Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть


Yangiliklar


Jizzax politexnika instituti barcha yoshlarni bayram bilan qutlaydi.

Aziz yoshlar!

Jizzax politexnika instituti nomidan sizlarni bugungi bayramingiz – Yoshlar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman!

Yoshlar – jamiyatimizning muhim qismi ekanini eʼtirof etarkanmiz, aynan oʻsib kelayotgan avlod davlatimizning barqaror rivojlanishini, avlodlar almashinuvini taʼminlash, alal oqibat ilm-fanning oʻsishiga, iqtisodiy yutuqlarga erishishimizga, tarixiy qadriyatlarimizni saqlashga masʼul ijtimoiy qatlam ekanligini idrok etamiz. Mamlakatimiz rivojlanishining har qanday konsepsiyasini amalga oshirish ham aynan siz yoshlarning unga munosabatingizga, sizlarning fikrlash va hayot tarzingizga bogʻliq. Shu tufayli ham bugunga kunga kelib yoshlar davlatimiz va jamiyatimiz rivojlanishini taʼminlaydigan milliy manfaatimiz obyektiga aylandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Aziz yoshlar, men sizlarga bugungi bayramingiz munosabati bilan Oʻzbekistonimiz ravnaqi, rivoji uchun ulkan hissalar qoʻshadigan yangi avlod boʻlib yetishishingizga, shunga bor kuchingizni sarflashingizga, yurtimiz ravnaqi uchun yonib yashashingizga tilakdoshman!

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov

Yaratildi: Iyun 30, 2019 10:54 da Bo'lim: O'zbekiston yoshlar ittifoqi,Ommaviy tadbirlar,Yangiliklar

BITIRUVCHILARINING YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining 

yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida nizom

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti, ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) malaka talablariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalariga mazkur Nizom tatbiq etilmaydi.

I. Umumiy qoidalar

Yaratildi: Iyun 29, 2019 6:51 da Bo'lim: E'lonlar,Hujjatlar,Yangiliklar

«Қурилишни ташкил қилиш»

Мазкур  «Маърузалар матни» В. 165700 КПТ (БСИҚ) йўналишида таoлим олаетган талабалар учун мўлжалланган бўлиб, у «Қурилишни ташкил қилиш» фани бўйича ўқув-ишчи дастурига мувофиқ 20 соатлик Маъруза машғулотлари мавзуларини ўз ичига олган. Унда қурилишга  тайергарлик кўриш, қурилишни ташкил қилиш, бу йўналишдаги ўзгаришлар, муаммолар атрофлича еритиб берилган.

Yuklab olish

Yaratildi: Iyun 28, 2019 3:55 da Bo'lim: O'quv uslubiy majmua

МЕТАЛЛ КОНСТРУКЦИЯЛАРИ

Ушбу маъруза матни 14-маърузадан ташкил топган. Хар бир маърузада маъруза режаси ва фойдаланилган адабиётлар руйхати келтирилган.

Yuklab olish

Yaratildi: Iyun 28, 2019 3:55 da Bo'lim: library,O'quv uslubiy majmua

TALABALARI O`QISHINI KO`CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O`QISHDAN CHETLASHTIRISH

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga va magistraturasiga qabul qilish tartiblari bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida NIZOM» ga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashning umumiy qoidalari.

Yaratildi: Iyun 28, 2019 12:14 da Bo'lim: E'lonlar,Yangiliklar

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar