Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть


Yangiliklar


8-mart “Xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan institut xotinqizlari o‘rtasida “Rektor kubogi”musobaqalari o‘tkazildi

Institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi va Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan joriy yil 1-2 mart kunlari ayol professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun sport musobaqalaribo‘lib o‘tdi.Sport musobaqalarga institutning 5 ta fakulteti terma jamoalari ishtiroq etdi. Sanoat texnologiya, Avtotransport, Arxetiktura va qurilish, Servis, Elektromexanika va radioelektronika. Sport musobaqalar institut sport majmuasida o‘tkazildi. Taqdirlash ma’rosimi 5 mart kuni Viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tdi.

Yaratildi: Mart 14, 2019 3:21 da Bo'lim: Sport tadbirlari,Yangiliklar

Sport turlari bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-son qarorining 10-bandi ijrosi yuzasidan joriy  yil 25-27 fevral kunlari  Jizzax politexnika instituti hamda Jizzax davlat pedagogika institut talabalari o‘rtasida jadvalga asosan sportning mini-futbol, valeybol, basketbol, qo‘l to‘pi, stol tennis turlari bo‘yicha o‘rtoqlik o‘chrashuvlari o‘tkazildi.

Musobaqa natijalari:

  1. 11 Valeybol ( yigitlar) 3:0 – JizPI -JDPI
  2. 11 Valeybol(qizlar ) 0:3- JDPI– JizPI
  3. 11 Basketbol ( yigitlar) 34:28- JDPI -JizPI
  4. 11 Basketbol ( qizlar ) 18:16- JDPI -JizPI
  5. 11 Stol tenni ( yigitlar) 4:1- JDPI- JizPI
  6. 11 Stol tenni ( qizlar ) 3:0- JDPI- JizPI
  7. 11 Qo‘l to‘pi ( yigitlar) 16:14- JDPI- JizPI
  8. 11 Qo‘l to‘pi ( qizlar ) 12:8 – JizPI- JDPI
  9. 11 Mini-futbol ( yigitlar) 2:1 – JDPI

Жисмоний тарбия кафедраси

Yaratildi: Mart 14, 2019 3:18 da Bo'lim: Sport tadbirlari,Yangiliklar

Institutda mini futbol musobaqaalri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini  tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368 farmoni hamda 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarorida belgalangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning  22 may kunidan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda mini-futboldan “Olimpiya yulduzlari” shiori ostida musobaqalar o‘tkazish rejalashtirildi. Ushbu musobaqada Jizzax politexnika instituti xududiy bosqichda Sirdaryo viloyati va Samarqand viloyati OTMlari bilan kuch sinashdi. Musobaqada jami bo‘lib 8 ta jamoa ishtirok etdi. Umumiy hisobda Jizzax politexnika instituti 3-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Жисмоний тарбия кафедраси

Yaratildi: Mart 14, 2019 3:12 da Bo'lim: Sport tadbirlari,Yangiliklar

2019 yil 20 fevral kuni institut talabalari o‘rtasida sport musobaqalar o‘tkazildi

“Jismoniy tarbiya” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan talabalar o‘rtasida sportning Engil atletika va Futbol turidan musobaqalar o‘tkazildi.

Institutimiz talabalari Engil atletika sport turining 1000 metrga yugurish turidan musobaqalashishdi. Ushbu musobaqada 1 kurs institut talabari ishtirok etdi. YUqori natijaga erishgan talabalar “Jismoniy tarbiya” kafedrasi  tomonidan qimmatbaxo sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi. Undan tashqari Jizzax politexnika instituti futbol maydonida sportning Futbol turi bo‘yicha ham musobaqa uyushtirildi. Musobaqada birinchi kurslardan tashkil topgan “Olimpia” jamoasi yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Jismoniy tarbiya kafedrasi

Yaratildi: Mart 14, 2019 3:10 da Bo'lim: Sport tadbirlari,Yangiliklar

“Автотранспорт” факультетида «Ҳашар» тадбирлари бўлиб ўтмоқда

Жиззах политехника институти “Автотранспорт” факультети томонидан 2019 йил 14 март куни “НАВРЎЗ” байрамига тайёргарлик кўриш муносабати билан кафедра мудирлари ҳамда профессор-ўқитувчилар иштирокида ажратилган ҳудудларга гул экиш ишлари амалга оширилди.

Yaratildi: Mart 14, 2019 11:28 da Bo'lim: Ommaviy tadbirlar,Yangiliklar

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar