Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Yangiliklar


XORAZM BO’YLAB SAYOHAT!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi № 87-02-666-sonli xati 17 martdagi 245-sonli buyruqlari  ijrosini ta’minlash maqsadida,  institututning bir guruh professor-o’qituvchilari joriy yilning 19 mart kuni qadimiy va maftunkor Samarqand shahriga ziyoratga tashrif buyurdilar.

Yaratildi: Mart 19, 2018 11:33 da Bo'lim: Yangiliklar

“O’ZBEKISTON BO’YLAB SAYOHAT QIL”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi № 87-02-666-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida,  institutut professor-o’qituvchilari va talabalari joriy yilning 19 mart kuni qadimiy va navqiron Samarqand shahriga ziyoratga tashrif buyurdilar.

Yaratildi: Mart 19, 2018 11:23 da Bo'lim: Yangiliklar

Umumxalq xayriya hashari

2018-yil Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan 18-19-mart kunlari yurtimiz bo’ylab o’tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Jizzax politexnika instituti jamoasi ham munosib qatnashib, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarga xos bo’lgan o’zoro mehr-oqibat va hamjixatlikni yanada kuchaytirish maqsadida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Yaratildi: Mart 18, 2018 4:00 da Bo'lim: Yangiliklar

AKADEMIK BILAN UCHRASHUV…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5293-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 14 martdagi №2/1255-662-son xatlariga asosan  2018 yil 16 mart kuni soat 15:00 da institut majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining xaqiqiy a’zosi akademik Baxadirxanov Muxamed Kabir bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuvda institut dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Yaratildi: Mart 17, 2018 9:58 da Bo'lim: Yangiliklar

Iqtidorli talabalar bilan ochiq muloqot

Talabalarning ishlamasdan pul topish imkoni bormi savoliga institutning iqtidorli talabalaridan 330-16 guruh talabasi Xoshimova SHaxlo, 105-15 guruh talabasi Abdumurodov Muhriddin, 202-16 KT (I va AT) guruh talabasi Maxkamov SHuxruxlar  talabalarning ishlamasdan pul topish imkoni borligini, internet orqali va institutdagi bor imkonyatlardan to‘liq foydalanishni aytib o‘tdi. Talaba moddiy tomondan o‘zini ta’minlay oladimi? Davlat korxonalari va xususiy korxonalarda ishlab pul topishning jismoniy va aqliy mehnat vaqtida bo‘sh vaqtning bo‘lmasligi, darslarni qoldirishga, stipendiyasini kamayishiga olib kelishi haqida talabalarga ko‘plab misollar keltirdilar.

Yaratildi: Mart 17, 2018 9:57 da Bo'lim: Yangiliklar

interaktiv xizmatlar