Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Yangiliklar


O’zaro mafaatli hamkorlik memorandumi

2018-yilning 3-may kuni Jizzax Politexnika institutiga Fransiya elchixonasi, “O‘zavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi vakillari va “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” zavodi ma’muriy boshqaruv xodimlari tashrif buyirdi. Tantanali kutib olish marosimidan so’ng, yuksak martabali mehmonlar institutimiz o’quv-labaratoriya bazasi, talabalar va professor-o’qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Yaratildi: May 11, 2018 5:40 da Bo'lim: Yangiliklar

Samarqand shahriga sayyohat

2018 yil 5 may  kuni 230-16 YeSBKIT guruhi talabalari bilan Samarqand shahriga sayyohat uyushtirildi. Samarqand shahridagi Imom al-Buxoriy, Shoxi Zinda, Bibi-xonim masjidi, Registon ansambli,Ulug’bek madrasasi, Guri Amir maqbarasiga sayyohat uyushtirildi. Sayyohat chog’ida talabalar o’zlari uchun ko’plab ma’lumotlar olishdi. Mn,  Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o’sgan.

Yaratildi: May 11, 2018 5:13 da Bo'lim: Yangiliklar

Inson xotirasi – aziz, qadri – sarbaland

II jahon urushi yillarida o’zbek xalqning fidokorona mehnati, o’zbekistonlik jangchilarning  janggohlardagi jasoratlari, fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g’alabaning 73 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan  7- may kuni Jizzax shahrining Xotira bog’ida tantanali tadbir bo’lib o’tdi.Ushbu tadbirda  urush yillarida jasorat ko’rsatgan  xamda bugungi farovon hayotimiz uchun butun borlig’ini baxshida etgan faxriylarimizga hurmat ehtirom ko’rsatish, ularni qo’llab quvvatlash maqsadida institutimiz professor-o’qituvchilari qatorida      “Avtomobilь yo’llari ” kafedrasi a’zolari hamda talaba yoshlari  ham faol ishtirok etdilar.

Yaratildi: May 11, 2018 4:32 da Bo'lim: Yangiliklar

Inson aziz, xotira muqaddas

2018 yil 8 may kuni institut yangi madaniyat saroyida 9-may “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan “Inson aziz, xotira muqaddas” deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirga urush qatnashchisi, mehnat faxriysi Xolmatov Yusuf bobo, mehnat fronti faxriysi Abdusamatov Nizom bobo, Viloyat xalq de putati, Senat komissiyasining viloyat ishchi gurug’i raisi o’rinbosari Shukurov Xidir, Viloyat nuroniy jamg’armasi raisi o’rinbosari, mehnat faxriysi Nurmatov Nuriddinlar taklif  etildi.

Yaratildi: May 11, 2018 4:26 da Bo'lim: Yangiliklar

Jasoratingiz mangu

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida” gi PF-5417-sonli Farmoni, “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 16 apreldagi PQ-3667-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 apreldagi №355-sonli Buyrug’ini, hamda Jizzax viloyat xokimining 2018 yil 18 apreldagi 278-sonli va 19 apreldagi 283-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, “Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o’quv yili may oyidagi 

Yaratildi: May 11, 2018 4:05 da Bo'lim: Yangiliklar

interaktiv xizmatlar