshmatova, markaz mudiri Matluba Abdusattarova va Jizzax shahar salomatlik markazi akusher-ginekologi, shifokor Nasiba Ro’zimurodova, institute hamshiralari Munira Salimova va Zilola Normatovalar taklif etildi. Davra suhbatini institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Baxti Rashidova olib bordi. Davra suhbatida 168 nafar talaba-yoshlar, 25 nafar professor-o’qituvchi va xodimlar ishtirok etdilar.

Yaratildi: Aprel 10, 2018 2:33 da Bo'lim: Yangiliklar

Samarqandga sayoxat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16-martdagi PQ-3609-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institute “Sanoat texnologiyalari” fakultetining 224-16 KT guruhi talabalari guruh rahbari Abduvaliyeva S.B boshchiligida 2018 yil 4-aprel kuni fakultet dekani va o’quv bo’limi boshlig’ining ruxsati bilan Samarqand shahriga turistik sayohatga bordek.
Tongda yo’lga chiqib Sharq gavxari deya nom olgan qadimiy shahar Samarqand tomon yo’l oldek.

Yaratildi: Aprel 5, 2018 3:23 da Bo'lim: Yangiliklar

“XORAZIM VILOYATI BO’YLAB SAYOHAT QIL”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi № 87-02-666-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida,  institutut professor-o’qituvchilari va talabalari joriy yilning 22 mart kuni Xorazim viloyatiga sayohatga borishdi.

Yaratildi: Mart 23, 2018 10:22 da Bo'lim: Yangiliklar

SAMARQANDGA SAYOHAT!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi № 87-02-666-sonli xati 17 martdagi 245-sonli buyrug`i  ijrosini ta’minlash maqsadida,  institututning bir guruh professor-o’qituvchilari oilasi bilan joriy  yilning 21 mart kuni qadimiy va maftunkor Samarqand shahriga  ziyoratga tashrif buyurdilar.

Yaratildi: Mart 22, 2018 12:08 da Bo'lim: Yangiliklar

interaktiv xizmatlar